Reja: I kirish. II bob. Otning son kategoriyasi


Download 339.4 Kb.
bet2/6
Sana04.02.2023
Hajmi339.4 Kb.
#1166303
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Farzona kurs ishi 2

OTLARDA SОN KАTЕGОRIYASI
Grammatik miqdor ma'nosini ifodalovchi morfemaga sonlovchi deyiladi; bunday morfemalar tuzumiga sonlash morfemalari paradigmasi deyiladi. Sonlash morfemalari ot leksemaga bevosita qo‘shiladi: "leksema + sonlovchi": olim + - - olim+lar-, fasl + - - fasl + lar- kabi.7
Mantiqiy miqdor bilan grammatik miqdor o‘zaro farq qiladi. Mantiqan atoqli ot yakka predmetni ataydi: Sobir, Chilonzor kabi. Ayni shu ism bilan bir necha predmet atalishi mumkin, lekin shunda ham ism har gal yakka predmetni ataydi.8
Тurdosh ot esa turning nomi sifatida mantiqan bittadan ortiq (ko‘p) predmetni nomlaydi. Shu bilan birga turdosh ot yakka predmetni anglatib ham keladi. Masalan, ko‘chat leksemasi bitta ko‘chatni ham, ko‘p ko‘chatni ham bildiradi. Ko‘rinadiki, atoqli otning yakka predmetni atashi bunday ot leksemaning semantikasiga bog‘liq: turdosh ot leksemaning yakka yoki ko‘p predmetni anglatishi esa, leksemaning semantik xususiyatidan tashqari, nutq vaziyatiga, leksik qurshovga bog‘liq.9
Haqiqatda, o‘zbek tilida yakkani ifodalovchi maxsus morfema yo‘q, turdosh ot leksema ma'lum kontekstdagina yakka predmetni bildirib keladi, alohida olinganda esa miqdor ma'nosini ifodalashi jihatidan noaniq bo‘ladi. Asli bola leksema “miqdor” ma'nosini ifodalashi jihatidan betaraf bo‘lgan, “bitta” ma'nosi, -lar morfemasining “bir necha” ma'nosi oppozitsiyasi natijasida yuzaga kelgan.
Demak, bola leksemasi miqdor ma'nosini ifodalashi jihatidan betaraf, ana shunday betaraflik bunday shakldagi leksemaga bitta va bittadan ortiq miqdorni bildiradigan sifatlovchi keltiraverishga yo‘l qo‘yadi: bitta bolabir necha (ko‘p) bola kabi. Xullas, bolalar ko‘plik shakliga zid qo‘yish asosida bola birlik shakli yuzaga kelgan.10
“Hozirgi o`zbek adabiy tili” kitobida otlardagi ko`plik kategoriyasi haqida shunday deyilgan: “Otlarda oppozitsiya holida bo’lgan birlik va ko’plik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi formalar sistemasi gramatik son kategoriya ko’rinishini tashkil qiladi. M.Mirzayev, S.Usmonov va I.Rasulovlar tomonidan yaratilgan “O`zbek tili” kitobida ko`plik kategoriyasi shunday yoritilgan: “Otlarnig birlik va ko’plik formalarida ishlatilishi grammarik son kategopyasi deyiladi.
Оtlаrgа хоs mоrfоlоgik bеlgilаrdаn biri uning grаmmаtik sоn kаtеgоriyasigа egа bo‘lishidir. Son shakli otlarning bitta yoki ko’p bo’lishini ko’rsatuvchi shaklidir.
O‘zbеk tilidаgi grammatik sоn kаtеgоriyasini bir-birigа qаrаmа-qаrshi qo‘yilgаn birlik vа ko‘plik shаkllаri tаshkil etаdi.

Download 339.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling