Reja: I. Kirish II. Assosiy qism. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida yaxshi o`qish malakalarini shakllantirishning ilmiy-metodik asoslari


Download 412.15 Kb.
bet1/12
Sana24.03.2023
Hajmi412.15 Kb.
#1291782
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
xurramova ona tili


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
Boshlang’ich ta’lim sport tarbiyaviy ish yo’nalishi
Sirtqi 412- guruh talabasi
Xurramova Dilorom Baxtiyor qizining
“Ona tili o’qitish metodikasi ”
fanidan

KURS ISHI


Mavzu: 1-3-sinf o’quvchilarining o’qish malakalarini shakllantirish
Bajardi: D.Xurramova
Kurs ishi rahbari: G.Bomurodova

Reja:
I.Kirish
II.Assosiy qism. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida yaxshi o`qish malakalarini shakllantirishning ilmiy-metodik asoslari

2.1. O`qish darslarida qo`llaniladigan metod va usullar
2.2. O`qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo`llari
2.3. O`quvchilarni ongli o`qishga o`rgatish usullari
III.Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
O'zbekistonning mustaqillikka erishganligi va hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy o'zgarishlar jamiyatimiz ijtimioy hayotida tub burilish boshlab berdi va ular o'zbek xalqining bundan keyingi taqdirini belgilab berishda muhim rol o'ynaydi.
Endilikda barcha soxani mamlakatimizning milliy extiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, avlod -ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, an'analari, urf-odatlari hamda tarixiy tajribalarini hisobga olgan holda rivojlantirish muhim dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa milliy davlat sifatida ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy normal topshiruvchi o'z taraqqiyot yo'lini rivojlantirish milliy istiqlol mafkurasini qaror toptirish va uni barcha xalq ommasi onggiga singdirish zaruriyatini taqazo etadi. Bu bilan nafaqat hozirgi avlod taqdiri balki, kelajak avlodning ham shunga bog'liq ekanligini anglatadi.
Ma'lumki, har qanday jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday ta'lim olishiga va qay tarzda tarbiyalanishiga bog'liq. Ana shunday avlodgina mamlakat oldida turgan umumdavlat amaliyotiga molik vazifalarni bajarishga qodir bo'lib, o'z xalqining tarixiy taqdirini belgilab bera oladi. Shunga ko'ra yosh avlodni ma'naviy - axloqiy barkamol inson qilib tarbiyalash davlatimiz oldidagi turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki, faqat ma'naviy barkamol,
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab insonning ma'naviy dunyosiga, uning har tomonlama yetuk bo'lishiga jamiyatning sog'lom turmush tarziga e'tibor har qachongidan kuchaytirildi. Ma'naviy axloqli va komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Shaxs ma'naviyatini tarbiyalash va rivojlantirish oiladan boshlanadi va maktabda davom ettiriladi. Bolaning eng asosiy vaqti endi maktabda o'tadi. Shuning uchun maktab ta'limini va maktab darsliklarini mukammallashtirish bugungi kunimizning asosiy vazifalaridan biridir. «Ma`naviyat haqida har ko`zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya`ni inson qalbiga yo`l topolmaymiz»1.


Download 412.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling