Reja: Ilk yoshdagi bolalar guruhlariga rasm chizishni o`rgatish. Kichik guruhda rasm chizishni o'rgatish


Download 51.52 Kb.
bet1/7
Sana22.04.2023
Hajmi51.52 Kb.
#1381758
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kichik guruh bolalarini rasm chizishga o`rgatish


Mavzu: Kichik guruh bolalarini rasm chizishga o`rgatish
Reja:
1.Ilk yoshdagi bolalar guruhlariga rasm chizishni o`rgatish.
2. Kichik guruhda rasm chizishni o'rgatish
3. Hamma yosh guruhlar uchin rasm chizish faoliyatiga o‘rgatishning asosiy umumiy vazifalari
4. Maktabgacha ta’lim muassasasida dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning vazifalari.

1.Ilk yoshdagi bolalar guruhlariga rasm chizishni o`rgatish.
Ilk yoshdagi bolalar guruhlarida bolalarga bir yarim yoshdan boshlab qalam berish mumkin. Lekin bolalar qilayotgan harakatining tasviriy ma'nosiga 1 kichik guruhdan boshlab tushuncha boshlanadi. 1 kichik guruh (2 yoshdan 3 yoshgacha).
Bu davrga kelib, nutqi o'sadi, tasavvur doirasi kengayadi, materiallar bilan mustaqil harakat qilishi faollashadi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni qilayotgan harakatlarini kuzatishga o'rgatadi. Chizayotgan turli chiziqlar bilan predmetlarning turlarini bilishga, ularni ayrim narsalarga o'xshatishga o'rgatadi. Bolalarga savollar bilan murojaat qiladi, sen nimani chizding, deb bolaning chizgan ishini qaysi predmetga o'xshashligini aniqlaydigan ko'plab savollar beradi. Bolaning harakati ixtiyorsiz bo'ladi. Hamma bolalar bir vaqtda o'z harakati natijasida hosil bo'lgan ishida predmet o'rtasidagi o'xshashlikni aniqlay olmaydi, bu xususiyatning o'sishi o'z-o'zidan nutqining rivojlanishiga sabab bo'ladi. Ular tarbiyachi ko'rsatgan ishlarida oddiy predmet va hodisalarni tasvir etadi. Masalan, yomg'ir yog'yapti, qor yog'yapti, barglar uchyapti, daryoda suv oqmoqda kabi. 3-yilda asta-sekin bolalarda ranglarga qiziqish ortadi. Ular turli ranglardan foydalanib, uni predmetga o'xshatadi. Masalan, uncha katta bo'lmagan qog'oz betiga qizil bo'yoqda bo'lib, «men gul soldim» deydi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarga predmetning qaysidir bir qismini chizib, tugatishlarni taklif qiladi. Masalan, sharga ip, bayroqchaga tayoqchani va qizil, yashil, ko'k, sariq ranglarni bilishga va foydalanishga o'rgatiladi. «Quyosh», «Ko'm-ko'k o'tlar», «Gullar» kabi. Bolalar dastlab qalam bilan chizishadi, 3-4 mashg'ulotdan keyin bo'yoqdan foydalanib bo'yaydi, undan foydalanishni o'rgatiladi. Bolalarga quyidagi mavzularda bo'yoqlar bilan rasm chizdirish mumkin. Masalan, «Daraxtlardan barglar to'kilyapti, «Uyda chiroqlar yoqildi».
Yilning 2-yarmiga tarbiyachi bolalarni predmetning oddiy tasviriga o'rgatadi. Tarbiyachi shar chizadi, koptok chizadi, bolalar esa yo'l chizadi. Yilning 2-yarmiga borib, bolalar bilan mashg'ulot uyushtirilib, ular mo'yqalam qo'yib-olish, qo'g'irchoqning ko'ylagini yoki dastro'molcha va qo'lqopni dog'lar bilan bezashga o'rgatiladi. Bu yoshdagi bolalarni tasvirlashga o'rgatishda tarbiyachi turli xil usullardan foydalanadi.
Sifatli o'rgatish uchun usullardan biri, passiv harakatlar usuli, ya'ni bola o'zi mustaqil harakat qiladi. Tarbiyachi bola qo'liga qalam berib, chizish harakatlarini bajartiradi yoki o'yin o'tkazadi. Bolalar qo'l harakatining koordinatsiyasini rivojlantirib borib, tarbiyachi qog'oz betida bir xildagi ritmik harakatlarni bajaradi, o'ngga-chapga keyin asta-sekin murakkab harakatlarni bajarishga o'rgatadi. Masalan, ip o'rami yoki tutun chiqyapti va boshqalar.
Tarbiyachining badiiy so'zdan foydalanishi, bolalarga tasvirlanayotgan narsaning obrazli tasavvur etishga yordam beradi. Masalan, quyosh to'g'risida shunday she'r va ashulalardan foydalanish usuli muhim usullardan hisoblanadi. 1-kichik guruhda tarbiyachi bolalar bilan hamjihatlik keng qo'llaniladi. Tarbiyachi katta qog'oz betida archani chizadi, bolalar esa chiroqlar yoqadi (mo'yqalamni qog'ozga tikka qo'yish usuli bilan). Bunday mashg'ulotlarni tarbiyachi 5-6 ta bolalar guruhi bilan uyushtirishi mumkin. 2,5 yoshdagi bolalar bilan tip mashg'ulotlar uyushtirish mumkin. Masalan, bolalarga rasmlar berib, unda nimalar tasvirlanganligini aytib berish kabi o'yinlar o'tkazish mumkin. Masalan, quyosh, bayroqcha, gullar tasvirlangan bo'lishi mumkin. Bolalar ularni aytib beradi, qiynalgan bolaga tarbiyachi yordam beradi. Tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilib ularning ishlarining xilma-xilligi va predmet bilan tasvir o'rtasidagi o'xshashlikni ko'rsatib beradi. Ikki yoshli bola qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlashi mumkin, lekin uning tajribalari kam, bajara olish va bilish qobliyatlari yo'q, qo'l harakatlari yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun asosiy vazifalar bolalarga umumiy tarbiyaviy ta'sir qilish bilan bog'liqdir. Birinchi kichik guruhda o'rgatishning vazifalari quyidagilar Rasm chizish jarayoniga natija beruvchi jamoat ishi deb qiziqishni uyg'otish. Rasm chizish materiallari - «qalam, bo'yoqlap» va ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish.
Katta yoshli odam chizgan rasmni, predmetning tasviri deb tushunishni o'rgatish. To'g'ri va egri chiziqlarni hamda tomonlari berk shakllarni chizish prinsiplarini o'rgatish.
Bu guruhning dasturi keyingi guruhlarning dasturidan bosqichma-bosqich murakkablashib borishi bilan farqlanadi. Rasm chizishning birinchi mashg'uloti qog'oz va qalam bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu materiallarning o'yinchoqlardan bolalarga ma'lum bo'lgan turli xil predmetlardan farq qilishini pedagog bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan turli faoliyat turlarini bajarish mumkin. Qog'oz toza edi, qalamning harakatlanishidan unda izlar paydo bo'ldi. Qalamning ochilgan uchi qog'ozda iz qoldiradi. Ikki uchi esa iz qoldirmaydi. Agar sekin bosilsa, qog'ozda uning izlari ko'rinmaydi. Agar qattiq bosilsa, qog'oz yirtilib ketishi mumkin. Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko'rsatib berish bolalarda rasm chizishga qiziqishni uyg'otadi. Bulardan tashqari, oddiy texnik ko'nikmalarni qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlash, ulardan tartibli foydalanish, bo'yoqni mo'yqalamning uchiga olishni bilish kabilarni o'rgatishni dastur o'z ichiga olgan.

Download 51.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling