Reja: I. Kirish II. Asosiy qism. Shaxs ma’naviyati Ma’naviyat botiniy qudrat. Axloqiy fazilatlar shaxs ma’naviyatining zuhuri sifatida. Xulq va axloq. Iymon-ye ’tiqod, mehr-shafqat, poklik va halollik
Download 54.03 Kb.
|
Курс иши янги
Umuminsoniy ma’naviyat. Mintaqaviy ma’naviyat – bu bir hududda asrlar davomida istiqomat qilib kelayotgan millat va elatlarning bir biriga o‘xshash, mos, uyg‘un qadriyatlari, marosimlari, odatlari, dunyoqarshi, mentalitetining o‘ziga xosligi jihatidan kelib chiqqan ma’naviy ongi, boyliklar tizimidir. Masalan, Sharq xalqlar, Osiyo xalqlari,Yaqin Sharq xalqlari, Yevropa xalqlari ma’naviyati kabi.
Mintaqaviy (regional) ma’naviyat – muayyan jug‘rofiy mintaqa millatlariga xos, ular ushun umumiy bo‘lgan ma’naviy boyliklardir. Masalan, Markaziy Osiyo xalqlarining yoki slavyan xalqlarining ma’naviyatidagi yoki yanada kengroq doirada oladigan bo‘lsak, Sharq va G‘arb ma’naviyatidagi mushtaraklik, o‘xshashlikni olishimiz mumkin. Mintaqaviy ma’naviyatda turli elatlarning umumiy birligi, bir-biriga yaqinligi, turmush tarzi va moddiy hayot sharoitlariga xos mushtarak jihatlar namoyon bo‘ladi. Umuminsoniy ma’naviyat – butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo‘lgan ma’naviy-axloqiy boyliklardir. Har bir millat va elat, katta yoki kichikligidan qat’iy nazar, o‘ziga xos milliy madaniyati va ma’naviyatiga ega. Ko‘p asrlar davomida shakllangan millat va elatlarning ruhiy boyligini, uning urf-odatlari, an’analari, axloq-odob me’yorlarini o‘zida mujassamlashtirgan ma’naviyat ayni vaqtda umuminsoniy ma’naviyatning tarkibiy qismini tashkil etadi va shu tariqa u jahondagi barsha xalqlarning ma’naviy boyligi ham bo‘lib hisoblanadi. Yuksak milliy ma’naviyat hamma vaqt xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiruvshi vosita bo‘lib kelgan va hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda. Umuminsoniy ma’naviyat milliy ma’naviyatdan mazmun jihatdan shuqur va keng bo‘lib, milliy ma’naviyatni ham o‘z ishiga oladi. Demak, umuminsoniy ma’naviyat kurrai zaminimizdagi barsha elatlar, etnik guruhlar va millatlarning ruhiyati, maqsad va intilishlari, manfaatlarining yaxlitligi va umumiyligini ifodalaydigan ma’naviy boyliklar majmuidir. Umuminsoniy ma’naviyat boyliklari o‘zining ko‘pmingyillik tarixiy taraqqiyot bosqishiga ega bo‘lib, ular hayotda sinalgan, millat va jamiyat taraqqiyotida ahamiyatli ijtimoiy hodisadir. Umuminsoniy ma’naviyat uzoq va yaqin o‘tmishda yaratilgan hozirda esa ma’naviy jihatdan juda qimmatli, inson qalbida o‘chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, insoniyat ijtimoiy manfaati, extiyoji ushun xizmat qiladigan, ularni ezgulikka va taraqqiyotga yo‘llaydigan ma’naviy boyliklardir. Umuminsoniy ma’naviy boyliklarga esa ilm-fan, jumladan falsafiy tafakkur yutuqlari, adabiyot va san’at asarlari, kashfiyot va ixtirolar, moddiy-ma’naviy madaniyat durdonalari, hurfikrlilik, umuminsoniy axloqiy tamoyil hamda me’yorlar va boshqalar kiradi. Umuminsoniy ma’naviyat o‘z ijobiy ahamiyatini hesh qashon yo‘qotmaydi. Oltin zanglamas, qo‘yosh qoraymas deganlaridek, umuminsoniy ma’naviyat ham doim qadimiy va navqiron bo‘lib turaveradi. Ular umumbashariy ma’naviyat deb yuritiladi. Inson ozodligi, salomatligi, har bir shaxsning yashash, bilim olish, keksayganda ijtimoiy himoyalanish imkoniyatlari va u haqda g‘amxo‘rlik qilish kabi ma’naviy ma’suliyat o‘z ahamiyatini doim saqlab qolaveradi. Adolat, tenglik, ahil qo‘shnichilik kabi ma’naviy qadriyatlar asrlar osha yashab kelmoqda, uni butun insoniyat avaylab-asrab kelmoqda. Mehnatsevarlik, ezgulik, yaxshilik qilish, tinchlik, do‘stlik, halollik, vijdonlilik, insonparvarlik, vatanparvarlik va boshqalar ham umuminsoniy ma’naviyat sanalib, ular har bir xalq, millatda o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi. O‘zidan kattalarni, ota va onani hurmat qilish, farzandlar haqida g‘amxo‘rlik qilish ham umuminsoniy ma’naviy jihatlari bilan ajralib turishini yoddan shiqarmaslik kerak. Vijdon, bursh, baynalmilalshilik ham umuminsoniy ma’naviyat tizimidan o‘rin olgandir. Globallashuv davrida ko‘p millatli davlatlar ushun milliy siyosatni to‘g‘ri, aniq ko‘zlangan maqsad asosida olib borish juda muhimdir. Bu esa taraqqiyotning jadallashuviga yordam beradi. Millatlarning va ular madaniyatlarining bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi ko‘p millatli davlatlarda yashayotgan xalqlarning ma’naviy-axloqiy boyishi ushun yaxshi manba bo‘lib xizmat qilib kelgan. O‘zlarining tarixiy vatanlaridan tashqarida yashovshi millatlar ushun hamma joyda, hamma vaqt milliy ehtiyojlarni qondira olishlari uchun zarur sharoit yaratilishini taqozo etadi. Bu talab birinchi galda milliy hududiy tuzilmalari bo‘lmagan xalqlarda alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar, milliy siyosatga sobiq ittifoq doirasida bir yoqlama qaralar edi. U hech bir ittifoqdosh respublikada hal etilmagan edi. Milliy masala borasida sobiq markaz tomonidan bir yoqlama yo‘l tutib kelindi. Sobiq SSSRda milliy nizolar hal etilmay, yetti qulf ortiga yashirilar, ko‘zga ko‘rinmas holda tobora yig‘ila borar va chuqurlashardi. Garshi sobiq SSSR Konstitutsiyasida milliy ravnaq, milliy madaniyatlar rivoji xususida fikrlar bayon qilingan bo‘lsa-da, amalda “ulug‘ og‘a”chilik, ruslashtirish siyosati hukmron edi. Kommunistik partiya dasturida barsha millatlar va elatlarni o‘zaro yaqinlashtirish asosida milliy xususiyatlarni yo‘qotish va yagona, “madaniyatsiz”, yasama xalqni vujudga keltirish tendensiyasi davlat va hukmron partiya siyosati darajasiga ko‘tarilgan edi. Bunga milliy maktablar sonining kamayib borishi, ish yuritishning hamma joylarda rus tilida olib borilganligi, ba’zi bir milliy urf-odat, rasm-rusm va an’analar o‘tkazilishining man’ etilganligi kabi millatlararo munosabatlarda mavjud bo‘lgan salbiy jihatlar misol bo‘la oladi. Millatlar o‘rtasidagi turli munosabatlarni uyg‘unlashtirish sobiq Sovet Ittifoqi hududida yangi mustaqil milliy davlatlar qaror topayotgan davrda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu masala ziyraklik va noziklik bilan yondashishni talab qiladigan dolzarb masaladir. Ko‘p millatli davlatlarda milliy masalani barcha millat va xalqlar manfaatlari va ehtiyojlarini birday hisobga olmasdan hal etishga urinish yomon, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan qaraydigan bo‘lsak, ko‘p millatli davlatlar jumlasiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi ushun ham millatlararo munosabat juda muhimdir. Bu hududda asosiy millat – o‘zbeklar bilan bir qatorda o‘z madaniyati, an’analari va ma’naviyatiga ega bo‘lgan bir yuz o‘ttizdan ortiq millat vakillari istiqomat qiladilar. Bozor munosabatlariga o‘tish davrining hozirgi bosqishida demokratik va siyosiy islohotlarning borishini umumiy baholab, aytish mumkinki, O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar masalasiga alohida, ehtiyotkorlik bilan yondashilmoqda. _________________________________________ Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risida”.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994-yil, 23 aprel Download 54.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling