Reja I. Kirish II. Asosiy qism


-chizma 1. Iqtisodiy omillar


Download 1.63 Mb.
bet5/10
Sana29.07.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1663502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
investitsion jozibadorlik va uning amaliy ahamiyati

4-chizma

1. Iqtisodiy omillar:

  • ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sish sur`atlarining bir maromda ushlab turilishi;

  • jahon va aloxida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniksa, fan-texnika tarakkiyoti yutuklari va jahon xizmatlar bozori tarakkiyoti ta`siri ostida olib borilishi);

  • ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi;

  • jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o`sib borishi (AKSH Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);

  • ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi;

  • xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshq.



2. Siyosiy omillar:

  • kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), offshor hududlari va boshq.);

  • rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;

  • iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash);

  • bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.



2.2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Investorlar uchun qulay va jozibador sharoit yaratishga qaratilgan amaliy ishlari olib borayotgan islohatlari.
Oʻzbekiston zamini koʻp asrlar davomida dunyoning turli mintaqalaridagi savdogar, ishbilarmon va tadbirkorlar eʼtiborini oʻziga tortib kelgan. Buyuk ipak yoʻlining markazida joylashgan yurtimiz qadimdan Osiyo, Yevropa va Afrika qitʼalarining karvon yoʻllari tutashgan hudud sifatida mashhur boʻlgan. Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya, Misr kabi mamlakatlarda shakllangan sivilizatsiya va madaniyat namunalari aynan qadimgi Movarounnahr, hozirgi Oʻzbekiston hududida uchrashib, bir-birini oʻzaro boyitib kelgan. Buning natijasida 3 ming yillik davlatchilik tarixiga ega boʻlgan mamlakatimiz uzoq davr mobaynida dunyoning savdo, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat va sanʼat yuksak ravnaq topgan markazlaridan biri boʻlib xizmat qilgan.
Ushbu koʻhna zamindan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, dunyoviy va diniy ilmlarning ulugʻ namoyandalari bugungi kunda ham butun insoniyatga xizmat qilayotgan noyob kashfiyot va bebaho asarlar yaratib, ularni jahon ahliga meros qilib qoldirganlar. Misol uchun, hozirgi davrda ham dolzarb boʻlgan “karantin” tushunchasini Yevropada “Avitsenna” nomi bilan tanilgan ajdodimiz, buyuk shifokor Abu Ali ibn Sino bundan ming yil muqaddam birinchi boʻlib amaliyotga joriy qilgani tarixdan yaxshi maʼlum.
Zamonaviy innovatsion va blokcheyn texnologiyalari va sunʼiy intellekt negizini tashkil etuvchi algoritm atamasi yana bir ulugʻ ajdodimiz – Muhammad Xorazmiy nomi bilan bogʻliq ekanidan sizlar albatta xabardorsiz.
Mashhur davlat arbobi, ayni paytda buyuk astronom boʻlgan Mirzo Ulugʻbek esa XV asrdayoq Samarqandda rasadxona qurdirib, mingdan ortiq yulduzlarning eng toʻgʻri koordinatlarini aniqlab, ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan.
Yuksak tafakkur egasi boʻlgan yana oʻnlab vatandoshlarimizning oʻtmishda fizika, geodeziya, kimyo, falsafa va tarix, meʼmorlik, tasviriy sanʼat, ilohiyot va boshqa yoʻnalishlarda yaratgan ilmiy kashfiyotlari hozirgi zamonda ham oʻz ahamiyati va qimmatini yoʻqotmasdan kelayotgani ayniqsa eʼtiborlidir.
Hurmatli xonimlar va janoblar!
Bugungi kunda Oʻzbekiston oʻzining geografik joylashuviga koʻra, Shimol va Janubni, Gʻarb va Sharqni magistral tranzit koridorlari orqali bogʻlab turadigan Markaziy Osiyo mintaqasining oʻzagi hisoblanadi.
Biz “Buyuk oʻtmishdan – buyuk kelajak sari” tamoyili asosida iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishimizni jadal davom ettirmoqdamiz.
Bundan 5 yil avval biz Harakatlar strategiyasini qabul qilib, uning doirasida keng koʻlamli demokratik islohotlarni amalga oshirish yoʻlini tanladik. Ushbu islohotlar dasturi davlatimiz va jamiyatimizning barcha sohalarini qamrab olib, qonun ustuvorligini taʼminlash, raqobatni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borish kabi muhim yoʻnalishlarni oʻzida mujassam etgan.
Biz, birinchi navbatda, ilgari investorlarning Oʻzbekiston bozoriga kirishi va erkin faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qilgan barcha omillarni bartaraf etib, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yarata boshladik.
Birinchidan, 2017-yilda milliy valyutamiz – soʻmning erkin konvertatsiyasini joriy etib, xorijiy investorlar tomonidan foydani repatriatsiya qilish bilan bogʻliq barcha cheklovlarni olib tashladik.
Bank va yirik korxonalarimiz ilk marta xalqaro reytinglar olib, jahon moliya bozorlariga chiqdi. Dunyo bozorlariga milliy valyutamizda ham xalqaro obligatsiyalar chiqarildi.
Shu bilan birga, biz bank-moliya sohasidagi islohotlarimizni tizimli ravishda davom ettirish zarurligini albatta yaxshi tushunamiz.
Ikkinchidan, mamlakatimizda ochiqlik siyosatini taʼminlash uchun 90 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun Oʻzbekistonga vizasiz kirish imkoniyatini yaratdik. Yana 60 ga yaqin mamlakat fuqarolariga esa yengillashtirilgan tartibda viza olish imkoniyati berildi.
Bu koʻrsatkichlar boʻyicha Oʻzbekiston mintaqadagi eng ochiq davlat maqomini qoʻlga kiritgani bugun hech kimga sir emas.
Uchinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish Oʻzbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Bu boradagi saʼy-harakatlarimizni amalga oshirish maqsadida alohida Agentlik tashkil etildi.
Bu sohada boshlagan ishlarimizni davom ettirib, iqtisodiyotda shaffoflikni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi qatʼiy kurash olib borish yanada kuchaytirilmoqda.
Toʻrtinchidan, mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlash va toʻliq himoya qilishni ham eng ustuvor vazifa sifatida belgiladik.
Ikki yil avval Oʻzbekistonda Inson huquqlari milliy strategiyasi qabul qilindi va tarixda birinchi marta mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashiga aʼzo etib saylandi.
Oʻzbekistonni qonun va adolat mustahkam qaror topgan demokratik mamlakatga aylantirish, mustaqil va kuchli sud-huquq tizimini shakllantirish – eng oliy maqsadlarimizdan biri sifatida kun tartibiga qoʻyildi.
Beshinchidan, islohotlarimizning muhim yoʻnalishi sifatida mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va soʻz erkinligini taʼminlash, demokratik media makon yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ommaviy axborot vositalarini “toʻrtinchi hokimiyat”ga aylantirish, davlat idoralarining jamiyat oldidagi hisobdorligini oshirish borasida sezilarli natijalarga erishilmoqda. Bu boradagi eng muhim yutugʻimiz shuki – biz jamiyatimizda “yopiqlik muhiti”dan qutulib, Yangi Oʻzbekiston poydevorini aynan erkinlik va adolat tamoyillari asosida barpo etmoqdamiz.
Oltinchidan, koʻp yillar davomida mamlakatimizni turli “qora roʻyxat”larga kiritilishi uchun sabab boʻlgan majburiy mehnat, jumladan, bolalar mehnatiga toʻliq barham berildi. Buning eʼtirofi sifatida yaqinda xalqaro Nodavlat notijorat tashkilotlari koalitsiyasi – “Cotton Campaign” hamda jahondagi mashhur brendlar tomonidan Oʻzbekiston paxtasi va toʻqimachilik mahsulotlariga nisbatan ilgari oʻrnatilgan boykot bekor qilindi.
Yettinchidan, biz islohotlarimizning birinchi kunidan boshlab taʼlim va inson kapitalini rivojlantirishga alohida eʼtibor berib kelmoqdamiz.
Soʻnggi 5 yilda mamlakatimizda 21 mingdan ortiq yangi maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etilib, ushbu maskanlarda tarbiya olayotgan bolalarimiz qamrovi avvalgi 27 foizdan 67 foizga koʻtarildi.
Bundan tashqari, 200 ga yaqin yangi maktablar barpo etildi, 3 mingdan ortiq mavjud maktablar esa rekonstruksiya qilindi va toʻliq jihozlandi.
Shu oʻtgan qisqa davrda 82 ta yangi universitet va institut, jumladan, 23 ta xorijiy oliygoh tashkil etilib, oliy taʼlim dargohlarining umumiy soni 159 taga yetdi. Natijada maktab bitiruvchilarining oliy taʼlim bilan qamrov darajasi oldingi 9 foizdan 28 foizga yetkazildi va bu yoʻnalishdagi ishlarimiz davom ettirilmoqda.
Barcha sohalarda boʻlgani kabi sogʻliqni saqlash tizimida ham muhim islohotlar izchil olib borilmoqda. Shifoxonalar va tez tibbiy yordam punktlarini dori-darmon va zarur buyumlar bilan taʼminlash maqsadida davlat tomonidan ajratilgan mablagʻlar miqdori oʻtgan davrda 12 barobar koʻpaytirildi.
Sakkizinchidan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati ham biznes sohasini ragʻbatlantirishga xizmat qilmoqda.
Soʻnggi yillarda soliqlarning umumiy sonini 13 tadan 9 taga tushirdik. Mol-mulk, shaxsiy daromad va ijtimoiy soliq stavkalari ikki barobar pasaytirildi. Shu bilan birga, import boʻyicha 6 mingga yaqin boj stavkalari ham kamaytirildi. Shuningdek, oʻtgan 5 yil ichida 200 ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki soddalashtirildi.
Tadbirkorlik subyektlari zimmasidagi soliq yukini yanada kamaytirish hamda soliq maʼmurchiligini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Toʻqqizinchidan, Oʻzbekistonda “yagona darcha” tamoyili asosida xorijiy investorlar bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy etilib, sarmoyadorlarga har tomonlama koʻmak beradigan, barcha hudud va tarmoqlarni qamrab olgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Natijada iqtisodiyotimizga jalb qilingan yillik xorijiy investitsiyalar hajmi 3,5 barobar oshib, oxirgi 5 yilda ularning umumiy qiymati 25 milliard dollarni tashkil etdi. Buning hisobidan 59 mingta investitsiya loyihasi amalga oshirilgani mamlakatimizda 2,5 milliondan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratishga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.
Shuningdek, toʻqimachilik, charm-poyabzal, farmatsevtika, elektrotexnika, kimyo va neft-kimyo, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoatlari va boshqa koʻplab sohalardagi qayta ishlash darajasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga hamda eksportning yillik hajmini salkam 20 milliard dollarga yetkazishga muvaffaq boʻldik.
Oʻninchidan, ikki yil avval mamlakatimiz tarixida birinchi marta kambagʻallikni bartaraf etishni Hukumat siyosatining asosiy maqsadlaridan biriga aylantirdik.
Ushbu yoʻnalishda alohida Strategiya qabul qilinib, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi. Natijada qisqa davrda yarim milliondan ortiq oilani muhtojlar toifasidan chiqarishga erishdik.
Umuman olganda, 5 yil davomidagi harakatlarimiz oʻzining ijobiy natijalarini bermoqda. Bu fikrni islohotlarimizning dastlabki yillaridayoq iqtisodiyotimizning yillik oʻrtacha oʻsishi – 5 foizni, sanoat sohasida esa – 8 foizni tashkil etgani ham tasdiqlaydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 27 milliard dollardan 35 milliard dollarga yetdi.
Hatto koronavirus pandemiyasi avj olgan 2020-yilda ham mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining oʻsishida ijobiy dinamika saqlab qolingani, 2021-yilda esa uning oʻsish surʼati 7 foizdan oshgani islohotlar yoʻlining toʻgʻri tanlanganidan dalolat boʻlib, bizni yangi amaliy marralarga daʼvat etmoqda.
Muhtaram forum ishtirokchilari!
Mamlakatimizdagi 5 yillik islohotlar jarayonining eng muhim yutugʻi sifatida bir fikrni toʻla ishonch bilan taʼkidlash mumkin: Oʻzbekistonda islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani real haqiqatdir.
Yaqinda biz kelgusi 5 yilga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini qabul qildik. Ushbu Strategiya “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida ishlab chiqilgan boʻlib, mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati va inson kapitalini rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini yanada ragʻbatlantirish, investorlar huquqlarini himoya qilish, xususiy mulk daxlsizligi va gender tenglikni taʼminlash kabi muhim vazifalarga qaratilgan.
Strategiyamizning pirovard maqsadi – davlatimiz va jamiyatimizning barcha soha va yoʻnalishlarida “Inson qadri uchun” gʻoyasini hayotga tadbiq etishni koʻzda tutadi.
Bu yoʻnalishlar quyidagilardan iborat.
Birinchi yoʻnalish – mamlakatimizda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish.
Jumladan, keng koʻlamli maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish va raqamlashtirishni joriy etish orqali biznes uchun yanada qulay sharoit yaratish, davlat boshqaruvi tizimining natijadorligini oshirish orqali ishbilarmon va tadbirkorlarga koʻmak beradigan, ixcham va yuqori samarali hukumat tizimini tashkil etish koʻzda tutilgan.
Ikkinchi yoʻnalish – davlatning iqtisodiyotdagi roli va ulushini keskin qisqartirish.
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy konsalting kompaniyalari koʻmagida davlat aktivlarini xususiylashtirish orqali 2026-yilga qadar eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat korxonalarini xususiylashtirish hisobidan 25 dan ortiq faoliyat turlari boʻyicha monopoliyalar tugatiladi, tijorat banklarida transformatsiya jarayonlari davom ettirilib, bank aktivlarida xususiy sektorning ulushi 60 foizga yetkaziladi, davlat ishtirokidagi korxonalar soni kamida 3 barobar qisqartiriladi.
Fursatdan foydalanib, Forumda qatnashayotgan siz, hurmatli investor va tadbirkorlarga oshkoralik, shaffoflik va raqobat tamoyillari asosida oʻtkaziladigan xususiylashtirish jarayonlarida keng ishtirok etishingiz uchun barcha sharoitlar yaratishimizni taʼkidlab aytmoqchiman.
Uchinchi yoʻnalish – mamlakatimizda infratuzilmani jadal rivojlantirishni davom ettirish.
Oʻzbekistonda xorijiy investorlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etgan holda, energetika, transport, sogʻliqni saqlash, taʼlim, infratuzilmani rivojlantirish va yoʻl qurilishi sohalarida umumiy qiymati 15 milliard dollarlik 200 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Barchangizni ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib, oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga taklif etamiz.
Toʻrtinchi yoʻnalish – iqtisodiyotimizni sanoatlashtirish doirasida boy xomashyo zaxiralarimizni chuqur qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston koʻplab foydali qazilmalar zaxirasi boʻyicha dunyoning yuqori oʻrinda turadigan 20 ta davlati qatoriga kiradi. Jumladan, mamlakatimiz oltinning resurs bazasi boʻyicha dunyoda – 2-oʻrinni, mis boʻyicha – 7, volfram boʻyicha – 8, kumush boʻyicha – 9, uran boʻyicha 12-oʻrinni, tabiiy gaz ishlab chiqarish sohasida esa 16-oʻrinni egallaydi.
Ana shunday boy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlagan holda, kelgusi 5 yilda kimyo va gaz-kimyo, misni qayta ishlash, elektronika, farmatsevtika, toʻqimachilik va koʻplab boshqa sohalarda 120 milliard dollarlik investitsiyalarni jalb etish boʻyicha aniq loyihalar ishlab chiqilgan.
Beshinchi yoʻnalish – inson kapitaliga investitsiya kiritish.
Kelgusi 5 yilda maktabgacha taʼlim sohasida – 7 mingdan ziyod yangi muassasalar tashkil etish orqali qamrov darajasi hozirgi 67 foizdan 80 foizga yetkaziladi, maktab taʼlimi tizimi uchun oʻquv dasturlari va darsliklar ilgʻor xorijiy tajriba asosida toʻliq qayta ishlanadi va qoʻshimcha 1 million 200 ming oʻquvchi uchun yangi maktablar barpo etiladi, oliy taʼlim sohasidagi qamrov darajasi 50 foizga yetkaziladi.
Biz professional taʼlim tizimini ilgʻor xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni zamon talablaridan kelib chiqib, iqtisodiyotimiz ehtiyojlari uchun IT va muhandislik yoʻnalishlariga ixtisoslashtirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladik.
Masalan, Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Bir million dasturchi” loyihasi ushbu yoʻnalishdagi amaliy harakatlarimiz namunasidir. Maqsadimiz – iqtisodiyotimizning “drayver” tarmoqlarini yetuk va malakali mutaxassislar bilan toʻliq taʼminlashdan iborat.
Alohida taʼkidlash zarurki, Oʻzbekiston bugungi kunda iqtisodiy resurslar bilan birga katta insoniy salohiyatga, zamonaviy bilim va chet tillarni puxta oʻzlashtirgan yangi avlod kadrlariga ega. Bu bizning eng katta boyligimiz hisoblanadi.
Oltinchi yoʻnalish – mamlakatimizda tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, eksport va import faoliyatlari uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish.
Oʻzbekiston yaqin yillarda Jahon savdo tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo boʻlish uchun aniq qadamlar qoʻymoqda. Hozirning oʻzida respublikamizda mahsulot ishlab chiqaruvchilar erkin savdo orqali 280 million isteʼmolchisi boʻlgan mintaqaviy bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining kengaytirilgan preferensiyalar tizimi “GSP +” doirasida Oʻzbekistondan 6 mingdan ortiq mahsulot turlarini Yevropa bozoriga imtiyozli shartlarda eksport qilish mumkin.
Shuningdek, milliy eksportchilarimizga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish uchun hozirgi vaqtda Hindiston, Turkiya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlar bilan imtiyozli va erkin savdo bitimlarini imzolash boʻyicha aniq choralar koʻrilmoqda.
Mavjud transport koridorlarini diversifikatsiya qilish maqsadida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Transafgʻon temir yoʻli orqali Janubiy Osiyoga, “Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy” temir yoʻli orqali Osiyo–Tinch okeani mintaqasiga hamda Janubiy Kavkazni kesib oʻtadigan multimodal transport koridori orqali Yevropa mamlakatlariga yetkazish uchun imkoniyatlar yaratish boʻyicha ham amaliy harakatlar olib borilmoqda.
Yettinchi yoʻnalish – mamlakatimizning investitsiya jozibadorligini oshirish, biznes muhitini yanada yaxshilash.
Bu soha rivoji uchun amaliy takliflarni ishlab chiqish maqsadida 2022-yildan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi yigʻilishlarini muntazam oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, kraudsorsing platformasi va zamonaviy raqamli yechimlardan foydalangan holda, barcha tarmoq va hududlardagi investor va tadbirkorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻtkazish amaliyotini davom ettiramiz.
Bizning mamlakatimizda 20-avgust sanasi Tadbirkorlar kuni sifatida belgilangan. Ayni shu kunda Prezidentning tadbirkorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Men bugungi anjumanda ishtirok etayotgan barcha investor va tadbirkorlarni boʻlgʻusi ana shunday muloqotda oʻzlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan ishtirok etishga mamnuniyat bilan taklif etaman.
Umuman olganda, amalga oshiriladigan islohotlarimiz natijasida kelgusi 5 yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 100 milliard dollarga, yillik eksport hajmini esa 30 milliard dollarga yetkazish koʻzda tutilgan. Xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 80 foizga yetkaziladi.
Biz Oʻzbekistonning 2030-yilga borib aholisi oʻrtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishishni aniq maqsad qilib qoʻyganmiz.


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling