Reja: I kirish. II bob. Otning son kategoriyasi
Download 339.4 Kb.
|
Farzona kurs ishi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. Umumta’lim tizimi darsliklarida ko’plik kategoriyasining berilishi. 3.2. Akademik litsey va kollej darsliklarida ko’plik kategoriyasining berilishi. IV Xulosa.
Reja: I Kirish. II bob. Otning son kategoriyasi. 2.1. Otlarda birlik va ko’plik. 2.2. Ko’plikni kategoriyasining hosil bo’lishi 2.3. –lar affiksining usubiyati. III bob. Ko’plik kategoriyasining umumta’lim tizimida o’rganilishi. 3.1. Umumta’lim tizimi darsliklarida ko’plik kategoriyasining berilishi. 3.2. Akademik litsey va kollej darsliklarida ko’plik kategoriyasining berilishi. IV Xulosa. Kirish Inson, Umar Xayyom aytganidek, olamning gavhari hisoblanadi.1 Bunday deyishimizga yetarlicha asoslar bor, albatta. Birinchidan, insonlar jamiki mavjudotlar ichida ongga ega bo`lgan yagona mavjudotdir. Uning bu jihati bir qancha ijtimoiy hodisalar orqali boshqa jonzotlardan farq qilishini ta`minlab beradi. Shu ijtimoiy hodisalarning biri, shaksiz, til hisoblanadi. Til – bu muomala vositasi bo`lib, jamiyatdagi insonlarni bir-biri bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishishida muhim qurol hisoblanadi. Har bir jamiyat o`zining muomala vositasi – tiliga ega. Ma`lumotlarga ko`ra dunyoda 3000 dan ortiq til mavjud bo`lib, mos ravishda ushbu tillarda tegishli hududlarda gaplashiladi. Hattoki Markaziy Amerikadagi ayrim hududlarda bor-yo`g`i mingta yoki ikki mingta kishi uchun muomala vositasi bo`lib kelayotgan tillarni ham uchratish mumkin.2 Ko`lami jihatdan tor bo`lgan bu til nafaqat ushbu tilda so`zlashuvchilar uchun, balki boshqa tilli insonlar uchun ham insoniyatning ma`naviy me`rosi sifatida qaralishi zarur. “Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat`iy nazar, o`z ona tilini hurmat qiladi”3. Konsatitutsiyamizning 4-moddasida ham o`zbek tili davlat tili ekanligi va O`zbekistonda istiqomat qilayotgan millatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilib berilishi belgilab qo`yilgan. Yaqinda Prezidentimizning ingliz tilini o`rganish to`g`risida chiqargan farmoni yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Shunday ekan, biz ham o`z ona tilimiz – o`zbek tilini ma`naviy merosimiz sifatida hurmat qilishimiz, uning rivoji uchun qo`ldan kelgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz zarur. Zero, prezidentimiz I.A.Karimov o`zbek tili haqida: “Biz ajdodlardan avlodlarga o`tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitishimiz, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”4 – deb fikr bildirib o`tgan. Hozirgi axborot globolizatsiyasi natijasida erishilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bevosita o`zbek tiliga ham ta`sir o`tkazmay qolmaydi. Ana shunday sharoitda bizning vazifamiz prezidentimiz aytganlaridek: “Ayniqsa fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o`ta muhim sohalarda ona tilimizning qo`llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug`atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so`z balan aytganda, o`zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish...”5 harakat qilmog`imiz lozim. Faqat shundagina biz oldimizga qo`ygan maqsadga – o`zbek tilini o`rganishga, rivojlantirishga, uni kelajak avlod uchun bekami ko`st tarzda yetkazib berishga erishishimiz mumkin. Bu vazifa o`zbek xalqining har bir farzandiga xos insoniylik burchi sifatida anglab yetilishi kerak. “Binobarin, o`z ona tilini bilmagan odam o`zining shajarasini, o`zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo`q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to`g`ri aytishadi”6. Bu g`oya bayroqdorlari sifatida esa tilshunoslar tashabbus ko`rsatishlari talab qilinadi. Ushbu kurs ishini ham shunday tashabbuslardan biri deb hisoblasak, xato bo`lmaydi. Zero, unda o`zbek tilidagi ko`plik kategoriyasi va uning uslubiy xususiyatlari haqida so`z yuritilib, ushbu mavzu doirasida mavjud muammolar tahlil qilinadi. Download 339.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling