Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Korxonalarni ta‘sis etish va ro’yxatga olish tartibi


Download 56.07 Kb.
bet2/4
Sana22.11.2023
Hajmi56.07 Kb.
#1794786
1   2   3   4
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti

Korxonalarni ta‘sis etish va ro’yxatga olish tartibi
Korxona, odatda, mulk egasi yoki uning vaqili bo’lgan tashkilot, korxona, muassasa qarori bilan, yo bo’lmasa, jamoa qarori bilan ta‘sis etiladi. Korxona mulki egasi rozi bo’lgan xolda va korxona tomonidan avval olingan majburiyatlarni bajargan xolda, tashkilotlarning bir yoki bir necha bo’linmasi shu bo’linma jamoasi qarori bilan ajralib chiqishi mumkin. Korxonani ta‘sis etish va uning faoliyatini yuritish uchun yer maydoni ajratish, zarur bo’lgan xolda tabiiy resurslardan foydalanish uchun ruxsat tuman yoki shaxar xokimliklari tomonidan beriladi. Korxona davlat r°yxatidan o’tgan kundan boshlab ta‘sis etilgan va yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan xisoblanadi. Davlat ro’yxatidan o’tish tuman, shaxar xokimliklarida amalga oshiriladi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’grisida o’n kun muddat ichida moliya vazirligiga yagona davlat ro’yxatiga kiritish maksadida e‘tibor beriladi.
Korxona davlat ro’yxatidan o’tish uchun xokimiyatga uni ta‘sis etish to’grisida qaror, korxona nizomi va boshqa xujjatlar takdim etiladi. Agar korxona uch kun muddatda ro’yxatdan o’tkazilmasa, yoki ro’yxatdan o’tish rad qilingan takdirda, ta‘sischi rad etish asoslanmagan deb xisoblagan xolda u sudga murojaat etishi mumkin. Korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun konunda ko’rsatilgan mikdorda badal olinadi. To’plangan mablaglar korxona ro’yxatidan o’tgan shaxar, tuman byudjetiga o’tkaziladi.
Yangi ta‘sis etilgan korxona yuridik shaxs xisoblanadi, o’z shaxobchasini ochish, shuningdek joriy xisob rakamiga ega bo’lgan boshqa tashqiliy birliklar ta‘sis etish huquqiga ega bo’ladi.
Bunday bo’linmalar va korxonalarni joylashtirish masalasi maxalliy xokimiyatlar bilan belgilangan tartibda xal etiladi. Korxona o’z ta‘sischisi tomonidan tasdiklangan nizom asosida faoliyat yuritadi. Korxona nizomida korxona nomi, manzili, faoliyat maksadi, boshqaruv va nazorat tashkilotlari, ularning vakolatlari, korxona mulki shakllanishi va foyda (daromad)ni taksimlash tartibi, korxonani kayta tashkil etish yoki faoliyatini to’xtatish, shartlari ko’rsatiladi. Nizomda shuningdek, korxona faoliyati bilan boglik, konunga zid bo’lmagan boshqa koidalar xam ko’rsatilishi mumkin.
Korxona mulki
Korxona mulki, bu – uning asosiy aylanma fondlari xamda kiymati korxonaning mustakil balansida aks ettirilgan boshqa boyliklardir. Korxona mulki nizomga muvofik unga to’lik mulkdorlik va egalik qilish huquqi bilan tegishli bo’ladi. Ta‘sischilarning pul va moddiy badallari, maxsulot sotish va xizmat ko’rsatish, shuningdek, xo’jalik faoliyatining boshqa turlari natijalari; bank va boshqa kreditorlar karzlari; byudjetdan kapital ko’yilma va dotatsiyalar, tashkilot va fukarolarning beғaraz va xomiylik badallari, konun tomonidan takiklanmagan boshqalar korxona mulki manbasi bo’lib xizmat kiladi.
Korxona konunchilikka muvofik xolda yer, suv, yer osti, o’rmon va boshqa tabiiy resurslarni kuriklash, tiklash va munosib ravishda foydalanish me‘yorlari va talablariga o’z faoliyatida amal qilish bo’yicha javobgarlikka ega.
Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish mexnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maksadida ko’shimcha mablaglarni jalb qilish uchun kimmatli kogozlar chiqarish huquqiga ega.
Davlat korxona mulkiy huquqlarini ximoya qilishni kafolatlaydi. Davlat tomonidan korxona asosiy va aylanma fondlari va boshqa boyliklarini fakat qonunda ko’rsatilgan xollardagina tortib olinishi mumkin.
Korxonaning mulkiy huquqiga fukarolar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari tomonidan keltirilgan zarar sud qarori bilan kaytariladi.
Davlat mulk ko’mitasi va uning raxbarligida tuzilgan joylardagi mulk ko’mitalari korxona mulkini xususiylashtirish bo’yicha qaror qabul qiladi va bu jarayonni tartibga soladi.



Download 56.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling