Ovqat hazm qilish sistemasi. Plastinkajabralilarda ushbu sistema ancha sodda tuzilgan. Og’iz oyoq bilan oldingi tutashtiruvchi muskul o’rtasida hosil bo’lgan joyda joylashgan. Og’izning ikki yonida ikkita plastinka-simon parrakchalar joylashgan. Parrakchalar hilpillovchi kipriklar bilan qoplangan. Kipriklarning harakati tufayli oziq zarralari og’izga kiradi. Og’izdan keyin kalta qizilo’ngach keladi, u oshqozonga ochiladi. Plastinka-jabralilarda boshning reduksiyasi munosabati bilan halqum, so’lak bezlari, jag’lar va radula bo’lmaydi. Oshqozonga jigar yo’li ochiladi. O’rta ichak osh-qozondan boshlanadi. U birnecha marta buralib, tananing keyingi qismida orqa ichakka ulanadi. Orqa ichak yurak qorinchasini teshib o’tadi va orqa chiqaruv teshigi bilan tashqariga ochiladi.
Plastinkajabralilar passiv ravishda oziqlanadi. Ular detrit, plank-ton organizmlar va bakteriyalar bilan oziqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |