Reja: idrok haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari. Idrok tushunchasining ta'rifi. Idrokning murakkabligi. Kuzatish va kuzatuvchanlik. Idrokning fiziologik asoslari
Download 1.34 Mb.
|
Idrok umumiy
. Idrok jarayoniga his-tuyg'ular ta'sir qiladi. Bu his-tuyg'ular idrok qilinayotgan narsa hodisalar tug'risida o'tmishda tug'ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonidan vujudga kelishi mumkin. His-tuyg'ular idrokning aktivlik darajasini kuchaytiradi, uning mazmunini jonli, erkin qiladi.
Idrok jarayonida diqqat g'oyat katta ahamiyatga ega. Diqqat idrokning aktivligini oshiradi va uning mukammal bo'lishiga xizmat qiladi. Diqqatsiz hech narsani idrok qilish mumkin emas.
Kuzatish va kuzatuvchanlik. Kuzatish idrokning mustaqil faoliyati sifatida namoyon bo'ladi. Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan quyiladigan maqsadga, ko'riladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatning kuchiga va fikrlash aktivligiga bog'rliq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatlaridanki, bunda u narsa-hodisalarning unga bilinmaydigan lekin muhim harakterli xususiyatlarini payqay oladi. Kuzatuvchan kishi ko'proq narsani ko'radi
Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling