Reja: I. Kirish II. Asosiy qism: Shaxmatning O’zbekistonda rivojlanishi
Download 493.58 Kb.
|
Umarov Nozimjon
Reja: I. Kirish II. Asosiy qism: 1. Shaxmatning O’zbekistonda rivojlanishi 2. O’zbekistonda shaxmat bo’yicha ilk chempionlar III. Xulosa IV. Test topshiriqlari Kirish Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajak taraqqiyoti birinchi galda o‘z xalqining, yoshlarining jismoniy va ma’naviy kamoloti bilan o‘lchanadi. Hozirda davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro musobaqa, kuch-qudratini namoyon etish bellashuvi, asosan ikki yo‘nalishda – sport va jismoniy tarbiya hamda aql-zakovat, ya’ni intellektual faoliyat sohasida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Ilmiy ta’bir bilan aytganda, xalqning jismoniy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, bu borada tegishli zaxiralarni shakllantirish XXI asrda taraqqiyot va yuksalish kafolatiga aylanib bormoqda. Insonning intellektual imkoniyatlarini oshiriuvchi vosita sifatida qadim davrlardan buyon o’ynalib kelinayotgan sport turlaridan biri bo’lgan – shaxmat o’yini hozirgi kunda eng mashhur o‘yinlardan biriga aylangan, sportturi sifatida qabul qilingan; dunyo bo‘ylab millionlab kishilar bu o‘yinni o‘ynashadi. Shaxmat aqliygimnastikasifatida ham ko‘riladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tamonidan 2018 yil 9 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi va 2021 yil 14 yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari doirasida belgilangan vazifalarga muvofiq shaxmat sportini yurtimizda yanada kengroq rivojlantirish, ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilariga shaxmatga o’rgatish, iqtidorli yoshlarni saralab olish orqali yurtimizda shaxmatni rivojlantirish va FIDE reytingida yuqori o’ntalikdan joy olishga doir vazifalar belgilangan bo’lib, buning uchun moddiy bazani, o’quv-mashg’ulot ishlarini tashkil qilishga doir ko’rsatmalar berilgan. Ushbu o'quv-metodik qo’llanmada shaxmat o’yini to’g’risida umuman tushunchaga ega bo’lmagan o’quvchilar uchun shaxmat o’yinini o’rganish imkonini beradigan, shaxmat taxtasi va donalarining joylashishi va yurishlaridan tortib, turli debyut variantlari, enshipildagi o’yin qoidalari, kombinatsiyalar va o’yinlarni taxlil qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shuningdek, o’quv-metodik qo’llanmada shaxmatning paydo bo’lishi, O’zbekistonda rivojlanishi, shaxmat bo’yicha glassariy va o’z-o’zini nazorat qilish uchun testlar, shuningdek, yosh shaxmatchilarni tayyorlash metodikasi tarkibiga kiruvchi na’muna sifatidagi bir yillik o’quv dasturi keltirilgan. Shaxmat o’yini o'quv-metodik qo’llanmasidan foydalanish to’g’risida ba’zi narsalarni aytib o’tish kerak. Ushbu o'quv-metodik qo’llanma shu tipdagi boshqa adabiyotlar singari, ko’rsatmali quroldan foydalanishni talab qiladi. Shaxmat taxtasi va donalari bo’lmasa, o’yinni o’rganish mumkin emas. Agar yangi o’rganuvchilar o’yin qoidalari va ayrim donalarining yurishini osongina bilib olsalar, qo’llanmaning keyingi boblarini yahshi o’zlashtirish uchun olgan bilimlarini takrorlab va tekshirib turishlari lozim. Ba’zan yangi o’rganuvchi o’zaro baxslarda shaxmat o’ynab, kuch sinashib tursa foyda beradi. Qo’llanmada qiyin pozitsiyalar, masalan, ot va fil bilan mot qilish singari pozitsiyalar uchraydi. Yangi o’rganuvchi shaxmatchilning bunday pozitsiyalarni o’zlashtirishi ancha qiyin. U bunday misollarni belgilab qo’yishi va malakasi ortgandan keyin ularni ya’na ko’rib chiqishi kerak; shunday qilganda ilgari qiyin tuyulgan va tushunilmagan misollar ham osongina o’zlashtiriladi. Yangi o’rganuvchi shaxmatchi o’yinni o’rganishnigina emas, balki yahshi o’yinchi bo’lishni ham istaydi. Buning uchun u, amaliy o’yinlarga kirishishi bilanoq alohida daftar qilib olishi va musobaqalarda o’ynagan hamma o’yinlarini shu daftarga yozib borishi zarur. Keyin u har bir o’yinni qaytadan o’ynab ko’rishi va yo’l qo’ygan xatolarini darslikka qarab topib olishi lozim. Debyut variantlarini o’rganishda bunday analiz katta foyda beradi, variantlar miyaga yahshi singadi va uzoq vaqtgacha esda qoladi. Yangi o’rganuvchi shaxmatchi bu qo’llanmani boshidan boshlab qunt bilan o’rganib borsa, u uchinchi va hatto ikkinchi razryadli o’yinchidek usta shaxmatchi bo’lib olishi mumkin. Yangi o’rganuvchi shaxmatchi dastlabki muvaffaqiyatsizlikdan so’ng umidsizlanmasligi, balki o’yindagi xatolariga e’tibor berishi va ularni yahshilab tekshirib chiqishi lozim, shunda u o’sadi va muvaffaqiyatga erishadi. Download 493.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling