Reja: Ijtimoiy va siyosiy jarayonlar


Download 10.72 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi10.72 Kb.
#1362981
Bog'liq
Document (8)


Mavzu: XX asrlarda O’zbekistonda Ijtimoiy -pedagogik faoliyat yo’nalishlari
Reja:

  1. Ijtimoiy va siyosiy jarayonlar

  2. Ijtimoiy -pedagogik Faoliyat haqida

  3. O’zbekistonda Ijtimoiy -pedagogik faoliyat yo’nalishlari

XIX asr oxiri ‒ XX asr boshlaridagi ijtimoiy va siyosiy jarayonlar taʼsirida shakllangan ijtimoiy fikr oʻz davrining eng taraqqiyparvar kishilarini jadidchilik maydoniga olib chiqdi. Ular orasida Fitrat, Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalar qatorida nafaqat shoir, balki faol maʼrifatchi, ilk muxtor respublikalarning tuzilishidagi ishtirokini hisobga olganda siyosiy arbob ham boʻlgan Abdulhamid Choʻlpon bor edi.1917-yilgi jadid gazetalari ‒ “Kengash”, “Turon”, “Turk eli” va boshqalar Turkiston xalqlarining oʻz taqdirini oʻzi belgilash shakllariga daxldor nihoyatda qizgʻin bahslardan dalolat beradi. Turkiston taraqqiyparvarlarining dastlab maʼrifatchilik, soʻngra siyosiy harakati keng quloch yozgan 1914-1917-yillarda Abdulhamid Choʻlpon ijodi ham gullab-yashnadi. 16 yoshida “Adabiyot nadur?” maqolasini yozgan muallif jadidchilik vujudga keltirgan yangi adabiyot asoschilaridan biriga aylandi. Biroq uning qiziqishlari faqat adabiyot va teatr sanʼati bilan cheklanmagan. 1914-yili “Sadoi Fargʻona”da eʼlon qilingan “Vatanimiz Turkistonda ziroat va dehqonchilik”, “Vatanimiz Turkistonda temir yoʻllar”, “Oyina” jurnalida chop etilgan “Andijonda yangi bank” maqolalarida uning iqtisodiyot sohasidagi chuqur bilimi namoyon boʻlgan. Abdulhamid Choʻlpon oʻz maqolalarida Rossiya, Yevropa va Amerikaning taraqqiyot tajribasidan misollar keltirib, Turkistonning boʻlajak iqtisodiyoti va uning rivojlanish yoʻllari haqida mulohaza yuritgan. Choʻlponga siyosat ham begona boʻlmagan. 1917-yili “Turon” gazetasida eʼlon qilingan “Ish vaqti ‒ ishlash vaqti”, 1918-yili “El bayrogʻi” gazetasida chop etilgan “Umid sizdan” maqolalarida uning bolshevizmga salbiy munosabati va Turkiston muxtoriyatini qoʻllab-quvvatlashi aks etgan. U nafaqat publitsist, balki amaliy siyosatchi ham boʻlgan, Turkiston va Boshqird muxtoriyatlarida faol ishtirok etgan. Qoʻqondagi Turkiston muxtoriyati tor-mor keltirilgach, koʻplab jadidlar yurtni tark etishga majbur boʻlganlar, u Ubaydulla Xoʻjayev, Abdulhamid Orifov, Mirmuhsin va boshqalar bilan birga Boshqird sovetlari kichik tashkilotida kotib boʻldi va uning axborot markazida faoliyat yuritdi. Keyin koʻplab taraqqiyparvarlar qatori maorif sohasida ishladi.
Ijtimoiy–pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashqilotlari faoliyatida alohida o‘rinni egallaydi. «Milliy g‘oya–bizning g‘oya», «Istikbolimiz–istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o‘zgartirgan o‘n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo‘la oladi. Jamoat tashqilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ‘ibot va tashqilot ishlarining ko‘lamini kengaytiradi,o‘sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi. Ma’naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo‘lib ma’naviy hayot kechirishni tashqil etish ustida bormokda. Bu vazifa inson va jamiyatning bilish extiyojini kondirish, ularning faoliyatida uchraydigan hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo‘sh vaqtini chukur mushoxada qilish bilan uzviy bog‘liqdir.
Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani - bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan predmetdir. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega - fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida. qadim antik davrlardayok bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar. Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar Markaziy Osiyo xududida jahon dinlari orasida eng kadimgi din zardushtiylik dini xukumronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chikdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga siginish) o‘z erasining o‘ziga xos komusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardusht dinda axloqiy me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto”da - inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va savob ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulk atvor)XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan allomalar Maxmudxuja Bexbudiy (1874 –1919), Munavvar kori Abdurashidxonov (1878 –1931), Abdulla Avloniy (1878 – 1934), Abduqodir Shako‘riy (1875 –1943), X.X.Niyoziy (1839 –1929) va boshqalarning asarlarida ham ko‘plab keltirish mumkin.
Download 10.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling