Reja ilmiy tarixning boshlang’ich bosqichi. Romantizm
I. Kant tarixiy – falsafiy qarashlari
Download 72.7 Kb.
|
falsafa metodologiyasi
I. Kant tarixiy – falsafiy qarashlari. Kant ota tomonidan Shotlandiyalik bo’lgan bo’lsa, ona tomonidan Germaniyalik edi. Onasining ismi Reytir bo’lgan. Onasi diniy ruhda tarbiyalanganligi uchun o’z farzandlari ongiga diniy talimotlarni chuqur singdirishga harakat qiladi. Otasi hunarmandchilik bilan shug’ullanib, ular oddiygina uyda istiqomat qilishar edi. Kant to’rtinchi o’g’il bo’lgan. Keyinchalik ilohiyot bilan shug’illangan. O’g’il tarbiyasi bilan ko’proq ona shug’illangan “onamni men hech qachon unuta olmayman va unitishga haqqim yo’q. Chunki onam meni tabiatga va insonlarga muhabbatli bo’lish ruhida tarbiyalangan. Manaviy kamolotga erishishimda onamning xizmatlari beqiyos ulkandir” deydi. O’spirinlik chog’ida Muls ismli professor Kantda ilohiyotga xavas uyg’otgan bo’lsa, Knuttsen ismli faylasuf esa unga Leybnits talimotini o’rgata boshlydi. Universitetga kirishdan avval u onasidan ajraladi. Bu vaqtda Kant 13 yoshli bola edi. Kant onasining vafotidan keyin tog’asining moddiy yordami bilan Kant universitetning iloxiyot fakultetga o’qishga kiradi. Onasining vasiyatiga binoan kant universitetning iloxiyot fakultetiga hujjatlarini topshiradi. Kant talabalik yillarining daslabki vaqtlarida ilohiyotni havas bilan o’rgana boshlagan edi. Lekin keyinchalik ovozli past bo’lganligi uchun qiroat bilan ilohiy duolarni o’qishga ko’zi etmagach, uni tark etadi. U boshqa fanlarga mer qo’yadi, uni shu yo’lga burib yuboradi. Kant besh yil (1740-1745) davomida universitetda o’qib uni tugatadi. 1746 yili ogtasi vafot etadi. Otasi vafotidan so’ng uning moddiy hayoti yanada og’irlashadi. Baxtiga o’gay tog’asi qo’llab-quvvatlab turadi. Uning birinchi risolasi “Tabiatdagi jonli kuchlarning haqiqiy bahosi haqida fikrlar” tog’asining hisobiga chop etiladi. Bu risolani u 23 yoshida yozgan edi.
I.Kantning falsafiy ijodi asosan ikki qismga bo’linadi. 1.Tanqidiy davrdan ilgarigi (XVIII asrning 70 yillariga qadar). 2.Tanqidiy davri (XVIII asrning 70 yillaridan ijodining oxirigacha). Kuno Fisher esa Kantning falsafiy tizimi tarixini quyidagi davrlarga bo’ladi. 1) dastlabki davr (naturfalsafa davri).U vaqtda faylasuf ratsionalizm nuqtai – nazarida turgan. 2) empirizm davri. U davrda Yumning tasiri umuman, Shotlandiya va Angliya falsafasining tasiri katta bo’lgan va nihoyat 3) tanqidiy davr. Bu davrda Kant uzil – kesil mustaqil o’ziga xos yo’lni tanlagan. Shuni takidlash lozimki, Kant falsafasini davrlarga bo’lib o’rganish osonlik tug’diradi, lekin shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki uning o’zidan oldin hukumronlik qilganfalsafiy maktablarga mustahkam munosabati uning barcha asarlarida, yani dastlabki asarida ham, umrining oxirida yodgan asarlarida ham o’z ifodasini topgan. Kant fikricha, ilohiyot mukammal dunyoning g’oyasiga ega bo’lmog’i lozim. Buni rad etish demak, xudo fikrlovchi barcha olamlardan yaxshiroq olam bor degandek bo’lamiz. Lekin eng yaxshi haqiqiy olamni xudo yaratgan. Farovonlik g’oyasi bu xudoning maqsadidir. Keyinchalik u yum tasirida o’zining tanqidiy davridagi faoliyatini boshlaydi. Kantning butun umri sof aqlning tanqidiy asarida o’zining falsafiy ifodasini topgan. Kant juda haqgo’y bo’lganligi tufayli boshqalardan haqgo’ylikni talab etadi. Shuni takidlash kerakki Kantning falsafiy qarashlari 1762-1765 yillarda shakllandi. U o’zining “Hayotbaxshlik haqida” risolasida dogmatik falsafani ifoda etgan edi. “Salbiy meyorlar va real asoslari” nomli asarida (1763) Kant o’zining emperizm va ratsionizm o’rtasida mo’tadil o’rin egallaganligi haqida gapiradi. “Ruhoniyning tushlari” (1766) asarida uning Yum agnostitsizmiga yaqinlashganligini ko’ramiz. Oradan ikki yil o’tgach, yani 1768 yildan etiboran emperizmdan krititsizm tomon o’tganligi haqida fikr yuritadi. Kant mazkur risolada makon nima? Uning xossasi nima bilan belgilanadi? – degan savollarni ko’taradi. Jismlarning makoniy munosabati deydi Kant, ularning holatlariga bog’liq holatlarning o’zaro munosabatlarini Kant soha deb ataydi. Soha degan tushuncha nafaqat masofani balki yo’nalishni ham o’z ichiga oladi. Bunga kant oddiygina misolni keltiradi. Oq qog’ozga ikki marotaba aynan bir so’zni yozaylik. Masalan inson, inson so’zining harflari bir xil harflarning joylashishi tartib ham bir xil lekin ikki so’z yozilishida chap va o’ngda joylashagan. Biz o’ngga chapga deyish bilan harflarning joylashishini kuzatuvchiga qaratamiz. Agar makonning hossasi obektlarning qismlari o’rtasidagi munosabatga bo’g’liq bo’lsa unda biz ikki predmetni farqiga bormagan bo’lar edik. Jismlarning o’zaro bir – biridan farqi shundaki bittasi chapga joylashgan bo’lsa, ikkinchisi o’ng tomonga joylashagan bo’ladi.qizig’i shundaki Kant bunday hulosa chiqaradi Chapga – o’ngga, yuqoriga – pastga, oldinda – orqada degan iboralarimiz mutlaq makonning xossasi bo’ladi va shundan keyin ularni ham ularni kuzatuvchi hossasiga bog’liqligini hal etadi. Kan oliy oliy darajadagi fikrlarni ilgari suradi. Birinchi davrda kant erishilgan eng katta yutuqlardan biri – bu kosmologik gipotezalar to’g’risidagi ishlari edi. Ikkinchi davr – tanqidiy davrda kant dualistik falsafiy kontseptsiyani ilgari suradi. Agnostitsizm va apriorizm uning ajralmas qismi bo’lib qoladi. Kantning yutug’i shundaki, shak – shubhasiz inson tafakkurining zaruriy xususiyatidir. Shak – shubhasizlik to’g’risidagi bunday fikrlashni kant aql doirasiga kiritadi. Kant fikricha, bunday fikrlashning predmetini sof aqlning g’oyasi tashkil etadi. Kant fikricha, sof aql g’oyasi 3 xildir. Jon haqidagi g’oyalar (psixologik g’oyalar). Yaxlit dunyo to’g’risidagi g’oya (kosmologik g’oya). Xudo haqidagi g’oya (teologik g’oya). Umuman kant falsafasi mohiyatan ziddiyatlidir. Shuning uchun kantni ham so’ldan, ham o’ngdan tanqid qilishadi. So’ldan materialistlar kant falsafasining idealisti tomonlarini tanqid qilishsa, o’ngdan idealistlar uning falsafadagi materialistik tomonlarini tanqid qiladilar. Nemis klassik falsafasining keyingi taraqqiyoti kant falsafasini o’ngdan tanqid qilish yo’li bilan rivojlanib, dunyoni idealistik tushunishni chuqurlashtirib bordi. Download 72.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling