Reja: I. Kirish XVI-XVII asrlarda Qoraqalpoqlarning ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli


XVI-XVII asrlarda Qoraqalpoqlarning siyosiy ahvoli


Download 34.11 Kb.
bet4/6
Sana21.03.2023
Hajmi34.11 Kb.
#1285556
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XVI-XVII asrlarda Qoraqalpoqlarning ijtimoiy, siyosiy va i

2.XVI-XVII asrlarda Qoraqalpoqlarning siyosiy ahvoli.
XVI asr ikkinchi yarmida Nogʻay xonligi katta inqirozga uchragan.1556-yili Rossiya Astraxan xonligni bosib oladi.Edil va Yoyiq boʻylaridagi qoraqalpoqlar 1578-yillari Sirdaryo quyiga koʻchib keladi. Qoraqalpoqlar XVl asr ikkinchi yarmidan buyon qozoqlarning Kichik Juz, oʻrta juz xonlarining siyosiy tomondan boʻlgan. Lekin ular uz davlatchiligiga ega bo‘lgan. Masalan, 1694-yili Tauke xonning oʻgʻli Taburchak sulton Qoraqalpoqlar xoni boʻlgan. Tauke xon davrida qoraqalpoqlarning Kipshak mayli bolta urugʻidan Sasik biy 18 yil davomida xon kengashin boshqargan, 1680-1684-yillari korakalpok, uzbek, qirgʻiz, turkman xalklari uchun “Jeti jarg” (Ota qonuni) ning bosh muallifi bulgan. 1709-yili Taburchak sultonning Oʻgʻli Gʻoyib sulton Qoraqalpoqlarga xon boʻlgan. 1720-yillari Ishmuxammed xon saylangan. Qoraqalpoqlarning poytaxti Sirdaryo boʻyidagi Jankent qalasi boʻlgan. 1721-yili Ishmuxammed Rossiyaga ming tuyadan iborat karvon tashkil etib, Pyotr 1 ga diplomatik aloqa o‘rnatish taklifini aytadi. Lekin, 1723-yili jungʼar xonligi qozoq xonligiga bosib kirib, Qoraqalpoqlar “yuqori” va “quyi” qoraqaqalpoqlarga boʻlinib ikkiga boʻlinadi. “Yuqori” qorakalpoqlar jungʼarlarga boginadi, “quyi” qoraqalpoqlar Qozoqlarning kichik juzi qol ostida qoladi. Bu davrda qoraqalpoqlar xoni Gʻoyib sulton Rossiya qaramogʻiga oʻtmoqchi boʻladi. Natijada 1730-yili Rossiya imperator xonimi Anna Petrovna qozoqlar va qoraqalpoqlar o'z tarkibiga oladi. Lekin qoraqalpoqlar Qozoq xoni Abulxayir xon qoʻli ostida qoladi. 1743-yili avgustida qoraqalpoklarning elchilari Maman botir Orazak oʻgʻli, Abdulla Murat sheyx ugli, Polat yesaul, Sagindik biy, Babanazar Batir, Maman sheyx va Aydar biy tarkibida Rossiyaning yangi imperator xonimi Yelizaveta Petrovna xuzurida bulib, Rossiya pukaraligiga Oʻtishni soʻraydi. Ularga pukaralik xaqida gramota beriladi. Lekin, 1743-yili qish oyida Abulxayir xon qoraqalpok eliga bosib kiradi, elchilarni tutqin qiladi, gramotani tortib oladi. 1746-1747-yillari Urta yuz xoni Abilay sulton xam qoraqalpoklarga bosib kirib, vayrona qiladi.1747-1810-yillari Janadaryo qoraqalpoklar Orol davlati tarkibida buldi. Qoraqalpoqlarning Shaxtemir xon boshqargan davrida Maman biy, Orinbay biy, Esengeldi biy, Oydos biy kabi davlat arboblari bo‘lgan. 1728-yili Shaxtemir va Shirali biy oʻldirilgandan soʻng orolli oʻzbeklar va Qoraqalpoqlar Xiva xoni Elbarsxonning xukmdorligini tan olgan.
XVIII asrning 40-yillari boshlarida qoraqalpoqlarning Rossiya bilan elchilik aloqalari yana yoʻlga qoʼyiladi. 1743-yilda Mamanbiy boshchiligidagi qoraqalpoq elchilari S.Peterburgda Rossiya hukmdori Yelizavetaning «homiylik» haqidagi yorlig’ini olishadi. Bundan g‘azablangan kichik juz qozoqlari xoni Abulxayr oʼsha yili Orolbo‘yi qoraqalpoqlarlga hujum qilib, ularni talon-toroj qiladi. Abulxayrxonning hujumi qoraqalpoqlaming Jonidaryoga harakatlarini kuchaytiradi. 1746-1747-yilning qishida qoraqalpoqlar O‘rta juz qozoq hukmdori Ablay sulton hujumiga duchor bo‘ladilar. 1748-yilda o‘rta juz sultoni Baroq o‘zining tarafdorlari yordamida Abdulxayrmi o‘ldiradi. Abdulxayrning oʼgʻli Nurali xon deb e’lon qilinadi. Ammo uning hokimiyatini barcha kichik juz qabul qilmaydi. Yirik zodagonlar sulton Botimi xon deya e’tirof etganlari bois, kichik juz ikki hokimlikka boMinib ketadi. Shuningdek, Sirdaryoning quyi oqimidagi ko'chmanchilarga boshchilik qilayotgan Abulxayrning yana bir og’li Urali sulton o'zini akasi Nurali sultondan mustaqil hisoblar edi.1762-yilda sulton Erali Sirdaryo bo’ylarida qolgan qoraqalpoqlar ustiga yurishlar qilib, ularni Jonidaryo va Orol mulklariga ko‘chishga majbur qiladi. XVIII-XIX asr boshlarida butun Quvondaryo va Janadaryo havzalari qoraqalpoqlaming mulklari edi. Bu yerda ular orolbo‘yi o'zbeklari va qoraqalpoqlari bilan nafaqat siyosiy ittifoqda boʼlishdi, balki etnik jihatdan ham aralashib ketishdi. Ular ittifoqchilikda qozoq xonlari va sultonlari, Xiva xonlariga qarshi kurashlar olib borishdi.Bu davrda qoraqalpoqlar biylar maslahatlari orqali boshqarilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab qoraqalpoqlar va Xiva hukmdorlari o'rtasida kurashlar avj oladi. Muhammad Amin inoq Xiva xonligi markaziy hokimiyatini kuchaytirish siyosatini olib borib, qoraqalpoqlami xonlikka bo‘ysundirishga harakat qilgan. Muhammad Amin inoq (1763—1790) o‘z tomoniga nufuzli qoraqalpoq urug’ boshliqlarini og‘dirishga harakat qilgan. Xususan, uning hokimiyatini ikki nafar qoraqalpoqlarning taniqli boylari - Esongeldi Mahram va Oydo‘stbiylar ham tan olishgan. Oydo‘stbiy muarrix Munisning yozishiga ko‘ra, «keyinchalik butun qoraqalpoq ulusining hokimi darajasiga erishgan». Muhammad Amin inoq qoraqalpoq urug’ boshliqlari, zodagonlariga xayrixohlik bildirib, ma’lum yerlami ularga taqdim etgan. Uning davrida qoraqalpoqlar orasida Orol va Amudaryo bo‘ylaridagi yerlarini Oʻzlashtirish, ma’lum suv inshootlarini barpo etish jarayoni boshlanadi. Masalan, qoraqalpoqlarning kenagas qabilasi boshlig‘i Omonqulibiy Amudaryodan katta kanal qazdirib, o’z qabilasi uchun suv ta’minotini yaxshilagan. Shu bilan birga xonlik bilan ba’zida kelishmovchilik, nizolar ham bolib turgan.Xonlikdan ayricha Orolbo‘yi hokimligini tuzib olgan To‘ra Murod so‘fi va Xo‘ja Murod so‘filar ham o’z kurashlarida qoraqalpoq urugʼ boshliqlariga tayanishgan. Muhammad Rahimxon I davrida qoraqalpoqlami butkul xonlikka bo'ysundirish siyosati boshlanadi. Uning 1809-yil yanvarida amalga oshirgan harbiy yurishi naityasida Qozoq-daryo va Orol dengizi atrofidagi aholi, jumladan, qoraqalpoqlar ham boʻysundirilgan.
Muhammad Rahimxon I ning 1810-yil davomidagi yurishlari natijasida Amudaryoning o‘ng qirgʻogʻidagi Sho’rkol qoraqalpoqlari, Janadaryo boʻyidagii qoraqalpoqlar bo’ysundiriladi. Muhammad Rahimxon I 1811-yili Qo’ng’irotga to’rt marotaba harbiy yurishlarni amalga oshiradi. Natijada Orolbo‘yi hokimligi tugatilib, Qo‘ng‘irot shahri qoʼliga olinadi. Shu tariqa xonlikdagi muxolifatga, ayirmachi kuchlarning faoliyatiga chek qo‘yiladi. Qo'ngirot va Orolbo’yi atrofidagi qoraqalpoqlar ham toʻliq Xiva xonligi hukmini tan oladilar. Muhammad Rahimxon I qoraqalpoqlarning malum qabilalarini shimoliy Xorazm yerlarini o6zlashtirish maqsadida shu yerlarga ko‘chib o6rnashishiga buyruq beradi. Muhammad Amin inoq, keyinchalik esa Muhammad RahimxonI davrlarida qoraqalpoqlarning qoldovli urugʻi boshligi Oydo'stbiyga qator imtiyozlar beriladi. Lekin Xivaning navbatdagi xoni Olloqulixon ( 1825-1842) davrida Oydo6stbiyga berilgan imtiyozlammg katta qismi bekor qilinadi. Qolaversa, xonning noibi Gadoy Niyoz mahramning soliqlar yigʻish borasidagi talonchiligi va xizmat lavozim ini suiiste’mol qllishi qoraqalpoqlar orasidagi kuchli norozilikka sabab boiadi.Xonlikka qarshi yana bir qo‘zg‘olon 1855-1856-yillarda boʻlib o'tib, bu xonlikda yuzaga kelgan keskin siyosiy vaziyat davriga toʼg‘ri kelgan edi. Shunga qaramasdan qoraqalpoq aholisi xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, savdo-sotiq munosabatlarida faol ishtirok eta boshJadi. XIX asr o'rtalariga kelib qoraqalpoqlar ma’muriy markazi Chimboy Shahriga ko‘chdi. Bu yerda Xiva xonining noibi ham joy oladi,1873-yilda Rossiya imperiyasi hukumati bilan tuzilgan Gandi-miyon shartnomasiga ko‘ra, Xiva xonligi Rossiya vassaliga aylanadi. Amudaryoning o’ng qirg‘ogida yashaydigan qoraqalpoqlar hududlari Rossiyaga qo‘shib olinadi. Bu hududlarda Amudaryo bolimi tashkil etiladi va 1877-yildan u Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga qo'shiladi. Qoraqalpoqlarning Ainudaryoning chap Sohilida yashaydigan kam qismi 1920-yilga qadar yana Xiva xonligiga tobe boʻlib qoldi.


Download 34.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling