Reja: Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni


Saflanish va qayta saflanish


Download 285.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana18.06.2023
Hajmi285.33 Kb.
#1595467
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3 mavzu

Saflanish va qayta saflanish. Mustaqil holda alohida 
guruhchalarga va butun guruh bilan bir qator bo‘lib 
saflanishga, doiracha saflanish, alohida guruhga qayta 
saflanish, mo‘ljal bo‘yicha tekislanish, chapga, o‘ngga, orqaga 


aylanish, shuningdek, ketma-ket yurishdan juft-juft bo‘lib 
yurishga o‘tishga o‘rgatish. 3 guruhga saflanib turish. 
Harakatli o‘yinlar. “Uchdi-uchdi”, “Chori c hambar”, 
“Ko‘z boylag‘ich”, “Chitti gul”,“Qoch bolam, qush keldi” v.b. 
Sport mashqlari. Velosiped minish va unda doira bo‘ylab 
yurish, o‘ngga va chapga burilish. Roliklarda uchish; rolikli 
poyafzalni mustaqil kiyish va yechish, dastlabki holatga 
to‘g‘ri turish, ikki oyoqlab yurish, suzishga tayyorlash
Suvdagi o‘yinlar “To‘pning ketidan suz” v.b. 
Raqs mashqlari. Harakatlarni musiqa bilan boshlash va 
tamomlash, musiqa mazmunini va qismlarga qarab mustaqil 
ravishda harakatni o‘zgartirish, bir qator va juft bo‘lib dadil 
qadam tashlab, shahdam yurish, yengil yugurish, bir vaqtning 
o‘zida chapak chalib o‘ng oyoqni to‘pillatish, qo‘llarni mayin 
harakat qildirish, hakkalab sakrash, oyoq uchi va tovonlarni 
oldiga qo‘yish hamda erkin raqslarda o‘zbek xalq raqs 
harakatlaridan 
samarali 
foydalanish, 
laparlar 
aytishda 
qatnashish nazarda tutiladi. 
Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish 
Sog‘lomlashtirish ishlari. Ertalabki badantarbiya vaqtida 
bolalarni yurish, sakrash hamda qo‘l va oyoq gavdaga 
mo‘ljallangan mashqlarni faol bajarishga odatlantirish. 
Sayr vaqtidagi harakatli o‘yinlar davomida jismoniy 
tarbiya bo‘yicha o‘rgangan o‘yin qoidalariga rioya etishga 
undash, turli guruhlardagi rollarni bajarish ko‘nikmalarini 
o‘stirish. Faslga qarab velosiped haydash, rolikli konki, chana 
uchish, milliy kurashning ayrim usullarini o‘rganish. 
O‘quv yili oxirida bolalar gavdani tik holda tutib, erkin 
yurish va yugurish, gimnastika devoriga chiqib tushishni 


hamda o‘z ixtiyori bilan harakatli mashqlarni bajarishni 
qo‘llab-quvvatlash. 
Har xil usullarda qo‘l barmoqlari, tizza va oyoq panjalari, 
tovon va kaft, qorin kabilarda emaklashni, turgan joyda 
sakrash, yerga yengil tushish, turgan joyda 70 sm gacha 
sakrash, yerga chizilgan chiziq ustidan muvozanatni saqlagan 
holda chiziqdan chiqmay yurish, safga bittadan, juft-juft bo‘lib, 
tekis saflanishni hamda fazoda c hamalashni, ikki g‘ildirakli 
velosiped uchish, o‘ng va chapga burilishni bilishlari kerak. 

Download 285.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling