Reja: I. Kirish II. Asosiy qism: Shaxmatning O’zbekistonda rivojlanishi


O’zbekistonda shaxmat bo’yicha ilk chempionlar


Download 493.58 Kb.
bet3/4
Sana04.05.2023
Hajmi493.58 Kb.
#1426377
1   2   3   4
Bog'liq
Umarov Nozimjon

O’zbekistonda shaxmat bo’yicha ilk chempionlar
Georgiy Tojiyevich A’zamov (1954.6.9, Olmaliq shahri - 1986.27.8, Sevastopol shahri yaqinida) – shaxmatchi. Birinchi oʻzbek xalqaro grossmeysteri (1984). Sobiq Ittifoq chempionatlari ishtirokchisi (1981, 1983, 1985), ikki karra Oʻzbekiston chempioni (1976, 1982), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fiz-kultura va sport xodimi (1984). Jahon birinchiligi mintaqaviy turniri (Yerevan, 1982)da 7–8-oʻrinlarni egallagan. Koʻplab nufuzli xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. Oʻzbekistonda A. xotira-siga bagʻishlab an’anaviy turnir oʻtkazib turiladi.

Georgiy Tojievich Agzamov 6 sentyabr 1954 yil Toshkent viloyati Olmaliq shahrida dunyoga keldi.
Otasi Tojixon Agzamov vrach-jarroh bo’lgan.
Georgiy Agzamov 11 yoshida tug'ilgan o’sgan shahri Olmaliqning kattalar o'rtasida chempioni bo'ldi. 19 yoshida sport usta. Ko'p vaqtini amaliy o'yinlarga sarfladi.
Institutni tugatgach Georgiy Agzamov ingliz tili va adabiyotini o'rgandi.
SSSR xalqlari spartakiadasida (1981) O'zbekiston terma jamoasini boshqarib, sobiq jahon chempionlari - M.Tal, T.Petrosyan, B.Spasskiy, grossmeysterlar Polugaevskiy va Taymanovlar bilan o'ynaydi.
1981 yil SSSR chempionatida Georgiy Agzamov grossmeyster Belyavskiy bilan 6-7 o'rinlarni egallaganidan so'ng, bir necha xalqaro turnirlarda bir qator yaxshi natijalarga erishdi. Ikki yil ichida u 6 ta yirik xalqaro turnirda g'olib chiqdi, jumladan Belgrad (1982), Vrsac (1983), Sochi (1984). Ushbu musobaqalarda Georgiy Agzamov grossmeysterlik normasini besh marta bajargan. Xalqaro grossmeysterlik unvonini unga FIDE Kongressining Saloniki shahrida (1984) berildi.
Georgiy Agzamov 1986 yil 27 avgust kuni Sevastopol yaqinida, 31 yoshida vafot etadi.
O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirlarni o'tkazmoqda.


Xulosa
Doiraviy turnir – bir shaxmatchining turnirning boshqa barcha ishtirokchilari bilan bir partiyadan o’yin olib borishidir. Ikki davrali turnir – doiraviy turnirning o’zi bo’lib, faqat bunda ishtirokchilar bir – birlari bilan ikki marta uchrashib, birinchi holatda ular oq tomonda, ikkinchi holatda esa qora tamonda va teskarisiga ishtirok etishadi. Shvetsarcha tizim bo’yicha o’tkaziladigan musobaqa – bu, ishtirokchilar soni ko’p bo’lgan va o’yin davomida undan chiqarib yuborilmaydigan musobaqa bo’lib, unda kuchli shaxmatchilar o’zlaridan kuchli raqiblariga qarshi kurash olib boradilar. Natijalari qoniqarsiz bo’lgan ishtirokchilar esa bundan oldingi uchrashuvlarda shunday past natija ko’rsatgan ishtirokchilar bilan uchrashishadi.
Shvetsarcha tizim bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalarda ishtirokchilar har bir boshqa ishtirokchi bilan quyidagi qoidalarga asosan uchrashishadi: Ishtirokchilar bir – birlari bilan bir martadan ortiq uchrashish huquqiga ega emas; Bir xil natijaga erishib, ochkolar miqdori teng bo’lgan ikki ishtirokchi iloji bo’lishi bilan uchrashishi lozim; Raqiblarning sipohlari rangi musobaqa hakami tomonidan iloji boricha ob’yektiv va oqilona aniqlab tanlanadi. Oq va qora tamonda galma – galdan o’yin olib boorish har bir ishtirokchi uchun eng qulay imkoniyatdir. Hozirda maxsus kompyuter dasturi yordamida qur’a tashlanadi.


Download 493.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling