4. Ijtimoiy psixologiyaningasosiy bo`limlari.
1.7-sxema.
Har bir shaxs hamisha ma’lum ijtimoiy guruhlar doirasida faoliyat ko’rsatadi. Bu uning oilasi, mehnat jamoasi, ko’cha-kuyda norasmiy guruhlardagi davrasi, o’quv jamoasi vaboshqalar.
Shaxsning yakka va turli guruhlar doirasida o’zini tutishi, xulq-atvori, mavqei, unga o’zga xos guruhiy tasirlar,guruhdagi shaxslararo moslik, liderlik, guruhiy tazyiqqa beriluvchanlik kabi qator xodisalarni o’rganish ijtimoy psixologiyaning muhim sohalaridan biridir.
Shaxs psixologiyasi, uning ijtimoy- psixologik qiyofasi masalasi ham bugungi kundagi o’zgarishlar va ma’naviy jihatdan poklanish davrida o’ta muhim sohasidir.
Har bir shaxsning jamiyatda ro’y berayotgan tub islohatlarga munosabati, ularni idrok qilish va anglash darajasi, o’z-o’ziga nisbatan munosabatining tabiati, xulqidagi ijtimoiy motivlar va yo’nalishlar katta ahamiyatga egadir. Jamiyat miqiyosida ro’y beradigan ommaviy xodisalar ham ijtimoy psixologiya uchun tadbiqiy ahamiyatga ega. Chunki alohida shaxs tarbiyasida ommaviy hodisalarning, katta guruhlarning ta’sirini inkor etib bo’lmaydi.
Mamlakatimizda ro’y berayotgan tub ijtimoiy – siyosiy islohatlar ijtimoiy taraqqiyot va tafakkuri rivojlanishini tezlashtiruvchi, davr va kishilar ruhiga xamohang tarzda kechishini ta’minlab beruvchi tadbiqiy ishlar xususida, yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir.
Ijtimoiy psixologiyaning alohida sohalari:
Hozirgi kunda ijtimoiy psixologiya har bir sohaga kirib brogan. M: Iijtimoiy psixologiya oilani o`ziga xos ijtimoiy guruh sifatida tekshirib, unda sodir bo`ladigan barcha ruhiy jarayonlarni o`rganadi. Respublikamizda oila va nikoh masalalariga e’tiborning kattaligini hisobga olib, ko`pchilik tadqiqotchilar o`z ilmiy ishlarini ana shu muammolarga bag`ishlaganlar.
Ijtimoiy psixologiyaning alohida sohalari.
sanoat va ishlab chiqarish
boshqaruv psixologiyasi
nikoh va oila
Qonunbuzarlikni oldini olish
Siyosat va iqtisodiyotni takomillashtirish
ommaviy axborot vositalari borasida amaliy vazifalari
1.8-sxema.
Do'stlaringiz bilan baham: |