Reja: Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish


Download 293.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana17.10.2023
Hajmi293.2 Kb.
#1706349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari

Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an'naviy turi talab oshib kеtganda 
yuzaga kеladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to`la qondira olmaydi, 
taklifga nisbatan talab oshib kеtadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam 
miqdordagi tovarlarga ko`p pul massasi to`g`ri kеladi. 
Inflyatsiyada nafaqat chakana baxo, balki ulgurji baxo 
ham oshib 
boradi. G‘arb mamlakatlarida 
inflyatsiyaning asosiy ko‘rsatkichi 
qilib 
chakana baxolarning o‘zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar ma‘lum davrda 
baxolar ikki marta oshsa, 
pul ham ikki marta 
qadrsizlangan deb 
hisoblanadi. Chakana baxolar o‘sishini hisoblash maxsus davlat organlari 
tomonidan aniqlanadigan baxolar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini 
hisoblashning boshlang‘ich nuqtasi sifatida (yuz foiz deb) bazis yili 
olinadi va joriy yilda baxolar o‘zgarishi, o‘rtacha yillik o‘sish sur‘ati 
hisoblanishi mumkin. Baxolar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar 
baxosi yig‘indisi, ya‘ni tovarlar bozor savati baxosining shu tovar va 
xizmatlarning bazis yildagi umumiy baxosi, ya‘ni bozor savati baxosiga
nisbati sifatida aniqlanishi mumkin. Yuqoridagi fikrni quyidagi formula 
orqali ifoda qilish mumkin. 
Bunda 
𝐵𝐼
𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦 
=
𝐵𝑆
𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦 
𝐵𝑆
𝑏𝑎𝑧𝑖𝑠 
𝐵𝐼
𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦
-joriy yilda baxolar indeksi 
𝐵𝑆
𝑏𝑎𝑧𝑖𝑠
- bazis yildagi bozor savati baxosi 
𝐵𝑆
𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦
- joriy yildagi bozor savati baxosi 
Baxolar indeksini hisoblashda iste‘mol tovarlar baxosining indeksi 
katta ahamiyatga ega. Baxolar indeksi turli usullarda baxolar darajasini 
solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baxolar indeksi bazis yildagi 
baxolar indeksiga nisbatan oshishi- inflyatsiya deb nomlansa, ― Baxolar 
darajasining oshishi‖dan, baxolar indeksining kamayishideflyatsiya ya‘ni 
baxolar darajasining kamayishidan dalolat beradi. 
Aytaylik, bazis davr 2010- yil bo‘lsin (baxolar darajasi 100% deb olamiz)
va 2015 –yilda baxo darajasi 400. Demak 2010-2015- yillarda baxolar 4 marta
yoki 300% ga oshgan, yoki 2010- yilda biror Tovar 100 so‘m bo‘lsa, 2015-
yilda shu tovar 400 so‘m turadi. 
Iste‘mol tovarlar baxosi indeksidan tashqari ba‘zi guruh tovarlar va xizmatlar, 
masalan: oyoq kiyimlar, transport, uy-joy xizmatlari va boshqalar bo‘yicha baxolar 
indekslarini hisoblash mumkin. Baxolar indeksiga asoslanib, inflyatsiya sur‘atlarini 
aniqlash mumkin. Buning uchun joriy yil baxolar indeksidan bazis davr baxolar
indeksini chegirib, bazis davr indeksiga bo‘lamiz. 
Masalan, 2005- yilda iste‘mol tovarlarning baxo indeksi 110, 2007 –yilda 
140 bo‘lsa, 2007-yilda inflyatsiya sur‘ati quydagicha aniqlanadi. 
Inflyatsiya darajasi = 
140−110
110 
×100 = 27.27% 


Demak, 2007-yilda inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari taxminan 27.3% teng 
bo‘lgan. Inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari to‘g‘risida 
gapirganda, uning 
rivojlanishining boshqa yo‘li ham mavjud. Bu usul << 70 lar qoidasi>>
deb ataladi. Agar har yillik inflyatsiya darajasi ma‘lum bo‘lsa, baxolar ikki 
marta oshishi uchun
necha yil kerak ekanligini aniqlash mumkin. Buning 
uchun 
70ni har yilgi inflyatsiya darajasiga bo‘lish kerak. Masalan, 
inflyatsiyaning har yillik darajasi 5% bo‘lsa , baxolar darajasi 14 yildan 
keyin ikki marta oshishi kerak. Agar har yillik inflyatsiya darajasi 20% 
bo‘lsa, baxolar darajasi 3 yildan keyin ikki marta oshishi kerak. 
Iste‘mol narxlar indeksidan tashqari inflytsiyni hisoblashning boshqa usullari 
ham mavjud. 
Ishlab chiqaruvchlar indeksi (Producer Price Index)-ishlab chiqarishni 
yetkazish, soliq va boshqa qo‘shimcha ustamalarsiz sof o‘z qiymatida 
ifodalanishini bildiradi, PPIning ko‘rsatkichi vaqt jihatdan CPI ko‘rsatkichidan 
oldinroq bo‘ladi. 
Yashash xarajatlari indeksi (Cost-of-living Index, COLI)-daromad va 
xarjatlarning o‘sishini hisobg olgan holda inflyatsiyani hisoblash usulidir. 
YAIM deflyatori (GDP deflator)-bir xil turdagi tovarlar guruhi narxlarini 
o‘zgarishi orqali inflyatsiya darajasini hisoblash usuli. 
Paashe indeksi-joriy yildagi iste‘mol xarajatlarining o‘tgan yilda huddi shu 
assortimentdagi maxsulotlarni olish uchun ketgan xarajatlar summasi nisbatini 
ifodalaydi. 
Shuni ta‘kidlash kerakki, bu usul hamma vaqt ham masalan inflyatsiyaning 
o‘sish sur‘atlari yuqori (har kuni, oyda o‘zgarib boradigan ) bo‘lsa, qulay 
hisoblanmaydi. << 70 lar qoidasi >> aholi jamg‘armalarining, real yoki milliy 
maxsulot hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini to‘g‘ri 
aniqlab berishga imkon beradi. 

Download 293.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling