Reja: Ibtidoiy tasavvurlar – anemizm va totemizm haqida ma`lumot. Qadimgi afsonalar. Avesto va undagi qahramonlarning badiiy tasnifi. Kayumars va Jamshid haqidagi afsona. Qadimgi qahramonlik dostonlari

Download 1.58 Mb.
bet3/5
Sana15.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1773862
1   2   3   4   5
Bog'liq
XALQ OG‘ZAKI IJODI JANRLARI TASNIFI VA TAVSIFI

Afsona – o`zbek xalq og`zaki ijodining eng qadimgi, an`anaviy va keng tarqalgan janrlaridan biri. Hayotiy voqelikni xayoliy uydirmalar orqali bayon etadigan, biror ma`lumot haqida tinglovchiga xabar berish maqsadida hikoya qilinadigan og`zaki nasriy asarlar afsona deyiladi.

Afsona professional ijrochilikka asoslanmaydi. Uni bilgan kishi o`zi istagan shaklda aytaveradi. Demak, afsona keng ommaviy ijro etiluvchi janrdir. Afsona sof axborot beruvchilik vazifasini bajaradi. U ko`pincha biror –bir voqea- hodisaga kishilarni ishontirish maqsadida aytiladi. SHuning uchun ko`pchilik afsonada bayon qilingan voqelikni haqiqat sifatida qabul qiladi. Aristotel` afsonalarni «Haqiqatdan xabar beruvchi yolg`on hikoyalardir» deb ko`rsatadi.

Mifologik afsonalarda, asosan, er va osmon xudolari, homiy kuchlar, pirlar, avliyolarning g`ayritabiiy ishlari, insonlarga ko`magi, mifologik pahlavonlar, er hzida odamning paydo bo`lishi hakida hikoya qilinadi. Ularning epizodlarida islomga qadar amal qilgan qadimgi dinlarga aloqador talqinlar uchraydi. Ibtidoiy insonlarning dunyoqarashi, tasavvur-tushunchalari, diniy e`tiqodlari namoyon bo`ladi.

Kichik hajmli, mazmunan sodda bayon va hikoyalar shaklida tashkil topgan afsonalar o’zbek xalq og’zaki ijodining eng qadimgi namunalaridan hisoblanadi. Afsonalar ijtimoiy hayot bilan bog’liq bo’lgan voqea va hodisalarni xayoliy shaklda hikoya qiladi. Ular insoniyatning tabiat va jamiyat haqida bilish va tushunishga bo’lgan intilishi jarayonida vujudga kelgan. SHuning uchun ham afsonalar ijtimoiy hayot va madaniyat, dunyoqarash va ruhiy kechinmalar, urf-odat va tarixiy hodisalardan darak beradi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling