Reja: I kirish II tuman atlaslarini yaratish masalalari
Sanoat sohasidagi o’zgarishlar
Download 49.17 Kb.
|
3.3 Sanoat sohasidagi o’zgarishlar.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari yoki ularning bo‘linmalari o‘rtasida biror turdagi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonning bir qismini bajarishga ixtisoslashgan mehnat taqsimoti Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqa-rishi Korxonalarning ixtisoslashtirish darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar ifoda etadi: korxona tovar mahsulotining tarkibi, ya’ni jami tovar mahsulotidagi u yoki bu turdagi mahsulotning salmog‘i; korxona yalpi mahsulotini tarkibi; yer maydoni, ekin maydoni tarkibi, chorva va poda tarkibi; ishchi kuchlari va mehnat sarfining tarkibi va taqsimlanishi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining u yoki bu mahsulot turi yetishtirishga ixtisoslashuv darajasini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida ixtisoslashuv darajasini ko‘rsatish mumkin: Bu yerda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda; Mk – muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymati, ming so‘mda; YAMk – korxonaning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulot qiymati, ming so‘mda. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan biri korxonaning tabiiy-iqlim sharoiti va jug‘rofik joylashuvidir. Cho‘l zonalarda, tabiiy yog‘ingarchilik juda kam hududlarda suvni kam talab etadigan sohalar rivojlantiriladi. Shuning uchun cho‘l zonalarida joylashgan korxonalar qo‘ychilik, shuningdek, qorako‘lchilik yo‘nalishiga, tog‘ yonbag‘rida joylashgan korxonalar bog‘dorchilikka ixtisoslashgan. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga ta’sir etuvchi muhim omillardan yana biri – xo‘jalik joylashgan hududda ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalarning rivojlanish darajasidir. Ixtisoslashuv darajasining ortishiga davlatning agrar iqtisodiy siyosati ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, mustaqillik yillarida davlat tomonidan paxta va g‘alla yetishtirishning strategik yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilishi, paxta va g‘allaga davlat buyurtmalarining joriy etilishi natijasida dehqonchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy qismi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan. Ixtisoslashuvga korxona joylashgan hududdagi aholining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi tajribalari, asrlar davomida shakllanib kelgan va avloddan-avlodga o‘tuvchi bilim va malakalari, yashash tarzi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Varganza qishlog‘i va Farg‘ona viloyatining Quva tumani aholisi anor yetishtirish sirlarini yaxshi egallagani bilan mashhur. Ixtisoslashuv tushunchasi eng avvalo korxonaning tarmoq tarkibini shakllantiruvchi asosiy omil hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida turli-tuman mahsulotlarni yetishtirish jarayonlari qo‘llanilayotgan mehnat qurollari, mahsulot yetishtirish usuli, mehnatni tashkil qilish xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun - qo‘llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan ishlab chiqarishning bir qismiga tarmoq deb aytiladi. Qishloq xo‘jaligidagi tarmoqlar asosan ikkita katta guruhga: o‘simlikchilik va chorvachilikka (6-chizma) bo‘linadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari tarmoqlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: - asosiy tarmoq; - yordamchi tarmoq; - xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq; - qo‘shimcha tarmoq. Ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashtirish yo‘nalishi ularda yetishtirilgai tovar mahsulotining strukturasiga qarab aniqlanadi. Ma’lumki xo‘jaliklarda faqatgina tovar mahsulotlar yetishtirilmay balki urug‘lik, chorva uchun yem, sut, inkubatsiya uchun tuxum va shunga o‘xshash mahsulotlar yetishtiriladiki, ular yalpi mahsulot strukturasida o‘z ifodasini topadi va aniqlanadi. O‘zlarining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra xo‘jaliklardagi ixtisoslashish tarmoqlari asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchilarga bo‘linadi. Asosiy tarmoqlarga xo‘jaliklarning tovar mahsulotlaridagi nisbiy o‘rni eng yuqori bo‘lgan tarmoqqa kiradi. Yordamchi tarmoqlarning o‘rni tovar mahsuloti strukturasida asosiy tarmoqdan keyin turib, ular asosiy tarmoqni rivojlantirishga shart sharoit yaratish, hamda yer, suv va mehnat resurslaridan to‘laroq foydalanish maqsadida tashkil etiladi. Xizmat qilish tarmoqlariga xo‘jaliklardagi qurilish, tamirlash, har xil xizmat qilish ustaxonalari kirib ular ham kishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanishiga ijobiy ta’sir etadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashishi avvalom bor asosiy tarmoqni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatib kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, yangi navlarni joriy etish, yuqori mahsuldor nasldor mollarni ko‘paytirish, intensiv texnologiyalar qo‘llash va hokazolarni amalga oshirishni taqozo etadi. Birok, xo‘jaliklar ixtisoslashishining iqtisodiy samaradorligini yuqori darajasiga asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlarni bir-biriga mutanosib rivojlantirish orqaligina erishish mumkin. Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra xo‘jaliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) Tor ixtisosli xo‘jalik, 2) Ixtisoslashgan xo‘jalik, 3) Ko‘p ixtisosli (tarmoqli) xo‘jalik, Birinchi guruhga qoidaga asosan tarkibida bitta tarmog‘i bo‘lib, uning tovar mahsulot strukturasidagi ulushi 90-100 foizni tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (parrandachilik fabrikasi, bug‘doychilik komplekslari, parnik va teplitsa, meva kuchati yetishtirish va shunga o‘xshash xo‘jaliklar kiradi). Ikkinchi guruhning tarkibiga hozirda nisbatan keng tarqalgan, tarkibida asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar mavjud bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi. Bu guruhdagi xo‘jaliklar tarkibida asosiy tarmoqlarning soni va ularning katta-kichikligiga qarab uchga bo‘linadi: a) tarkibida bitta asosiy tarmoq bo‘lib uning tovar mahsulotidan nisbati 50 % dan yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (paxtachilik, chorvachilik, parrandichilik xo‘jaliklari). b) tarkibida ikkita asosiy tarmoq bo‘lib, ularning har biri tovar mahsulotidagi nisbati 20 foizdan kam bo‘lmay, birgalikda tovar mahsulotining yarmidan ko‘proq qismini tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtachilik, don-chorvachilik, sabzavot-sutchilik, bog‘dorchilik-uzumchilik) v) Tarkibida uchta asosiy tarmoq bo‘lib, ular xo‘jalik tovar mahsulotini to‘rtdan uch qismini tashkil qilgan hamda tarkibida bir nechta yordamchi tarmoqlar bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtalavlagi-chorvachilik, don-kartoshka -chorvachilik va h.). Xo‘jaliklardagi mavjud asosiy tarmoqlarga qarab uning ixtisoslashishini yuritish qabul qilingan. Ba’zi ixtisoslashgan xo‘jaliklarda asosiy tarmoq mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash kabi xizmat qiluvchi tarmoqlar keng rivojlanish ham mumkin. Bular sabzavot, meva, uzumni qayta ishlovchi tarmoqlar kabilar. Uchinchi guruhga (ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga) - tarkibida ko‘p sonli qishloq xo‘jaligi tarmoqlari mavjud bo‘lgan va yaqqol ko‘rinadigan ixtisosga ega bo‘lmagan xo‘jaliklar kiradi. Bu xo‘jaliklarda tarmoqlarni kamaytirilishi va ixtisoslashtirishni chuqurlashishi natijasida ixtisoslashgan xo‘jaliklar guruhiga o‘ta boradilar. Ixtisoslashtirish qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishning asosi hisoblanadi. Chunki ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida ilmiy yutuqlarni, progressiv texnologiyalarni, yuqori ko‘rsatkichga erishgan xo‘jalik tajribalarini joriy etish uchun qulay imkoniyatlar mavjuddir. Ixtisoslashtirishni rivojlanishi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini samaradorligini oshishining asosidir. Qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirishning iqtisodiy samaradorligi tizim ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi: • 1 gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer hamda asosiy va aylanma vositalarning xar bir so‘mi hisobiga to‘g‘ri kelgan yalpi va tovar mahsulot qiymati, • bir sentner mahsulot yetishtirish uchun sarflangan mehnat sarfi (odam-soat), • bir sentner mahsulot tannarxi, sum • bir gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer hisobiga to‘g‘ri kelgan daromad miqdori, so‘m. • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabellik darajasi. Ixtisoslashtirishning chuqurlashuvi qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy asoslangan ishlab chiqarish tiplarini aniqlashga bog‘liq. Ishlab chiqarish tiplari deganida ixtisoslashishi, undagi tarmoqlarning mutanosibligi va ularning intensivlik darajasiga qarab guruhlarga bo‘linishi tushuniladi. Bu ishlab chiqarish tiplarining nomlanishi xo‘jaliklardagi asosiy tarmog‘ining tovar mahsuloti nisbatiga muvofiq belgilanadi. Qishloq xujaligi korxonalarining ishlab chiqarish tiplari xilma-xil bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda o‘zgarib boradi, Masalan: hozirda O‘zbekistonda paxtachilik, bog‘dorchilik-uzumchilik, don-chorvachilik, qorakulchilik va boshqalar rivojlangan. Qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, ishlab chiqarishi ixtisoslashishini chuqurlashishi va uning markazlashuvini kuchayishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini markazlashuvi-bu, ishlab chiqarish vositalarini, ish kuchi va mahsulot yetishtirishni yirik ixtisoslashgan korxona va birlashmalarda intilishi (to‘planish) jarayonidir. Yirik bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida intensiv texnologiyani jadallash, ishlab chiqarish vositalarini ratsional va nisbatan intensiv ishlash amalma oshriladi. Yirik korxonaning afzalligi mehnat unumdorligini oshirishda va mahsulot tannarxini pasaytirishda, ishlab chiqarishi ratsional tashkil qilish, hamda tinimsiz takomillashgan texnikani, fan va yuqori tajribalarni qullashda yaqqol ko‘rinadi. Qishloq xo‘jaligini markazlashtirish jarayoni tinimsiz amalga oshirilib u ishlab chiqarishni samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi. Qishloq xo‘jaligi- ishlab chiqarishida markazlashishning tinimsiz davom etishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishiga muvofiq korxona, kompleks va birlashmalarning katta-kichikligi optimal bo‘lishini taqozo etadi, chunki yirik qishloq xo‘jalik korxonasining maydonlarini afzalligi bu ma’lum darajagacha bo‘lib, o‘z navbatida bu daraja qishloq xo‘jaligining tarmoqlari o‘rtasida, hamda har xil ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bir xilda bo‘lmaydi. Yirik ishlab chiqarish korxonalarining maydalarini afzalligini asosiy omillari quyidagilar: • moddiy-texnika bazasining rivojlanish darajasi. • texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati. • tashkil qilish va boshqarish formalari va boshqalardir. Qishloq xo‘jalik nazariyasi va amaliyoti faqatgana yirik xo‘jaliklargina samaradorli bo‘lish xususiyatiga ega degan yagona fikrga mukkasidan ketilishi natijasida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bir necha bor yiriklashtirish tadbirlari amalga oshirildi va bo‘larga o‘z navbatida katta isbotlanmagan kapital mablag‘lar sarflandi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki yirik ishlab chiqarish bilan mayda ishlab chiqarishni bir-biriga muvofiq holda olib borilishi yuqori iqtisodiy samaradorlik garovidir. Shuning uchun ham hozirda birlamchi bug‘in sifatida, fermerlar, dexqon xo‘jaliklari, kichik pudrat jamoalari, oilaviy pudrat va boshqalar yirik korxonalar tarkibida tashkil bo‘lmoqda. Ijtimoiy mehnat taqsimoti, bir tomondan ishlab chiqarishni har xil sohalarini va ularni ma’lum xildagi mahsulot yetishtirishga ixtisoslashga ajratsa, boshqa tomondan ular o‘rtasida aniq va puxta kooperativ aloqani taqozo etadi. Xo‘jaliklar, bunda o‘zaro va sanoat korxonalari bilan ishlab chiqarish, iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradilar. Yangi xildagi yirik ixtisoslashgan tashkiliy ishlab chiqarish formalari vujudga keladi. Bir xildagi tarmoq va soha korxonalarining o‘zaro kooperatsiyalashishi gorizontal bo‘yicha amalga oshirilish deb qabul qilinib, gorizontal integratsiya deyiladi. Integratsiya so‘zi ma’lum bo‘laklar yig‘indisini bir butunga birlashtirish ma’nosini bildiradi. Integratsiya butunlay yoki qisman tashkiliy qo‘shilishga olib keladi. Gorizontal integratsiyani ikki xil ma’noda amalga oshiriladi: Birinchi alohida bo‘lgan, umumiy ishlab chiqarish jarayonida o‘ziga xos vazifani bajaruvchi ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida amalga oshirishdir. Ikkinchi, bir nechta xo‘jaliklarning imkoniyat va mablag‘larini yirik ixtisoslashgan korxona tashkil etish maqsadida birlashishi; Gorizontal bo‘yicha xo‘jaliklararo kooperatsiyaning tashkiliy formalari bo‘lib, ular xo‘jaliklararo kooperatsiya korxonalari birlashmalaridir. Xo‘jaliklararo kooperatsiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, ishlab chiqarishga bog‘lik bo‘lmagan sohalarda, qurilish, xizmat qilish va boshqalarda tashkil topgandir. U korxonalar va xo‘jaliklar o‘rtasida har xil birikma ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkindir. Xo‘jaliklararo kooperatsiya kapital mablag‘larni tez qoplash, yer, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligining bir qator texnologik vazifalarini sanoat va xizmat qilish tarmoqlariga o‘tishi bilan qishloq xo‘jaligi mehnati faoliyati toraya boradi: tayyor mahsulot yaratuvchi qishloq xo‘jaligi - ko‘p hollarda xom-ashyo yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko‘p hollarda uning o‘z faoliyatiga bog‘lik emas balki, qishloq xo‘jaligida yaratilgan mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash, yetkazib berish va boshqa xizmat qilish tarmoqlari sohalariga, ular o‘rtasidagi aloqa va ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liqdir. Bu esa sanoat tarmoqlarini qishloq xo‘jalik korxonalari bilan uzviy birlashishiga shart-sharoit yaratib beradi. Bunda birlashishning zaminida ma’lum bir mahsulot yaratish maqsadlarining bir xilligi yotadi, ya’ni yagona texnologik jarayon yotadi. Gorizontal bo‘yicha amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi korxonalarining kooperatsiyasidan farq qilgan holda, bunday birlashish vertikal agrosanoat integratsiyasi deb yuritiladi. Agrosanoat integratsiyasiga xos birlashmalar avvalom bor mahsuloti tez buziladigan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida vujudga keldi (uzum, meva, sabzavot, sut, efir moylari va hokoza). Hozirda mamlakatimizda vertikal agrosanoat tuzilmalarining quyidagi shakllari mavjud: * Agrosanoat korxonalari, * Xolding kompaniyalari (agrosanoat birlashmalari), * Agrofirma (firmalar), * Ilmiy ishlab-chiqarish birlashmalari. * Agrosanoat korxonasi - bu ishlab chiqarishning shunday tashkiliy tuzilmasidirki, unda qishloq xo‘jaligi xom-ashyosini ishlab chiqarish va uni qayta ishlash uzviy bog‘liq holda tashkil etilgan bo‘ladi. Buning tarkibida qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlovchi bo‘linmalarga ega bo‘lgan xo‘jaliklar zavodlardir. * Bunday korxonalarda mahsulotni nobud bo‘lishini oldi olinadi va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. * Xolding kompaniyalari (agrosanoat birlashmalari)-bu qator qishloq xo‘jaligi, sanoat korxonalari, hamda, xolodilnik saqlash, transport, hattoki savdo xo‘jaliklarini yig‘indisi bo‘lib, ular ayniqsa, mevasabzavot konserva, uzumchilik, vinochilik va boshqa ishlab chiqarishda keng tarqalgan. -Agrofirma asosan tuman miqyosida tuzilib, tarkibiga tuman chegarasidagi xo‘jalik va korxonalar kiradi, ular o‘zlariniig yuridik huquqini yo‘qotmaydilar. Faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotni sotishga ixtisoslashadi. -Ilmiy ishla6 chiqarish birlashmalari bu tarmoqda ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish, hamda hayotga tadbiq etishni keng joriy etish maqsadida tuziladigan birlashmalardir. Ular urug‘ seleksiyasi, hosildor navlar va kuchatlar yaratish, mahsuldor chorva zotlarini yaratish yo‘nalishida xizmat qiladilar. Dehqonchilik viloyat qishloq xo`jaligida bosh tarmoq hisoblanadi. Qishloq xo`jaligida olinayotgan yalpi mahsulotning 70%i dehqonchilikdan keladi. Tuproqning unumdorlik darajasi hosildorlikka ta`sir ko`rsatadigan asosiy omildir. Shuning uchun qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida tuproqning meliorativ holatini yaxshilash va uning unumdorligini oshirish muhim agronomik tadbir hisoblanadi. Qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori katta ahamiyatga ega. Viloyatda sho`rlangan yerlarning xarakteriga qarab kuzgi-qishki ishlar bilan birga yaxob suvini vaqtida berish katta iqtisodiy samara bermoqda. Mexanik tarkibi jihatidan og`ir bo`lgan soz tuproqlarda Shahrisabz, Kitob, Yakkabog` tumanlari xo`jaliklarida yaxob suvlarni yanvar-fevral oylarida beriladi. Mexanik tarkibi o`rtacha va yengil bo`lgan tuproqlarda yaxob suvi mart-aprel oylarida, ekishdan 10-15 kun oldin beriladi. Bunday sug`orish viloyatning cho`l rayonlarida ham olib boriladi. Chunki yaxob suvi erta berilsa, ekish vaqtiga kelib tuproqning ustki qatlami qurib qoladi. Dehqonchilikda mineral va mahalliy o`g`itlarni ishlatish o`simliklarni yaxshi oziqlanishi va normal o`sishiga, mahsulot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Dehqonchilikda almashlab ekishning roli ham katta. Viloyatda paxtakor xo`jaliklarda almashlab ekishni to`g`ri joriy qilish paxta hosilini oshirdi, jamoa chorvachiligi uchun mustahkam yem-xashak bazasini yaratish imkoniyatini berdi. Paxta asosan beda bilan almashlab ekilmoqda. Chunki beda o`stirilgan tuproqda juda ko`p miqdorda chirindi bo`ladi. Viloyat dehqonchiligida paxta, don yetishtirish, meva va uzumchilik, poliz va sabzavot mahsulotlari, xashaki ekinlar asosiy tarmoqlarni tashkil etadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra 2017 yilda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 14761,6 mlrd. so'mni yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,3 foizni, shu jumladan dehqonchilik va chorvachilik va ushbu sohalarda ko'rsatilgan xizmatlar – 14439,8 mlrd. so'mni (103,3 foiz), ovchilik – 0,2 mlrd. so'mni (100,0 foiz), o'rmon xo'jaligida – 278,9 mlrd. so'mni (98,6 foiz), baliq xo'jaligida – 42,7 mlrd. so'mni (122,8 foiz) tashkil qildi Viloyatning qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmida eng yuqori ulushi Chiroqchi tumanida (11,7 foizni) tashkil etdi va viloyatda yetakchilik qilmoqda, Koson (10,6 foiz), Qamashi (9,3 foiz), Qarshi (8,7), Kitob (8,6 foiz), Shahrisabz (8,0 foiz), Yakkabog’ (7,7 foiz), Kasbi ( 7,3 foiz), Mirishkor (6,4 foiz), Nishon (6,2 foiz), G’uzor (5,7 foiz), va Muborak (4,3 foiz), ko'rsatkich bilan keyingi o'rinlarni egalladi. Eng kam ulush Shahrisabz shahar (0,5 foiz), Qarshi shahar (1,2 foiz), va Dehqonobod (3,8 foiz) tumanida qayd etildi. Download 49.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling