tezlikda yugurishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.
Sakrash. Turgan joyida ikki oyoqlab aylanib sakrash,
qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib sakrash,
oldinga qarab yurish
vaqtida sakrash, bir oyoqlab turgan joyida va yurgan holda
sakrash. To‘siqlardan sakrab o‘tish, 70 sm uzunlikka 20-30 sm
balandlikdan sakrab o‘tish,
arqon bilan sakrashga urinish,
dumalatish, uloqtirish, ilib olish. Aylana orasidan to‘pni
dumalatish, koptokni yuqoriga otib va yerga urib ilib olish.
Emaklash va tirmashish. Kamida 10
m masofani
emaklab o‘tish, turli balandlikdagi buyumlar ostidan emaklab
o‘tish. Gimnastika kursisida qo‘llarga tayangan holda,
qorin
bilan sudralish. To‘rt oyoqlab yurish,
gimnastika devoriga
o‘ngdan chapga o‘tib tirmashib chiqish; 20-30 sm balandlikda
tortilgan arqon tagidan, xalqa orasidan emaklab o‘tish.
Irg‘itish. To‘pni bir-biriga irg‘itib, devorga yerga urib ilib
olishga, navbatma-navbat o‘ng va chap qo‘l bilan to‘pni
urishga, og‘irligi 0, 5 kg bo‘lgan oddiy va havo to‘plarini
yerda dumalatib, uloqtirishga o‘rgatish.
Velosiped haydash. 3 g‘ildirakli velosipedda o‘ngga va
chapga burilib, doira bo‘ylab, yerga qo‘yilgan buyumlarni
chetlab o‘tib haydash va buyruq bo‘yicha to‘xtashga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: