3-reja bayoni
Suitsidal xatar indikatorlariga yuzaga kelgan vaziyat xususiyatlari, kayfiyat, kognitiv faoliyatlar va insonning aytayotgan gaplari kirib, ular suitsidal xatarning yuqori darajada ekanidan darak beradi.
Vaziyat indikatorlari.
Inson tomonidan inqiroz sifatida idrok qilinayotgan har qanday vaziyat suitsidal xatarning vaziyat indikatori hisoblanishi mumkin: sevimli inson o’limi (turmush o’rtog’ining); ajrim; ishni yo’qotish; nafaqaga chiqish; jinsiy zo’ravonlik; qarz; yuqori lavozimni yo’qotish; kasbiy shakllanmaganlik; sodir etilgan qotillik yoki xoinlikka afsuslanish; qamoq hukmi yoki o’lim jazosi xavfi; og’ir darajada nogiron bo’lib qolish; tuzalmaydigan kasallik va u bilan bog’liq o’lim kutuvi; nerv buzilishi; er yoki xotinning xiyonati; rashq; ommaviy haqoratlash; yolg’izlik, sog’inch, charchoq; diniy motivlar; idealga taqlid va hokazo...
Suitsidal xatarning xulq -atvor indikatorlari.
Psixofaol moddalarni, alkogolni iste’mol qilish;
Uydan ketib qolish (eskeyp reaktsiya);
Boshqa odamlardan va hayotdan o’zini-o’zi izolyatsiyalash;
Har kunlik faollikni birdan pasayishi;
Odatlarni o’zgarishi, masalan, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik;
O’lim va o’z joniga qasd qilish bilan bog’liq mavzularda suhbatlarni tanlash;
G’amgin musiqalarni tez-tez tinglash;
Ishlarni tartibga solish (masalan, vasiyatlar yozish, qarindosh va
do’stlariga xat qoldirish);
Yaqinlardan uzoqlashuvchi xulqdagi to’satdan kuzatiladigan o’zgarishlar;
Oqlab bo’lmaydigan xatarli qilmishlarga moyillik;
Zaruratsiz vrach qabuliga borish;
Tartibni buzish yoki ish sifatini pasayishi va u bilan bog’liq o’qishdagi, ishdagi nojo’yaliklar;
Pul yoki qadrli narsalardan ajralish;
Suitsidni sodir etish uchun vositalarni xarid qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |