O’zbekiston aholisi,demografik jarayonlari Reja. Respublikamizdagi demografik jarayon


Bu koʻrsatkich hozirga qaraganda 3,1 marta kam, chunki 1991—2000-yillarda Oʻzbekiston aholisi-yiliga 1,9 % dan koʻpaydi


Download 64.18 Kb.
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi64.18 Kb.
#1047951
1   2
Bog'liq
Yeshniyozov Islom

Bu koʻrsatkich hozirga qaraganda 3,1 marta kam, chunki 1991—2000-yillarda Oʻzbekiston aholisi-yiliga 1,9 % dan koʻpaydi.
1939—2004-yillar, yaʼni 65-yil mobaynida respublika aholisi 4,0 marta koʻpaygan boʻlsa, bu koʻrsatkich shahar joylarda 6,4 va qishloqlarda 3,3 martani tashkil etgan. Albatta, koʻrilayotgan davrning turli oraliqlarida va qishloq hamda shahar joylarda aholi sonining koʻpayish surʻati turlicha boʻlgan. Jumladan, 1939-1959-yillarda jami aholi 127,9 % ga, shahar aholisi 185,6 % va qishloq aholisi 108,5 %ga oʻsgan. 1959-1970-yillarda respublika jami aholisi 145,3 %ga, shahar aholisi 158,4 % va qishloq aholisi 141,3 %ga oʻsgan, oʻrtacha bir-yillik koʻpayish 3,45, 4,25 va 3,20 %ni tashkil etgan. Aynan shu-yillar Oʻzbekiston oʻzining tarixiy demografik rivojlanishining eng yuqori koʻrsatkichlariga erishgan.
Undan keyingi-yillarda aholi sonining oʻsishi biroz susaygan, biroq shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan tezroq koʻpayish jarayoni saqlanib qolgan. Masalan, 1970-1979-yillarda shahar aholisi 146,9 %ga, qishloq aholisi 120,9 % va jami aholi soni 130,4 %ga ortgan. 1979-1989-yillar mobaynida shahar aholisi 126,7 va qishloq aholisi 130,1 %ga oʻsgan. Koʻrinib turibdiki, bu davrdan respublika qishloq joylarining demografik rivojlanishi shahar va shaharchalarga qaraganda ustunroq boʻlgan. Urbanizatsiya jarayonining bunday zaiflashuvi oʻtgan asrning 80-yillarining 2-yarmidan boshlangan, 1984-yilda shahar aholisining ulushi 42 %gacha koʻtarilgan va shundan soʻng u asta-sekin kamayib borgan.
Soʻnggi-yillarda respublika umumiy aholisi koʻpayish surʻatining pasayishi va qishloq aholisining shaharlik larga nisbatan tezroq oʻsish jarayoni kuzatilmoqda. Ayni paytda shahar aholisining koʻpayish surʻati eng past darajaga tushib qolgan (1,05 %). 2000-05-yillarda aholining oʻrtacha oʻsish surʻati 1,2 % ni tashkil etdi va oʻrtacha-yillik mutlaq sonining oʻsishi 310,4 ming kishiga tushdi. Mazkur davrda qishloq aholisi 4,4 mln.ga, shahar aholisi 1 mln.ga koʻpaygan. Buning natijasida shahar aholisining salmogʻi 40,4 % dan 35,9 % ga tushib qoldi.
Tugʻilish va tabiiy koʻpayish koeffitsiyentlari boʻyicha respublika viloyatlarining qishloq aholisini mutanosib ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: birinchisiga tugʻilish darajasi (20-22 %) va tabiiy koʻpayish darajasi (14-17 %) oʻrtacha boʻlgan 8 ta viloyat (Buxoro, Andijon, Navoiy, namangan, Sirdaryo, Fargʻona, Xorazm, Toshkent) kiradi. Tugʻilish (23-24 %) va tabiiy koʻpayish darajasi (1819 %) nisbatan yuqori boʻlgan ikkinchi guruhga Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi kiradi. Shahar aholisi ichida oʻrtacha tugʻilish darajasi (1620 %) 8 ta viloyatda kuzatil moqda. Namangan viloyatida shahar aholisining tugʻilishi nisbatan yuqori (20,2 %). Shahar aholisi ichida tugʻilish darajasi past boʻlgan (16 %) 4 viloyat mavjud. Bular Buxoro, Toshkent, Samarqand va Fargʻona viloyatlari.
1991-yilda Oʻzbekistonda yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar sodir boʻldi va bu oʻzgarishlar 1-navbatda uning demografik vaziyati ga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Oʻzbekiston da tugʻilish jarayonining nisbatan yuqoriligining asosiy sabablaridan biri oila qadriyatlari hamda nikohdan oʻtish jarayonining yuqoriligidir. Mas., 2005-yil har 1000 kishiga shaharlarda 7,0 nikoh toʻgʻri kelgan boʻlsa, ajralish koʻrsatkichi 0,6 ga teng boʻldi. 19912004-yillarda Oʻzbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tugʻilgan bolalar soni 34,5 dan 22,3 gacha yoki 1,2 punktga qisqardi. 2005-yilda aholi 292,1 ming kishiga yoki 2004-yildagiga nisbatan 1,1 % ga koʻpaydi.
Oʻzbekistonda tugʻish yoshi koeffitsi yentlari ham qisqarmoqda. Tugʻilgan bolalarning asosiy qismi nisbatan yosh ayollarga toʻgʻri keladi. Bu holat soʻnggi-yillarda yanada barqarorlashdi.
Download 64.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling