Reja: Ikkilik hisoblagichlar


Download 62.89 Kb.
bet2/2
Sana25.12.2022
Hajmi62.89 Kb.
#1066291
1   2
Bog'liq
Reja Ikkilik hisoblagichlar

11.23-rasm



11.22-rasm.
Kirish signali C0 shinadan tugashi bilan, trigger 1 ning hisoblash kirish qismiga beriladi. Hisoblagichning ishlash prinsipi 11.22,b-rasmdagi vaqt diagrammasini orqali tushunish mumkin.
Birinchi signal kelguniga qadar, hisoblagich nolinchi holatda bo‗ladi. Bu holatda Q3Q2Q1 chiqish qismlarida 0 birlikka mos keladi. Shinadan C0 kirish signali birinchi triggerga kelishi bilan hisoblagich ishlay boshlaydi. Birinchi signal kelishi bilan 1-trigger 1 holatiga o‗tadi va uning chiqish qismida Qq1 sath belgilanadi.
Triggerlar 2 va 3 larni hisoblash kirish qismlarida 1ni 0 ga o‗zgarishi kutilmaydi. Shuning uchun triggerlarda Q2q0, Q3q0 holatlar saqlanadi. Ikkinchi signal kelishi bilan 1-trigger 0-holatga o‗tadi. Uning chiqish qismida sathning o‗zgarish vaqti Q`1q1, Q1q0 ga 2-trigger 1-holatga o‗tadi va uning chiqish qismida Q2q1 sath o‗rnatiladi. 3-triggerning holati o‗zgarmaydi.
3-trigger, 1-triggerning hisoblash kirish qismiga tartib bo‗yicha 4-hisob signali kelganidagina 1-holatga o‗tadi. Bunda 1-trigger 1-holatdan 0-holatga o‗tadi. 1-holatdan 0-holatga o‗tishda, ikkinchi kirish qismida sath birdan nolga o‗zgarishiga olib keladi. Natijada 2-trigger 1-dan 0 holatiga o‗tadi. Bunday o‗tish sath- ni 1 dan 0 ga 3-hisoblash kirish qismida o‗zgarishga olib kela-
di. Natijada 3-triggerni Q3 chiqish qismida 1 sath o‗rnatiladi. Bunda 1- va 2-triggerlarning chiqish qismlarida 0 sath bo‗ladi.
Natijada, hisoblagichda to‗rt (4) raqami ikkilik ko‗rinishida belgilanadi. Bu esa, to‗rtinchi signal kelishi vaqtiga mos ke- lishini belgilaydi.
Sakkizinchi signal kelish vaqtida triggerlar Q3Q2Q1 chiqish qismlarini 1 birlik sath o‗rnatiladi. 1-triggerning hisoblash kirish qismiga sakkizinchi signal kelishi bilan uning holati 1 dan 0 ga o‗tadi. O‗z navbatida, 1-trigger holati o‗zgarishi 2-trigger holatining o‗zgarishiga olib keladi. 2-trigger holatining o‗zgarishi esa, 3-trigger holati o‗zgarishiga olib keladi.
Natijada hamma tirggerlar 0 holatga o‗tadi. Hisoblagich sakkiz signaldan iborat yangi ketma-ketligi tayyor bo‗ladi. Hisoblagichni ishlash qonuniyati 11.7-jadval ko’rinishida, shartli belgilanishi esa, 11.23-rasmdagidek tasvirlash mumkin.
Hisoblagichning ishlashini uning avvalgi raqamiga bir birlikni qo‗shish jarayonidek tasavvur etish ham mumkin.
Bunday qo’shish ikkilik tizimida, sonlarni qo’shish operatsiyasi qoidasi bo’yicha bajariladi. Bunda quyidagilarni ta‘kidlash mumkin:
1) agarda, hisoblagichning avvalgi qiymati kichik razryadida 0 bo‗lsa, qo’shishda faqat kichik razryad 1 ga o‗zgaradi;
2) agarda m-kichik razryadlarda 1 birlik bo’lsa, hamda mq1– razryadda 0 bo‗lsa, m-raqami kichik razryadlarda 0 qiymatiga o’zgaradi, (mq1)–razryadda esa 1
qiymatiga o’zgaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Toshkent Irrigatsiya va Qishloq xo’jaligini


mexanizatsiyalash muhandislari Instituti
R.T. Gazieva, E.O. Bozorov ’’raqamli texnikaga kirish’’
2. Aripov X.K., Abdullaev A.M., Toshmatov Sh.T.
Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirish
fanidan ma’ruzalar matni.Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
3. “Sanoat elektronikasi“ fanidan O’QUV-USLUBIY MAJMUA.
Farg’ona - 2021
Download 62.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling