Reja: I. Kirish. Qurilish materiallari sanoatining tarixiy tarraqiyot bosqichlari


Download 12.33 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi12.33 Kb.
#1346495
Bog'liq
Reja I. Kirish. Qurilish materiallari sanoatining tarixiy tarra

Mavzu: Òzbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarishda ikkilamchi resurslar va mahalliy ingridentlardan foydalanish.


Reja:
I.Kirish.Qurilish materiallari sanoatining tarixiy tarraqiyot bosqichlari.
II.Asosiy qism:
1.Ikkilamchi resurslar haqida ma'lumot.
2.Qurilish materiallari ishlab chiqarishda sanoat chiqindilaridan foydalanish
3.Sanoat chiqindilaridan foydalanishning ekologik avfzalliklari.
III.Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar

I.Kirish
Respublikamiz qurilish kompleksiga yuqori malakali уоsh kadrlarni yetkazib berish shu kunning dolzarb masalasidir. Ma'lumki, qurilish industriyasini rvojlantirish, ya'ni yangi qurilish materiallari va buyumlari va konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan qurilish tizimini tubdan o'zgartirish mumkin.Qurilish tizmiga ajratilgan mablag‘ning 50% dan ortig'i qurilish buyum va konstruksiyalarini ishlab chiqarishga sarflanadi.Zamonaviy bino va inshootlarni yangi turdagi qurilish materialiarisiz tasavur etib boimaydi, Shu sababli bo'lajak qurilish mutaxassisi qurilish materiallari va buyumlari to'g'rsida tòla-tòkis bilimga ega boiishi zarur.Qurilish materialshunosligi o'ziga xos tarixga ega.Eng qadimgi va juda keng tarqalgan gil tuproq asosidagi qurilish materiallari insoniyat tarixining ilk davridayoq ishlatilgan. Gil tuproqdan pishirilgan g'isht ishlab chiqarish tarixi 5—6 ming yilga teng.


Bogʻlovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil avval suʼniy yoʻl bilan hosil qilinganligi maʼlum. Misr, Gretsiya, Rim va Vavilonda ohak qorishmasi va gidravlik qoʻshimchalardan tayyorlangan beton inshootlar qadimgi vaqtlardan xozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda. Bunday inshootlarning ichki va tashqi qismini bezashda metall chiqindilaridan yasalgan naqshdor qoshnli buyumlar ishlatilgan. Muxandislik inshootlari uchun-gil, tosh, yogʻoch toʻsinlar, turar joy uchun-qamish, palma shoxlari va boshqalar koʻplab ishlatilgan. Misr va Mesopotamiyada bundan 5-6 ming yil avval yasalgan shisha buyumlar topilgan. Axmad al-Fargʻoniyning yubileyiga tayyorgarlik jarayonida olib borilgan arxeologik qazishmalar 2.5 ming yil avval Quva shaxrida shisha buyumlar ishlab chiqarish keng taraqqiy etganligini koʻrsatdi.
Oʻn toʻqqizinchi asrning oxiri va yigirmanchi asr boshlarida esa sement sanoati tez taraqqiy eta boshladi. Sementning ixtiro qilinishi beton xossalarini yaxshilanishiga, binobarin, qurilish texnikasida yangi davr ochilishiga olib keldi. Gidrotexnik inshootlar qurish zaruriyati suvga chidamli bogʻlovchi moddalar izlab topishni talab etsa, temir beton konstruksiyalarining qurilishda portlandsementning yangi, tez qotuvchi, mustahkam turlarini yaratish extiyoji tugildi. Sementning yer osti va yer usti shoʻr suvlar taʼsirida buzilishi aniqlangach, bu boradagi tadqiqotlar natijasida yangi sement turi – sulfatga chidamli portlandsement ixtiro qilindi. Oxirgi 70 yil davomida qurilish materillari ishlab chiqarish bir necha marta ortdi. Mahsulotning sifati yaxshilandi, assortimenti koʻpaydi va yangi texnologik usullar joriy qilindi.
II.1 Ikkilamchi resurslar haqida ma'lumot
Ishlab chiqarish chiqindilari – xom-ashyo qoldiqlari, materiallar va yarim mahsulotlar (polufabrikatlar), sifat ko'rsatgichlarini qisman yoki to'la yo'qotgan va davlat andozalariga mos kelmaydigan chiqindilardir. Ularga dastlabki ishlov berilib, undan keyin ishlab chiqarish sohasida qo'llash mumkin. Iste'molga yaroqsiz chiqindilar – qo'llash muddatini o'tab bo'lgan materiallar, eskirgan buyumlar va ularning dastlabki xossalarini qayta tiklash iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo'lmagan chiqindilar hisoblanadi. Masalan, plastmassadan tayyorlangan buyumlar, stol-stullar, quti va quvurlar va hokazo. Bunday chiqindilar xom-ashyo sifatida ham, boshqa materiallar uchun qo'shimcha sifatida ham ishlatilishi mumkin.
Ikkilamchi materiallar resurslari – bu ishlab chiqarish chiqindilari va iste'molga yaroqsiz chiqindilarning majmuasi bo'lib, ularni mahsulot ishlab chiqarishda asosiy yoki yordamchi material sifatida qo'llash mumkin. Bundan tashqari, bu guruhga shartli ravishda qo'shimcha yoki aloqador mahsulotlarni ham qo'shish mumkin. Ular sanoat uchun materiallar resursining potenstial rezervlari hisoblanadi. Hozirgi paytda bunday resurslardan to'liq foydalanilmayapti.Oxirgi yillarda jahonda xom-ashyo o'rnida chiqindilardan foydalanish katta tezlik bilan o'sib bormoqda. Masalan, Yaponiyada 96 % dan ko'proq ishlab chiqarish chiqindilari xom-ashyo o'rnida qayta qo'llaniladi. Ikkilamchi xom-ashyolarga qayta ishlov berish tajribalari Olmoniya, Bolgariya va Polshada keng rivojlanib bormoqda. MDX da 85% domen toshqollari, 25 % cho'yan va 50 % temir qotishmalari qayta ishlanadi.Chiqindisiz ishlab chiqarishni yaratish uchun prinstipial yangi texnologiyalarni ishlab chiqish kerak bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, katta iqtisodiy mablag`larni ajratishni taqozo etadi.
II.2 Qurilish materiallari ishlab chiqarishda sanoat chiqindilaridan foydalanish.
Qurilish materiallari sanoati uchun xom ashyo sifatida asosan tabiiy togʻ jinslari, neft va gaz mahsulotlaridan foydalaniladi. Respublikamizda bunday material resuslari yetarlicha. Shuning bilan birga, qurilish materiallari sanoatida xom ashyo sifatida metallurgiya, ximiya va energetika sanoati chiqindilaridan ham keng miqiyosda foydalaniladi.
Bunday chiqindilarga, metallurgiya shlaklari, IES kullari, fosfogips, borogips, nefelin shlamlari va boshqalar kiradi. Sanoat chiqindilaridan foydalanish qurilish materiallarini tannarxini pasaytirish, ularni sifatini oshirishga olib keladi. Bulardan tashqari atrof muxit eqologiyasini yaxshilashga, chiqindilar egallab yotgan yerlardan samarali foydalanishga imkon beradi.Ishlab chiqarishda sanoat chiqindilari ishtirok etadigan yangi qurilish materiallarini yaratmasdan qurilish sohasini samarali rivojlantirish mumkin emas. Qoldiqlarning ko'pchiligi texnik parametrlari va kimyoviy tarkibi bo'yicha o'xshash yoki tabiiy xom ashyodan afzalligi bor. Bu afzalliklarga qo'shimcha ravishda, sanoat chiqindilaridan foydalanish katta iqtisodiy va ekologik ahamiyatga ega, bu material sarfini kamaytirishga ta'sir qiladi.
Sanoat korxonalari chiqindilarining ko'p turlari orasida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin.
-yuqori o'choqli cüruf foydalanish bo'yicha etakchi hisoblanadi. Bunday manba po'lat va cho'yanni eritish natijasida vujudga keladi. Shlak Portlend tsementini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi, bu uning chiqishini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi. Bu nafaqat materialning qurilish va texnik xususiyatlarini yaxshilaydi, balki energiya resurslari sarfini kamaytirishga ham yordam beradi. Shlak-sitallitlar-bu yuqori o'choqli cüruflarga asoslangan nisbatan yangi qurilish materiali, bunday material mukammal mustahkamlik xususiyatiga ega va shlakli oynani katalitik kristallanish usuli bilan olinadi.
-qattiq yonilg'i yonish chiqindilari - kul va cüruf aralashmasi, quruq kulni tozalash. Ular, shuningdek, turli xil qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Ular uyali va sementli beton ishlab chiqarishda, yo'l qurishda, devor materiallari ishlab chiqarishda va beton ishlab chiqarishda ishlatiladi.

-Kimyo sanoati chiqindilari qurilish materiallari uchun xom ashyo bo'lib xizmat qiladi. Masalan, fosfogips va fosforli cüruflar. Ularning qollanish sohasi-devor keramika ishlab chiqarish, gisht ishlab chiqarish. Sanoatning gips xomashyosiga bolgan ehtiyojini fosfogips kabi gipsli chiqindilar hisobiga toliq qondirish mumkin;


-keramika mahsulotlarini ishlab chiqarishda yoqilg'i qo'shimchasi sifatida ko'mir qazib olish va ko'mir tayyorlash chiqindilari ishlatiladi;
-rangli metallurgiya va po'latdan yasalgan cüruflarning shlaklari mineral jun, qurilish shag'al, har xil bog'lovchi materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi;
-Tog' -kon korxonalari chiqindilari, shuningdek, shisha, keramika, avtoklav materiallari ishlab chiqarishga o'z arizasini topdi.
III.Xulosa
Qurilish materiallari ishlab chiqarishda koʻp miqdorda chiqindi gazlar va chang ajralib chiqadi. Bularni atmosferaga toʻgʻridan - toʻgʻri chiqarib tashlash atrof muxitni ifloslantirishga, zavodni sanitar - gigenik xolatini yomonlashtirishga olib keladi. Shuning uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavodlar turli chang yigʻuvchi va gaz tozalovchi uskunalar bilan jixozlangan boʻlishi kerak. Bunday jixozlar sifatida chang choʻktirish kameralari, siklonlar, yengli filtr va elektrofiltrlardan foydalaniladi.
Dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik masalalardan biriga aylanib bormoqda. Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda maishiy va sanoat chiqindilarining yildan-yilga ortayotgani yer yuzidagi ekologik barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda chiqindilarning 900 ga yaqin turi qayd etilgan. Har yili dunyoda chiqindilar hajmi 3 foizga ko‘paymoqda. Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bog‘liqdir. Ko‘p asrlar davomida chiqindilarni noto‘g‘ri boshqarish tabiiy resurslar o‘zgarishiga, tabiat hodisalarining buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qiladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Download 12.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling