Reja: I. Kirish. II
Download 28.94 Kb.
|
Moliyaviy boshqaruv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv tamoillari; Moliyaviy bashoratlash; Moliyaviy dasturlash; Moliyaviy rejalashtirish;
- Byudjet fondlarini shakllantirish va foydalanish bo’yicha munosabatlar; Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlarini shakllantirish va foydalanish bo’yicha munosabatlar;
- Davlat qarzining mavjud emasligi; Mustahkam (barqaror) milliy valyuta. 2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari
Moliyaviy barqarorlik
Prezident; Parlament; Hukumat; Moliya vazirligi; Davlat soliq qo’mitasi; Markaziy bank; Hisob palatasi; va boshqalar. Boshqaruv tamoillari; Moliyaviy bashoratlash; Moliyaviy dasturlash; Moliyaviy rejalashtirish; Moliyaviy tartibga solish; Moliyaviy nazorat; Moliyaviy qonunchilik; Moliyaviy tahlil. Byudjet fondlarini shakllantirish va foydalanish bo’yicha munosabatlar; Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlarini shakllantirish va foydalanish bo’yicha munosabatlar; Sug’urta fondlarini shakllantirish va foydanish bo’yicha munosabatlar. Makroiqtisodiy muvozanat; Byudjet rejalarining profitsitligi; Davlat qarzining mavjud emasligi; Mustahkam (barqaror) milliy valyuta. 2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari Moliyaviy tizimni umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin: Prezident; Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo’yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tegishli qo’mitalari; Vazirlar Mahkamasi; Hisob palatasi; Moliya vazirligi va uning quyi , jumladan, G’aznachilik tizimi organlari; Markaziy bank; Davlat soliq qo’mitasi; Davlat bojxona qo’mitasi; Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya; Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya direktsiyalari; va boshqalar. Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliya, byudjet, soliq va valyuta siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: yagona davlat moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish; davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash; byudjet mablag’lari va davlat maxsus fondlari mablag’larining oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish; davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni ko’rish; mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko’rish; mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlarini ta’minlash uchun moliyaviy resurslarni to’plash; davlat byudjeti va jamlanma byudjetning ijrosi haqida hisobotni tayyorlash; davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish; uzoq, o’rta va qisqa muddatli istiqbolga mo’ljallangan mamlakat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; iqtisodiyotni moliyaviy sog’lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qo’llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish; mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar va to’lovlar-ning ahvolini yaxshilash bo’yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish; faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo’naltirilgan choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishda qatnashish; moliyaviy rejalashtirish va milliy xo’jalikni moliyalashtirish sohalarida metodik (uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish; mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish; moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni chek-lash yoki umuman to’xtatib qo’yish; Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh boshqarmalar va boshqarmalar bo’lishi mumkin: davlat byudjeti bosh boshqarmasi; valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi; hududlar moliyasi bosh boshqarmasi; agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi; ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqar-masi; nazorat-taftish bosh boshqarmasi; investitsiyalar boshqarmasi; iste’mol bozori va xizmat ko’rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqali tartibga solish boshqarmasi; boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi; soliq siyosati boshqarmasi; buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi; qimmatli qog’ozlar va moliya bozori boshqarmasi; moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi; sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg’i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi; mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boshqarmasi. Download 28.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling