Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 133.5 Kb.
|
Huquq tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
MAVZU: HUQUQ TIZIMI. Reja: I.Kirish II.Asosiy qism Huquq tizimi va uni zamonaviy tushunish Huquq tizimi, qonunchilik tizimi va huquqiy tizim tushunchalari nisbati Huquq normasi huquq tizimining dastlabki tarkibiy unsuri sifatida Huquq instituti va huquq sohasi III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Davlatimizning mustaqillikka erishuvi va O‘zbekistonning o‘z istiqlol hamda taraqqiyot yo‘lini tanlashi mavjud ijtimoiy munosabatlar tizimida qator o‘zgarishlarni joriy etdi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «Chuqur o‘zgarishlar bizning hayotimizga shiddat bilan kirib bormoqda. Sobiq Ittifoqdagi respublikalardan birinchi bo‘lib prezidentlik boshqaruvini joriy etgan ham, keng miqyosdagi islohotlarni amalga oshirish, jamiyatni tubdan o‘zgartirish va yangilash yo‘liga o‘tib olgan ham bizning respublika bo‘ldi». Bunday o‘zgarishlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq va uning ichki tuzilishiga ta’siri natijalarini ilmiy-amaliy jihatdan izohlab berish huquqshunoslar oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Shuningdek, bugun mamlakatimizda mukammal qonunchilik mexanizmining shakllanganligi mavjud huquq tizimini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Shu boisdan ham qonunchilik tizimi va huquq tizimi huquqiy hodisalarini o‘zaro aloqadorlikda o‘rganish mavjud ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga solish imkonini beruvchi muhim ilmiy yondashuv hisoblanadi. Konstitutsiyamiz muqaddimasida e’lon qilingan pirovard maqsadimiz bo‘lmish fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlatni barpo etish jarayoni ketayotgan bir paytda ushbu tadqiqot ishining dolzarbligi yana bir karra ortadi. Prezidentimiz e’tirof etganlaridayek, «Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom, ichki uyushqoqlik va mas’uliyat ustuvor bo‘lmasa, qonunlar va an’analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur qilib bo‘lmaydi». Kurs ishini yozishdan maqsad huquq tizimini takomillashuvini, uning ichki mantiqiy birligini, tarkibiy qismlarining o‘zaro mutanosibligini ta’minlash yuzasidan taklif va mulohazalarni bildirishdan iboratdir. Mazkur maqsad quyidagi vazifalarning hal etilishini talab etadi: Huquq tizimi tushunchasini zamonaviy talqin etish; Huquq tizimi tushunchasini boshqa o‘xshash huquqiy hodisa va tushunchalar bilan o‘zaro nisbatini chuqur tadqiq etish; Huquq tizimi tarkibiy qismlarining har birini alohida va o‘zaro aloqadorlikda ko‘rib chiqish; Milliy huquq tizimida kechayotgan o‘zgarishlarni tahlil etish va b. Kurs ishining nazariy-metodologik asosi bo‘lib, huquq tizimi bilan bog‘liq yaratilgan ilg‘or ilmiy ta’limotlar, qarashlar, g‘oyalar, huquqiy demokratik davlat barpo etish konsepsiyasi va boshqalar xizmat qiladi. Kurs ishining asosiy manbalari bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va qonunosti hujjatlari tizimidan iborat normativ-huquqiy hujjatlar hamda ilmiy adabiyotlar hisoblanadi. Asosiy qism Download 133.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling