Reja I. Kirish II. Asosiy qism
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar hajmida ulushi yuqori davlat ma’lum qilindi
Download 1.63 Mb.
|
investitsion jozibadorlik va uning amaliy ahamiyati
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar hajmida ulushi yuqori davlat ma’lum qilindi2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 56,6 trln so‘mni tashkil etgan.Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 25,1 trln co‘m miqdorida qayd etilgan. O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar: — Xitoy – 19,9 foiz; — Rossiya – 15,7 foiz; — Saudiya Arabistoni – 13,5 foiz; — Turkiya – 6,1 foiz; — Kipr – 5,4 foiz; — Germaniya – 3,3 foiz; — Shveytsariya – 3 foiz; — Singapur – 2,9 foiz; — Hongkong – 2,8 foiz; — Buyuk Britaniya – 2,7 foiz. III. Xulosa Oʻzbekiston zamini koʻp asrlar davomida dunyoning turli mintaqalaridagi savdogar, ishbilarmon va tadbirkorlar eʼtiborini oʻziga tortib kelgan. Buyuk ipak yoʻlining markazida joylashgan yurtimiz qadimdan Osiyo, Yevropa va Afrika qitʼalarining karvon yoʻllari tutashgan hudud sifatida mashhur boʻlgan. Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya, Misr kabi mamlakatlarda shakllangan sivilizatsiya va madaniyat namunalari aynan qadimgi Movarounnahr, hozirgi Oʻzbekiston hududida uchrashib, bir-birini oʻzaro boyitib kelgan. Buning natijasida 3 ming yillik davlatchilik tarixiga ega boʻlgan mamlakatimiz uzoq davr mobaynida dunyoning savdo, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat va sanʼat yuksak ravnaq topgan markazlaridan biri boʻlib xizmat qilgan. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o`rtasidagi nisbatga qarab iqtisodiyotning ahvoli qanday ekanligini, ya`ni yuksalish, yo turg`unlik yoki pasayish davrini boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda, yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq, ya`ni sof investitsiya yuqori bo`lsa, iqtisodiyot yuksalishda bo`ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o`sadi. Maqsadiga ko`ra, xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel‘ investitsiyalarga bo‘linadi. Bevosita investitsiyalar – bu kapitalni to‘g`ridan-to‘g`ri eksporti bo`lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiya(BXI)lar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo‘ladi. Mamlakatimizda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining tashkil etilgani chet el investistiyalarini jalb etishda ko‘p jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va yo‘l-kommunikastiya sohasidagi strategik muhim investistiya loyihalarini xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda moliyalashda faol ishtirok etishdan iborat. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga davlat investitsiya dasturi doirasida jalb qilinayotgan xalqaro sarmoyalarning asosiy qismi Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya hamda Niderlandiya davlatlari tashkil etmoqda. Xitoy davlati jami jalb qilingan xalqaro sarmoyalarning 35.66% ni tashkil qilayotgani va bu borada mamlaktimiz ushbu davlat bilan yuqori darajada hamkorlik ishlari olib borayotganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, xalqaro sarmoyaning Rossiyaga 26.79%, Janubiy Koreyaga 19.50% hisobida to‘g‘ri kelayotganini takidlash lozim. Mavzuni o‘rganib chiqib, mamlakatimiz investitsiya salohiyatini yanada oshirish uchun quyidagi takliflarni kiritaman: Aholining o‘rta va quyi qatlamlarini ish bilan ta‘minlash maqsadida, investitsiyalar oqimini hududlar bo‘yicha aholi soniga qarab proporsional taqsimlash; Mamlakatimiz bo‘ylab erkin iqtisodiy hududlar sonini ko‘paytirish; Chet el investorlari uchun berilgan mutloq soliq imtiyozlaridan ozod qilishdan tashqari, imtiyoz muddati tugagach qisman imtiyozlar berishni joriy etish; Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka investitsiyalarni jalb etishda davlat kafolatlarini oshirish, investitsion g‘oyalar tanlovlarini o‘tkazish; Moliya bozorini, xususan, qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini rivojlantirish; Mamlakat miqiyosida investitsion portfelni shakklantirish borasidagi aholining savodxonligini oshirish; Ushbu mavzuni o‘qitishda elektron taqdimot va muammoli ta‘lim metodlaridan kengroq foydalanish. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling