Reja Immunitet va Vaksinalar manolari covid -19 ga qarshi vaksina qanday ishlab chiqilmoqda? Vaksina — tibbiyot tarixida muhim kashfiyot
Download 35.08 Kb.
|
1 2
Bog'liqIMMUNITET VA VAKSINA6
Vaksinalar (lot. vaccina — sigirga oid), emlashda ishlatiladigan moddalar — infeksion kasalliklarning oldini olish yoki davolash maqsadida qoʻllaniladigan preparatlar. Mikroorganizmlar, shuningdek ularning zararsizlantirilgan toksinlaridan tayyorlanadi, organizmga yuborilganda tegishli yuqumli kasalliklarga nisbatan sunʼiy orttirilgan faol immunitet vujudga keladi. Tirik, oʻldirilgan, kimyoviy vaksina va anatoksinlar farq qilinadi. Tirik vaksina (chechak, poliomiyelit, qizamiq, gripp, o'lat, tulyaremiya, silga qarshi vaksinalar) kasallik qoʻzgʻatish xususiyatini yoʻqotgan, biroq immunogen xossalarga ega boʻlgan, qoʻzgʻatuvchiga qarshi himoya antitelolar hosil qiladigan maxsus kuchsizlantirilgan mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Bunda mikroorganizmlar sunʼiy ozuqa muhitida yoki hayvon organizmida uzoq undiriladi. Tirik vaksina qoʻllanilganda immunitet barqaror boʻlib, uzoq saqlanadi.
Oʻldirilgan vaksina bakteriyalar va viruslarga yuqori temperatura, ultrabinafsha nurlar, ultratovush, formalin, spirt yoki boshqa moddalar taʼsir ettirib tayyorlanadi (ich terlama, koʻkyoʻtal va boshqa kasalliklarga qarshi vaksina). Kimyoviy vaksina (ich terlama, toshmali terlama, paratiflar, vabo, difteriya, qoqshol va boshqa kasalliklarga qarshi vaksina), mikroorganizmlar yoki ularning mah-sulotlaridan maxsus ajratib olingan faol komponentlardir. Anatoksinlar bakterial ekzotoksinlardan ularning zaharli xossalarini formalinda zararsizlantirish yoʻli bilan olinadi. Tibbiyot amaliyotida bitta (monovaksina), ikkita (divaksina) yoki undan koʻp (polivaksina) mikroorganizm komponentlaridan iborat vaksinadan foydalaniladi. Mikroblarning bir necha tipidan tayyorlanib bitta yuqumli kasallikka qarshi qoʻllaniladigan vaksina polivalent vaksina deyiladi. Vaksina turli yoʻllar bilan yuboriladi; muskul orasiga (qizamiq), teri ostiga (ich terlama, toshmali terlama, paratiflar, dizenteriya, vabo, oʻlat va boshqalar), teri yuzasiga (chechak, sil, tulyaremiya, kuydirgi), burunga (gripp) yoki ogʻiz orqali (poliomiyelit). Ayrim yuqumli kasalliklar (chechak, sil, difteriya va boshqalar)ning oldini olish uchun vaksina reja asosida, boshqa hollarda esa epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha yuboriladi. Vaksinani keng qoʻllash tufayli bakterial va virusli infeksiyalarning oldini olishga muvaffaq boʻlindi. Veterinariya amaliyotida virusli (qutirish, Auyeski kasalligi, parranda chechagi, oʻrdaklar virusli gepatiti va boshqa) hamda bakteriyali (kuydirgi, brutsellyoz, leptospiroz, brauzet va boshqa) kasalliklarning oldini olish va davolashda tirik, oʻldirilgan vaksinalardan keng foydalaniladi. COVID -19 ga qarshi vaksina, samarali sinov va mavjud profilaktika choralari bilan birgalikda, pandemiyani nazorat ostiga olishga yordam beradigan muhim vositaga aylanadi. Bir necha istiqbolli vaksinaga nomzodlar qatoridan ayrimlari tasdiqlash uchun koʻrib chiqilmoqda, Pfizer/BioNTech va Moderna vaksinalari esa foydalanish uchun ma’qullandi, xavfsiz va samarali vaksinalarni yaratish jarayoni yangi bosqichga oʻtdi. COVID -19 ning bolalarga tahdidi juda katta va kasallikning bevosita jismoniy ta’siri doirasidan ancha uzoqqa chiqib ketgan. Karantin cheklovlari davom etayotganligi yoki qayta joriy qilinishi bolalar sogʻliqni saqlashning muhim xizmatlaridan foydalanishiga jiddiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Odatiy tibbiy xizmatlar qamrovi darajasining pasayishi va yaqinlashib kelayotgan retsessiya bir avlod bolalarining salomatligi va kelajagiga tahdid solmoqda. Quyida ota-onalarda potentsial COVID-19 ga qarshi vaksina haqida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan va eng koʻp tarqalgan savollarning ayrimlariga javoblar keltirilgan. Xavfsiz va samarali vaksinani ishlab chiqish uchun vaqt talab etiladi, ammo tadqiqotlar oʻtkazish, ishla chiqish va global hamkorlikka misli koʻrilmagan sarmoyalar kiritilishi tufayli olimlar dalillarga asoslangan va qat’iy tartibga solish standartlariga amal qilgan holda, rekord vaqt ichida COVID-19 ga qarshi vaksina ishlab chiqara oldilar. Hozirda 200 dan ortiq nomzod vaksinalar ishlab chiqilmoqda (56 tasi klinik va 166 tasi klinikadan oldingi sinovlarda), ularning aksariyati klinik sinovlardan oʻtish bosqichida. Ushbu nomzod vaksinalarning ayrimlari III- bosqich klinik sinovlarida – ya’ni vaksina tasdiqlanishidan oldingi yakuniy bosqichda. Shunday boʻlsa ham, esda tutish kerakki, vaksinani ishlab chiqishdan boshlab uni litsenziyalash, soʻng keng miqyosda ishlab chiqarish va undan keng foydalanish - bu juda uzoq jarayon. Vaksina kerakli tasdiqni olganidan soʻng, uni oʻz vaqtida va adolatli tarzda, unga eng muhtoj boʻlganlar foydalanishi uchun yetkazib berish muhimdir. Aynan shunda UNICEF va uning hamkorlariishga kirishadi. UNICEF dunyodagi yagona eng katta vaksina xaridori sifatidagi oʻz tajribasidan foydalangan holda, PAHO Revolving Fund va COVID-19 Vaccine Global Access Facility (COVAX Facility) bilan hamkorlikda, dunyodagi eng katta miqdorda va eng tezkor tarzda vaksinalarni sotib olish va yetkazib berish bilan shugʻullanadi. Vaksinalar yuqumli kasallikka olib kelishi mumkin boʻlgan viruslar, bakteriyalar yoki boshqa mikroorganizmlarga taqlid qilish orqali ishlaydi. Bu bizning immunitet tizimimizni unga qarshi tez va samarali javob berishga "oʻrgatadi". An’anaviy ravishda vaksinalar buni immunitet tizimimiz xotirasida saqlanib qolinadigan yuqumli kasallikning zaiflashgan shaklini kiritish orqali amalga oshiradi. Shunday qilib, bizning immunitet tizimimiz infeksiyani u bizni kasal qilishidan oldin tezda taniy oladi va unga qarshi kurashadi. Hozirda COVID-19 ga qarshi vaksina uchun nomzod vaksinalar aynan shunday ishlab chiqilmoqda. Boshqa ishlab chiqilayotgan potensial vaksinalar uchun ham yangi yondashuvlardan foydalanilmoqda: ular RNK va DNK vaksinalari deb ataladi. RNK va DNK vaksinalar antigenlarni (immunitet tizimingizda antitanachalar hosil boʻlishiga olib keladigan modda) kiritish etish oʻrniga, tanamizga genetik kodni beradi, bu bizning immunitet tizimimizga zarur boʻlgan antigenni oʻzi ishlab chiqarishiga imkon beradi. COVID-19 ga qarshi vaksinani ishlab chiqish haqida koʻproq ma’lumot olish uchun WHO (JSST) va CEPI veb-sahifalariga tashrif buyuring. Bugun profilaktika yuqumli kasalliklarning paydo bo'lishi va tarqalishini oldini olishdan ogoh etuvchi eng samarali chora-tadbirlardan hisoblanadi. Maxsus profilaktika (vaktsinasiya) — bu aholi o'ziga profilaktik emlanish yo'li bilan u yoki bu infeksiyaga nisbatan qarshilik ko'rsatish demakdir. Oxirgi 40 yilda profilaktik emlanish qizamiq, difteriya, ko'k yo'tal, poliomielit, epidemik parotit, “V” gipateti, qizilcha, sil, gripp, epidemik parotit va qoqshol kabi yuqumli kasalliklar bilan kurashishda muhim ahamiyat kasb etdi. Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tekshirish instituti bosh ilmiy xodimi, professor Egamberdi ESHBOEV shu xususda so'z yuritdi: Maxsus profilaktika usullarini qo'llash tufayli asosiy yuqumli kasalliklar er yuzidan mutlaqo kamaytirildi, hatto tugatildi ham. Buning hammasi vaksinani qo'llash evaziga amalga oshirildi. Chinchechak (natural`naya ospa) izsiz yo'qotildi, shol (poliomielit), qizamiq, ko'kyo'tal, difteriya, tepki kabi kasalliklar esa minimal darajaga tushirildi. Darhaqiqat, har qanday yuqumli kasalliklarning oldini olish, ya'ni yo'lini qirqishda vaksina, immunzardob va immunoglobulinlar muhim ahamiyatga ega. Bular ichida eng salmoqlisi vaksinadir. Vaksina (lotinchada vaccine — sigir) terminini tibbiyotga birinchi bo'lib Lui Paster XIXasrda kiritgan. Umuman olganda ayniqsa Osiyo xalqalari orasida azal-azaldan, mexanizmini tushunmasalar ham, ko'pgina yuqumli kasalliklarga ilon, chayon zahriga qarshi emlash usullarini qo'llab kelishgan. Ingliz olimi e. Jenner birinchi bo'lib “tirik” vaksinani kashf etishga muvaffaq bo'lgan va undan odamlarni chinchechak kasalligidan himoya qilish uchun foydalandi. U emlash uchun qo'zg'atuvchini (sigirlar chechagi virusi) sigir sog'uvchi ayollarning qo'liga chiqqan pufakchalar ichidagi suyuqlikdan olgan. Sigir chechagi virusi odam chechagi virusi bilan bir-biriga juda o'xshash, lekin sigir chechagi virusining zaharlilik darajasi odamnikidan ancha past. Olim sigir sog'uvchi ayollarning boshqalarga nisbatan kasalikka chalinmasligini payqab qolgan, keyinroq sigir chechagi tirik viruslari bilan odamlarni emlash joriy qilingan. Lekin ular butun olomonni emlash texnikasini amalga oshirmaganlar. Odam va hayvonning yuqumli kasalliklarigi qarshi immunoprofilaktika va immunoterapiya maqsadida faol immunitet hosil qilishi uchun ishlatiladigan biologik moddalar “vaksinalar” deyiladi. Vaksinalar bir nechta muhim talablarga javob berishi, chunonchi organizm uchun zararsiz, unga yuborilganda tana haroratini oshirmasligi (apirogen), yuqori darajada immunogen, oson yo'l bilan olinadigan, uzoq vaqtgacha sifati buzilmay va emlashga qulay bo'lishi kerak. Vaksinalar maxsus tanlab olingan viruslarning yoki mikroorganizmlarning shtammlaridan tayyorlanadi. Bunday shtammlar vaksina shtammlari deyiladi. Ular boshqa shu turdagi shtammlardan avirulentligi (zahari past) va yuqor darajada immunitetligi (kuchli immunitet chaqiradi) bilan farq qiladi. Vaksina unchalik kuchli bo'lmagan viruslardan tayyorlanadi. Lekin ularning immunitet chaqirish xususiyati juda yuqori bo'lishi kerak. Bunday toifadagi viruslar maxsus oziqli muhitlarda, qulay sharoitda qayta-qayta ekib o'stiriladi va nazorat qilib boriladi. Viruslar bir necha bor qayta ekilganida ular o'zining patogenligini, ya'ni kasallik chaqirish xususiyatini yo'qotib boradi. Ammo kuchli immunitet chaqirish odatini kamaytirmasligi kerak. Virus zarrachalari laboratoriya sharoitida tovuq embirionlari (tuxum ichida), odam yoki maymun hujayra kul`turalarida ko'paytiriladi. Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar yoki viruslarga noqulay sharoit tug'dirilsa ularda spontan mutasiyalar (o'zgarish) boshlanadi. O'zgartirilgan mutantlar ichidan zaharliligi pasaygan (avirulent) turlari ajratib olinib, alohida ko'paytiriladi. Lekin ularning shtammlari antigenlik va immunogenlik (immunitetni uzoq vaqt saqlaydigan) xossalari saqlanib qolishi shart. Odatda laboratoriya sharoitida vaksinalarni tayyorlash unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Ammo uning kasallikning oldini olish xususiyati va immunitet chaqira olish xossasini tekshirishga uzoq vaqt talab qilinadi. Barcha sinov tajribalari avval hayvonlarda, yaxshi, zararsiz natija olinganidan so'ng ko'ngilli odamlarda sinab ko'riladi. Mikrobiologiya tarixidan ma'lumki, juda ko'p hollarda dastlabki vaksinani mualliflarning o'zi qabul qilgan. Chinchechak, taun (chuma), epidemik parotit, shol, kuydirgi, quturish, sil va tulyaremiya kasalliklariga qarshi olingan vaksinalar shu tariqa olam yuzini ko'rgan va millionlab odamlarni saqlab qolgan. Tirik vaksinalar (kuchsizlantirilgan) ijobiy tomonlari: organizmga kiritilgan vaksina tarkibidagi bakteriyalar tabiiy jarayonda rivojlanadigan bakteriyalar kabi kuchli immunitet hosil qiladi. Tirik vaksinalarni tabiiy kirish yo'lidan bir marta immunizasiya (yuborilsa) qilinsa kifoya, ular kasalikka qarshi kuchli, uzoq vaqt talab etadigan immunitet yuzaga keladi. Tirik vaksinalarning kamchiligi ham mavjud: darhaqiqat organizm uchun mutlaqo irsiy jihatdan begona bo'lgan nuklein kislota (oqsil) kiritiladi. Organizmdagi avirulent shtammlar patogenlik (zaharga ta'sir etuvchi) tomonga o'zgarishi va vaksina tarkibidagi shtammlari o'stirilayotgan, ekmalardagi begona mikroorganizmlar bilan moslashishi mumkin. Tirik vaksinalarni saqlash muddati juda qisqa. Undan tashqari immuntanqisligi bor odamlarda turli xil noxush asoratlar qoldirishi xavflidir. O'ldirilgan vaktsinalar. Yuqori darajada immunitet chaqiradigan zaharli shtammlardan tayyorlanadi. Buning uchun aburulent shtammlar tanlab olinib, fiziologik eritmada suspenziya tayyorlanadi va fizik (qizdiriladi yoki kimyoviy omillar yordamida undan o'ldirilib, undan vaksina tayyorlanadi. O'ldirilgan vaksinalar tirik vaksinalardan quyidagi xususiyati bilan ustun turadi. Turg'unligi, xavfsizligi, tez va oddiy uslubda tayyorlanishi, arzonligi, uzoq vaqt saqlanishi hamda bir necha antigenlarni qo'shish mumkinligidir. Salbiy tomonlari: mikroorganizmlarning to'liq o'ldirilganligini nazorat qilish qisqa va kuchsiz immunitet chaqirishi, shuning uchun qayta rivaksinatsiya qilish parenterial yo'l bilan kiritilgani bois mahalliy immunitetning rivojlanmasligi, immunozaif organizmga kiritilganida allergik reaksiyalar berishi mumkin. Anatoksinlar. Kasallikning rivojlanish mexanizmida enzotoksinlar (tashqi zaxar)ga ega mikroblar ko'paytirilib, ulardan ekzotoksinlar ajratib olinadi. Qizig'i shundaki, ekzotoksinlarga 0,3 foizli formalin qo'shilsa va 40 gradus issiqlikda termostatda 30 kun saqlansa, toksinning zaharlilik xususiyati mutlaqo yo'qoladi, ammo antigenlik va immunitetni saqlash xossasi saqlanib qolinadi. Anatoksinlar salkam yuz yildan beri bo'g'ma, qoqshol va vabo kabi kasalliklarning immunoprofilaktikasida keng ishlatilmoqda. Keyingi yillarda botulizm va anaerabinfeksiyalariga qarshi antoksinlar ishlab chiqarilmoqda. Kimyoviy vaksinalar. Bular kimyoviy usullar yordamida bakteriya va hujayralardan yuqori darajadagi immunogenlik xuususiyatiga ega bo'lgan antigenlarni ajratib olib tayyorlanadi. Bunda patogen mikroorganizmlarning virulent antigentlaridan foydalaniladi. Natijada vaksinaning asta-sekin so'rilishi hisobiga antigenlarni uzoq vaqt immun tizimiga ta'sir etib turish ta'minlanadi. Kimyoviy vaksinaning asta-sekin so'rilishi hisobiga, antigenlarni uzoq vaqt immun tizimiga ta'sir etib turishi ta'minlanadi. Kimyoviy vaksinalarning birmuncha afzalliklari bor. Jumladan ular uzoq muddat kiritilgan joyda saqlanadi, organizmda allergik reaksiyalar chaqirmaydi, qo'shimcha asoratlar qoldirmaydi va bir necha xil mikroblar antigenlarini birlashtirib, ulardan hamkorlikda ta'sir qiladigan vaksinalar tayyorlash mumkin. Gen injeneriyasi yo'li bilan olinadigan vaksinalar. Fanda erishilgan ko'plab yutuqlarning ahamiyati evaziga yuzaga keldi va vaksinalar ishlab chiqishning biotexnologik 4 – avlodi hisoblanadi. To'rtinchi avlod vaksinalarini olishda quyidagilarga amal qilinadi: patogent mikroorganizmlarning protektiv xossalariga javob beradigan antigeni aniqlanadi. So'ngra antigenni sintez qiluvchi “gen” ajratib olinib, odam normal mikroflorasi tarkibiga kiradigan, bakteriya genomi (masalan, ichak tayoqchasiga yoki achitqi zamburug'lari” ga biriktiriladi. Mikroorganizm ko'payishi natijasida sintez qilinadi. So'ng bu omillar alohida ajratib olinib, boshqa oqsillardan tozalanadi va vaksina sifatida ishlatiladi. Download 35.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling