Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Huquq tizimi va uni zamonaviy tushunish


Download 133.5 Kb.
bet2/5
Sana13.12.2021
Hajmi133.5 Kb.
#180553
1   2   3   4   5
Bog'liq
Huquq tizimi

Huquq tizimi va uni zamonaviy tushunish


Inson zoti borki, biron-bir maqsadga intilib yashaydi. Buning uchun esa u boshqalar bilan munosabatga kirishib faoliyat yuritadi. Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy aytganlaridek, kishilar o‘zaro bir-birlariga yordam berishib, tinch-totuv yashashlari maqsadga muvofiqdir. Demak, atrofimizdagi ijtimoiy hayot aslida aynan kishilar o‘rtasidagi vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tizimidani iboratdir. Ushbu tizim o‘z doirasiga turfa xil munosabatlarni qamrab olgan murakkab jamlanmadir. Bunday murakkablik va turfa xillik ijtimoiy munosabatlar bilan o‘zaro ta’sirli aloqada bo‘lgan hodisalardan ham xuddi shunday mutanosiblikni talab etadi. Shunday ijtimoiy hodisalardan biri huquqdir.

Huquq - davlat tomonidan belgilanadigan yoki ruxsat etiladigan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy hulq-atvor qoidalari tizimidir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyator bo‘lib, uning ushbu xususiyati ijtimoiy munosabatlar bilan bo‘ladigan muntazam aloqadorlikni ta’minlaydi. Shuning uchun mavjud ijtimoiy munosabatlar tizimini tadqiq etish bilangina huquq va uning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari haqida tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. Yuqorida ta’kidlangandek, ijtimoiy munosabatlar xilma-xil, biroq, shunga qaramay ular ma’lum darajada ixtisoslashadi, mazmunan muayyan guruhlarga birlashadi. Biz ushbu obyektiv jarayonni parallel ravishda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq ham o‘z boshidan kechirishini kuzatishimiz mumkin. YA’ni umummajburiy xulq-atvor, yurish-turish qoidalari ham tegishincha guruhlanadi, tizimlanadi va yaxlit huquqni tashkil etadi.

Yuridik adabiyotlarda huquq tomonidan bosib o‘tiladigan bunday jarayon huquq tizimi mavzusida tahlil etilib, atroflicha yoritiladi. Tizim so‘zi yunoncha «systeme» terminidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida «yaxlit», «qismlardan iborat» degan ma’nolarni anglatadi.


Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling