Reja. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning mazmuni va shakllari. Ehtiyojlarning turlari va tarkibi, ularning qondirilish darajasi
Download 3.68 Kb.
|
2-Mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar va uning qondirilishi-fayllar.org
2-Mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar va uning qondirilishi Mintaqalarda ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmalari va ularning orasidagi bog'liqliklarReja.1. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning mazmuni va shakllari.2.Ehtiyojlarning turlari va tarkibi, ularning qondirilish darajasi.1. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning mazmuni va shakllari. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar – bu jamiyat a`zolarining yashashi va kamol topishi uchun kerakli,hayotiy vositalarga bo`lgan zarurijatidir. Ehtiyojlarning shakllari: Alohida kishilar yoki jamiyat a`zolari ehtiyojlari. Korxonalar ehtiyoji. Davlat ehtiyoji. Jamiyat ehtiyojlarining barcha tarkibiy qismlariga xos bo`lgan umumiy xususiyat-ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlari darajasiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar: Mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Jamiyatdagi mavjud ijtimoij-iqtisodiy tizim. Tabiiy-geografik va iglim sharoitlari. Tarixiy,milliy an`analar va urf-odatlar. Aholi sonining o`sishi va uning ijtimoiy tarkibining o`zgarishi. Xalqaro aloqa va kommunikatsiya tizimlarining rivojlanish holati. Hududiy,milliy va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish darajasi. Ehtiyojlarning o`sib borish qonuni-jamiyjat ehtiyojlarining miqdoran ortib va sifat jihatdan takomillashib borishini bildiradi. Aholining tabiiy o`sishi -buning natijasida ehtiyojlar miqdoran ortib boradi. Fan-tehnika taraqqiyoti va reklama.Uning ta`sirida kishilarda yangi tovarlarga ehtiyoj paydo bo`lib,u sifat jihatdan takomillashib boradi. Ehtiyojlarga xos bo`lgan muhim xususiyat- turli ehtiyojlarning bir-birini taqozo qilishidir.Bu bir ehtiyojning boshga bir ehtiyojni keltirib chiqarishini anglatadi.M:kompyuterlarga paydo bo`lgan ehtiyoj o`z navbatida uni ishlatishni o`rganish,xizmat ko`rsatish,dastur tuzish kabilarga eshtiyojlarni keltirib chiqaradi. Qondirilish xarakteri va darajasiga ko`ra: 2Ehtiyojlarning turlari va tarkibi,ularning qondirilish darajasi. Yakka yoki individual tarzda qondiriladigan ehtiyojlar. Jamoa yoki guruhlar darajasida qondiriladigan ehtiyojlar. Umumjamiyat miqyosida qondiriladiganehtiyojlar. Ehtiyojlarning o`sib borishini taqozo qiluvchi omillar: Ehtiyojlarni qondirish vositalarining ashyoviy-buyum shakliga ko`ra: Moddiy ehtiyojlar-moddiy ko`rinishga ega bo`lib,kishilarning ular bilan ta`minlanishi hayot kechirishining birlamchi shartidir.Bular hayotiy zarur vositalar(oziq-ovqat,turar-joy )ni o`z ichiga oladi. Ijtimoiy ma`naviy va madaniy-maishiy ehtiyojlar-asosan xizmatlar shaklida qondirilib,insonning ahloqiy, ma`naviy,madaniy va jismoniy kamol topishiga xizmat qiladi. Qondirish usuliga qarab: Bevosita qondiriladigan ehtiyojlar-kishilar tomonidan to`q`ridan-to`q`ri iste`mol qilinadigan tovarlar va xizmatlarga bo`lgan ehtiyojlar. Bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar-bu ishlab chiqarish maqsadlari uchun iqtisodiy resurslarga bo`lganehtiyojlar. E`tiboringiz uchun raxmat ! http://fayllar.org Download 3.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling