Reja: I kirish. II bob. Otning son kategoriyasi


III bob. Ko’plik kategoriyasining umumta’lim tizimida o’rganilishi


Download 339.4 Kb.
bet6/6
Sana04.02.2023
Hajmi339.4 Kb.
#1166303
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Farzona kurs ishi 2

III bob. Ko’plik kategoriyasining umumta’lim tizimida o’rganilishi.
3.1. Umumta’lim tizimi darsliklarida ko’plik kategoriyasining berilishi.
Ko’plik kategoriyasi masalasi umumta’lim tizimida N.Mahmudov, A.Sobirov, A.Nurmonov, D.Nabiyeva muallifligi ostida chiqqan 6-sinf darsligida ozgina ma’lumotlar beriladi. Bunda aynan ko’plik kategoriyasi deb emas, otning son shakli sifatida beriladi. (Quyida ushbu mavzu to’liq rasm holida berilgan)
Ushbu mavzu 110-dars o’tish mo’ljallangan. Mavzu bitta topshiriq, nazariy qoida, uchta amaliy mashq va savol va topshiriqlardan iborat. Endi o’qituvchi oldida “ushbu mavzuni o’quvchilarga qanday tushuntiraman” degan muommo turadi. Har bir o’qituvchi o’zing bilim darajasi va pedagogik qobiliyatidan kelib chiqqan holda darsni tushuntiradi.

Borliqdagi narsa va hodisalarning, afsonaviy tushunchalarning nomi ot turkumiga mansub ekanligini bilasiz. Shuningdek, otlarning turdosh va atoqli otlarga bo‘linishi, son (birlik-ko‘plik), egalik va kelishik shakllariga, shuningdek, ba’zan erkalash — hurmat shakllariga ega bo‘lishi haqida ham o‘rta umumiy ta’limda ma’lumotga ega bo‘lgansiz.


Otlardagi yuqorida ko‘rsatilgan grammatik shakllar nutq jarayonida turli xil uslubiy xususiyatlarga ham ega bo‘ladi.
Otlar son-miqdor ma’nosiga ega va u birlik yoki ko‘plik shakllari orqali ifodalanadi. Birlik nol ko‘rsatkich (maxsus grammatik ko‘rsat­kichning yo‘qligi)ga ega.
Ko‘plik — lar qo‘shimchasi orqali ifodalanadi. Bunga morfologik yo‘l deyiladi. Masalan, uylar, do‘stlar, binolar. Shuningdek, birlikdagi ot oldidan birdan yuqori bo‘lgan sanoq sonlarni yoki daraja-miqdor ravishlarini: ko‘p, ancha kabi so‘zlarni qo‘shish yordamida ham ko‘plikni ifodalash mumkin. Bunga esa sintaktik yo‘l deyiladi. Masalan, kop odamlar, yigirmata maktab, ancha yillar kabi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘plik shakli sanaluvchi — lar otlarga qo‘shilib doimo ko‘plikni bildiravermaydi. U birlik ma’nosini o‘zgartirmasligi ham mumkin. Bu vaqtda — lar hurmat, tasviriylikni kuchaytirish, ta’sirchanlikni oshirish ma’nolarida qo‘llaniladi. Masalan, ko‘zlarimga ishonmayman. («O‘tkan kunlar») Bu jumladagi ko‘zlarimga so‘zini birlik shaklga — ko‘zimga shakliga almashtirib ko‘ring. Ikkinchi holat bilan birinchi holat bir xil ma’noni — birlik ma’nosini (bir kishining ko‘zini) ifodalasa ham, lekin bu ikki holat ta’sirchanlik, ifodalilik belgisiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisida yuqoridagi belgilar bor, ikkinchi holatda esa yo‘q. Yana solishtiring:
Bolalarning shovqinidan boshlarim og‘rib ketdi Bolalarning shovqinidan boshim og‘rib ketdi. Har ikki holatda ham bir kishining boshi haqida fikr yuritiladi, lekin birinchi gapda boshlarim so‘zidagi — lar ko‘plikni bildirmasdan, bosh so‘zining ma’nosini kuchaytirish, ta’kidlash vazifasini bajaradi. Bunday ma’no esa ikkinchi holatda yo‘q.
Donalab sanalmaydigan narsa va hodisalarni bildiruvchi otlar birlik shaklda kelsa ham, aslida jamlikni bildiradi. Masalan, Ko‘chaga qum to‘kilgan yoki Ariq to‘la suv, ichgani tashna, bolam.
Bunday so‘zlar ko‘plik shaklini olganda ko‘pincha narsa va hodisaning xilma-xil ekanligini bildiradi. Suvlar (gazli suv, mineral suv kabi); bozordagi unlar. Ba’zan tasviriylik, ifodalilikni kuchaytiradi: ko‘z yoshini artdiko‘z yoshlarini artdi.
Ko‘plik atoqli otlarga qo‘shilganda o‘zi qo‘shilgan otning ko‘pligini emas, balki uning boshqalar bilan birgalikda ekanligi yoki geografik nomlarga qo‘shilganda shu geografik joyning kengroq, atrofdagi joylar bilan birlikda ekanligini bildiradi: Olimjonlar kelishdi (bir nechta Olimjon emas, Olimjon va uning yaqinlari); Mirzacho‘llar obod bo‘ldi (Mirzacho‘l va unga yaqin joylar).
Qarindoshlik bildiruvchi so‘zlarga ko‘plik shakli qo‘shilib hurmat ma’nosini bildiradi. Bunday vaqtda egalik qo‘shimchasi bilan birgalikda qo‘llaniladi. Qaysi shaxsdagi egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llanilishiga ko‘ra ko‘plik va egalik qo‘shimchalarining o‘rinlashishi farqlanadi:
1. I shaxs egalik qo‘shimchasi bilan kelganda ko‘pincha egalik qo‘shimchasi oldin, ko‘plik qo‘shimchasi esa undan keyin keladi: Masalan, Dadamlar keldilar. Opamlar salom aytdilar. Agar bu tartib o‘zgarib, ko‘plik shakli oldin, egalik keyin kelsa, shaxsning ko‘pligini ifodalash mumkin: Qiyoslang: Opalarim kelishdi.
2. Ko‘plik shakli. II shaxs egalik qo‘shimchasi bilan birgalikda qo‘llanilganda, ko‘plik shakli oldin, egalik shakli esa keyin keladi va ko‘plik shakli hurmat ma’nosini ifodalaydi. Masalan, Xayriniso, dadamning opalari bo‘ladilar.



1 Forum.ziyo uz.com./index.php. “U. Xayyom ruboyilari”

2 M. Hamrayev . Ona tili ma’ruzalar matni. T., 2007 –yil. 3-bet.

3I. Karimov “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” O`zbekiston nashriyoti 2011, 70 bet.

4I. Karimov “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch”, Ma`naviyat nashriyoti -2008 yil, 87 bet.

5I. Karimov “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” Manaviyat nashriyoti – 2008-yil, 87 bet.

6I. Karimov “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” O`zbekiston nashriyoti. 2011, 69 bet

7 Shavkat Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Тoshkent. "Universitet" – 2006, 132-bet

8 Shavkat Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Тoshkent. "Universitet" – 2006, 132-bet

9 Shavkat Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Тoshkent. "Universitet" – 2006, 132-bet

10 Shavkat Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Тoshkent. "Universitet" – 2006, 133-bet



11 Shavkat Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Тoshkent. "Universitet" – 2006, 132-bet

12 Ra’no Sayfullayeva, Hozirgi o’zbek adabiy tili, Toshkent – 2009. 216-bet

13 Q.Sapayev, Hozirgi o’zbek adabiy tili, Toshkent –2010, 86-bet

14 Sh.Shoabdurahmanov,M.Asqarov va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent –“O’qtuvchi”,1980. 218-bet.

15 Hozirgi o'zbek adabiy tili, ma'ruzalar matni, Toshkent –2016.

16 Ra’no Sayfullayeva, Hozirgi o’zbek adabiy tili, Toshkent – 2009. 217-bet



17 Shavkat Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Тoshkent. "Universitet" – 2006, 132-bet

Download 339.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling