Reja: Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni


Sakrash. Ikki oyoqni juftlab turgan joyda sakrash


Download 285.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana18.06.2023
Hajmi285.33 Kb.
#1595467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
3 mavzu

Sakrash. Ikki oyoqni juftlab turgan joyda sakrash, 
balandlikka sakrash hamda 20-30 sm masofaga hatlashga 10-
15 sm balandlikdagi predmetdan sakrashga, o‘rgatish nazarda 


tutiladi. 
Dumalatish, irg‘itish, ilib olish. To‘pni bir-biriga qaratib 
dumalatish, to‘pni ikki qo‘llab oldinga pastdan, ko‘krak 
oldidan, boshidan oshirib otish, 50-100 sm oraliqdagi to‘pni 
ilib olishga harakat qilish, shuningdek, to‘p yoki qum 
xaltachasini 1 m masofaga bir qo‘llab o‘ng yoki chap qo‘l 
bilan irg‘itish nazarda tutiladi. 
Emaklash va tirmashish. 3-4 m masofaga emaklash 30-
40 sm to‘siq tagidan o‘tish, arqonli narvoncha, tik 
devorchadan bola uchun qulay bo‘lgan usulda yuqoriga 
tirmashib chiqishga o‘rgatish nazarda tutiladi. 
Muvozanat saqlash. Bunda to‘g‘ri yo‘lak bo‘ylab yurish, 
eni 20 sm, uzunligi 2-3 m, ilon izi yo‘lakchadan, doira bo‘ylab 
tashlab qo‘yilgan arqonchadan qiya taxtachadan yurish yoki 
emaklash, xalqadan – xalqaga, doiradan-doiraga o‘tishga, 
shuningdek, 10-15 sm balandlikdagi to‘siqlardan hatlab 
o‘tishga, balandlikda qo‘llarni yonga qilib turishga, aylanishga, 
oyoq uchida ko‘tarilishga o‘rgatish nazarda tutiladi. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar. 
Qo‘l muskullari uchun. Qo‘llarni yuqoriga va yonga 
uzatish. Bukish va cho‘zish, qo‘llarni orqaga yashirish, chapak 
chalish bosh ustida chapak chalish (predmetlar bilan). 
Oyoqlar uchun. Turgan joyida yurish, oldinga, orqaga 
yon tomonga qadam tashlash, bir oyoqda turgan holda 
ikkinchi oyoqni bukish va yozish, o‘tirib turish, oyoq uchida 
ko‘tarilish tovon bilan turish. Oyoq barmoqlarini qimirlatish
yotgan holda oyoqlarni velosiped qildirish. 
Gavda mashqlari. O‘ng va chapga burilish, oldinga va 


yon tomonda engashish, tizzalab o‘tirish, tovonda o‘tirish va 
turish, qorin bilan yotgan holda qo‘llarni uzatish va oyoqlarni 
ko‘tarish yon boshdan yonboshga ag‘darilish. 

Download 285.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling