Reja: Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati
Download 17.51 Kb.
|
Jahonova Oydinoy mustaqil ta\'lim
Mavzu:Innovatsion o'qitishda grafik organayzerlar Reja: 1. Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati 2. Interfaol metodlar. 3. Grafik organayzerlar. Innovatsiya” tushunchasi lotin tilidan olingan bo‘lib (in-ga, novus-yangi), ya’ni tarjimasi “yangilanish”, “o‘zlashtirish”, “qandaydir yangilikni kiritish”, “yangini joriy qilish”, “yangilik kiritish”. O‘z navbatida “yangi” so‘zi ushbu tushunchaning asosiy yadrosini tashkil etadi.Jumladan, S.Turg‘unovning fikricha, innovatsiya – maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgartirishlar bo‘lib, ma’lum bir ijtimoiy birlikka – muassasa, uyushma, jamoa va guruhlarga yangi, nisbatan barqaror bo‘lgan elementlarni, umumiy holda halqning ma’naviy-madaniy munosabatlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan yangiliklarni kiritishdir. “Innovatsiya” tushunchasi doimo bir xil ma’noda ta’riflanmaydi, ko‘p hollarda u “yangilik kiritish” tushunchasi sifatida ko‘rib chiqiladi.A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boytib borish tushunilishi lozim. Bu o‘rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‘ziga xos innovator faoliyatni tashkil etadi. “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi”. Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo‘lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o‘rtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o‘rgangan. Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.Innovatsion faoliyat - bu pedagogik faoliyatning alohida turi. - Yangilik yangi usullarni, shakllarni, vositalarni aniqlash, texnologiyabolaning shaxsiga, uning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik amaliyotda qo'llaniladi. Innovatsion texnologiyalar - bu zamonaviy sharoitda bolaning shaxsiy rivojlanishidagi dinamik o'zgarishlar tufayli ijobiy natijaga erishishga qaratilgan usullar, usullar, o'qitish usullari, o'quv vositalari. "Innovatsion ta'lim texnologiyasi" nima? Bu uchta bir-biriga bog'liq komponentlardan iborat kompleks:O'quvchilarga etkaziladigan zamonaviy tarkib nafaqat fan sifatida bilimlarni rivojlanish sifatida rivojlantirishni nazarda tutadivakolatlar zamonaviy biznes amaliyotiga mos keladi. Ushbu tarkib yaxshi tuzilgan va zamonaviy aloqa vositalari yordamida uzatiladigan multimedia o'quv materiallari shaklida taqdim etilishi kerak.O'qitishning zamonaviy usullari bu nafaqat materialni passiv idrok etish asosida, balki o'quvchilarning o'zaro munosabatlari va ularning o'quv jarayoniga jalb qilinishiga asoslangan vakolatlarni shakllantirishning faol usullari.Masofaviy ta'limning afzalliklaridan samarali foydalanishga imkon beruvchi axborot, texnologik, tashkiliy va aloqa komponentlarini o'z ichiga olgan zamonaviy o'quv infratuzilmasi.Novatsiya – (yangilikning sinonimi) – oldin hech qachon bo‘lmagan yangilikdir. Bu kashfiyot,ixtiro bo‘lib, u ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishning yangi uslubidir. Novator – yangilik ochuvchi yoki qaysidir sohaga yangilik kirituvchi odamdir. Bu poydevorsiz innovatsiya jarayonini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu jarayon o‘zining tarixiy genezisi, rivojlanish fazasi, ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik asoslariga egadir. Yangilik, kashfiyot, ixtiro, patent, yangi tovar belgisi, ratsionallik fakliflar, yangi texnologiya, ishlab chiqarishni boshqaruv, tashkiliy strukturalar innovatsiyaning belgilovchi omillaridir. “Innovatsiya” tushunchasi dastlab yangi tovar turlarini ishlab chiqish, tadbiq etish va foydalanishda o‘zgarish qilish, umuman ishlab chiqarish texnologiyasida yangiliklar kiritish, bozor munosabatlarini takomillashtirish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan. Innovatsiya keng ma’noda yangi texnologiya va mahsulot turi, tashkiliy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni ishlab chiqish, moliyaviy, tijorat xarakterlarini yangilash, ulardan ko‘proq foyda beradigan darajada foydalanishni nazarda tutadi. Innovatsiya har qanday inson faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Fanda innovatsiya turli shakllarda namoyon bo‘ladi. U empirik tarzda vujudga kelgan yangiliklarni ob’ekt sifatida tanlab, keyinchalik ularga ratsional talqin berib, nazariy bilimning shakliga aylantiradi. Qadimdan boshlab hozirgacha bilim jamiyatning rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etib keladi. Pedagogik jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga tizimli yondashuvning mazmun va mohiyatini quyidagi tamoyillar asosida ko‘rsatishimiz mumkin: • pedagogik jarayon ishtirokchilari hisoblangan professor-o‘qituvchilar va talabalar mazkur jarayon subyektlari sifatida faoliyat ko‘rsatishi, ya’ni pedagogik jarayonlarda subyekt-subyekt munosabatlarining qaror topishi; • pedagogik jarayon subyektlari faoliyatining maqsadga yo‘naltirilganligi, izchilligi va o‘zaro bog‘liqligi; • majmuaviylilik — pedagogik jarayonlar o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan komponentlar majmui ekanligi; • integrativlik — harakatlanish va rivojlanishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillarning o‘zaro birligi; • o‘zaro bog‘liqlik — pedagogik jarayonlar alohida bir tizim sifatida va yuqori tartibli yaxlit pedagogik tizimning tashkil etuvchi komponenti sifatida mavjudligi; • kommunikativlik — pedagogik tizimning tashqi muhit va boshqa tizimlar bilan o‘zaro ta’sir etish xususiyatlariga ega ekanligi. Pedagogik jarayonlar samaradorligi, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonlari natijaviyligi subyektlarning shaxsiy rivojlanishi va tayyorgarligining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqlik darajasini belgilaydi. Ta’lim muassasasi faoliyatida vujudga kelayotgan pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi muammolarning ko‘pqirraliligi va murakkabligi, nafaqat pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishni sifat jihatdan o‘zgartirishni nazarda tutadi, balki uning mazmunini takomillashtirish zaruriyatini ham belgilaydi. Ta’lim muassasasini isloh qilish jarayonlari odatda lokal, alohida, qismlar bo‘yicha, ayrim professor-o‘qituvchilarning ijodiy-pedagogik faoliyati doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan yangiliklardan boshlanadi. Talabalar bilan yangi mavzuni o’rganishga kirishar ekan , oliy o’quv yurti o’qituvchisi oldida har doim savol tug’iladi : metod qanday tanlanadi , qaysi didaktik materiallardan foydalanish kerak , o’quv vazifalarini qaysi usullar bilan samarali yechish mumkin ? Har bir mashg’ulot turining pedagogik maqsadlariga erishish uchun o’qituvchi o’zining intellektual salohiyatini safarbar etish , ilg’or pedagogik tajribadan foydalanishi va nihoyat ,metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga aylanishi lozim. Umumiy holda metodning tanlanishi ta’lim va tarbiyaning didaktik maqsadlari bilan aniqlanadi. Biroq turli xil pedagogik vaziyatlarda o’qituvchi va talabalar o’rtasida faoliyat turlari o’zgarib , o’zaro almashinib turadi .Tabiiyki , bu faoliyat turlariga mos holda o’qitish metodlari ham o’zaro chog’shtiriladi. O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida metodlar va metodik usullarni tanlash – bu ularning o’zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir . Pirovard natijasida talabalar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi.To’g’ri qo’llanilgan metodlar ob’ektiv voqelikka oid bilimlarmi chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashg’ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi . Ketma-ket saralangan o’qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga, mustaqil amaliy faolyatni faollashtirishga olib keladi.Ta’lim mazmuning interfaol metodlar bilan aloqasi. Shunday qilib , biz o’qitish metodlarini tanlashni takomillashtirishning birinchi muhim shartini ularni tizimlashni , o’quv jarayonini rejalashtirish muolajalariamaliyotida qo’llash bilan bog’liqlikni aniqlashtiradigan yaxlit yondashuvni tavsifladik . Pedagogikada an’anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda ishlab chiqilgan , keyingi yillarda didaktik olimlarning ishlarida ularning yigirmadan ortig’i keltiriladi . Interfaol metodlarni tanlash mezoni – ularning ta’lim va tarbiyani rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yo’nalganligidir . Bu mezon turli xil metodlarni u yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo’li bilan joriy etiladi , chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o’zlashtirishda ularning imkoniyatlari turlichadir. Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatiga mos kelishdir.Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi . Shu bousdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz . Bir metod yordamida mavzu mazmuni to’laroq ochib berilsa , boshqasi uni ijobiy o’zlashtirishga imkon tug’diradi . Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning talabalar o’quv imkoniyatlariga to’liq mos kelishi , ya’ni samarali o’quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir .Interfaol o’qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim.Bu pedagogning o’qitish metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan o’qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi. Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi-ularning o’quv jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir.Darvoqe, o’qitishning yalpi,guruhli va individual shakllari turlicha metodlarni talab etadi.Misol uchun debat metodi ikki talaba o’rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujumda” guruhdagi barcha talabalarning ishtiroki zarur bo’ladi.Interfaol mtedlarning pedagogik Hozirda yangi metodlarni yoki innovatsiyalarni ta`lim jarayoniga tatbiq etish haqida gap borganda interfaol usullarining o’quv jarayoniga qo’llanilishi tushuniladi. Interfaollik bu o’zaro ikki kishi faolligi, ya`ni o’quv – biluv jarayoni o’zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o’quvchi – o’qituvchining o’zaro muloqoti asosida kechadi. Interfaollik – o’zaro faollik, harakat, ta`sirchanlik, u o’quvchi va o’qituvchi muloqotlarida sodir bo’ladi.Interfaol usulning bosh maqsadi o’quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o’quvchining faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishdir. U o’zining intelektual salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etadi, va o’quv sifati va samaradorligini oshiradi. Interfaollik asosida o’tgan darsni tashkil etish shunday kechadiki, bu jarayonda birorta ham o’quvchi chetda qolmaydi, ya`ni ular ko’rgan, bilgan, o’ylagan fikrlarini ochiq – oydin bildirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’quvchilarning har bir bildirgan fikrlari, u to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishidan qat`iy nazar, tanqid qilinmaydi. O’quvchilar hamkorlik, hamijodkorlikda ishlashda mavzu mazmunini bilish va o’zlashtirishda o’zlarining shaxsiy xissalarini qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’zaro bilimlar, g’oyalar, fikrlarni almashish jarayoni sodir bo’ladi. Bunday holatlar o’zaro samimiylikni ta`minlaydi, yangi bilimlarni olish, o’zlashtirishga havas ortadi.Dars jarayonida bir – birlarini qo’llab – quvvatlash, o’zaro samimiy, do’stona munosabatlar vujudga keladi. Bu muhitni yaratilishi juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.Dialog asosida kechgan jarayonlarda o’quvchi tanqidiy fikrlashga, murakkab masalalarni ham tahlil asosda echimini topishga, shunga yarasha axborotni izlash, ayrim alternativ fikrlarni o’zaro muzokaralarda erkin bayon qilishga o’rganadi va shunday ko’nikmalar shakllanib boradi.Interfaol darslarni tashkil etishda o’quv jarayonida yakka tartibda, juft bo’lib ishlash, guruhlarda ishlash, izlanishga asoslangan loyihalar, rolli o’yinlar, hujjat bilan ishlash, axborot manbalari bilan ishlash, ijodiy ishlashlardan foydalanish mumkin.Interfaol usullar nimalarni o’z ichiga oladi? Hozirgi kunda mamlakatimiz metodistlari, trenerlari, amaliyotchi o’qituvchilari turli shakl – formalar taklif etmoqda va amaliyotda qo’llamoqda. Ulardan: Juftlikda ishlash; Karusel; Kichik guruhlarda ishlash; Akvarium; Tugallanmagan gaplar; Aqliy hujum; Broun harakati; Daraxt yechimi; O’z nomimdan so’zlayman; Rolli o’yinlar; Press metod; O’z pozitsiyasini egallash; Munozara; Debatlar; Katta davra va boshqalar. Yuqoridagi turli shakl – formalardan foydalanishda, o’quvchilarni shu jarayonda ishlashga tayyorlab, ularni ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan hollarda qo’llanilsa, kutilgan natijalarni olish mumkin. Boshlang’ich ta`lim darslarida tashkil etilayotgan ta`lim-tarbiya jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etishga bo’lgan ijtimoiy buyurtma mohiyatini nazorat guruhi respondentlarining 34 foizi, tajriba guruhining 43 foizi ijobiy tarzda e`tirof etgan bo’lsalar, tegishli ravishda 30/21 foiz respondentlar esa boshlang’ich ta`lim darslari faoliyatini interfaol metodlar asosida tashkil etish muammosining u qadar dolzarblik kasb etmaslikligini, O’zbekiston Respublikasida kechayotgan o’tish davri sharoitidagi ayrim muammolarning mavjudligi bu borada muayyan yutuqlarni qo’lga kiritish imkonini bermasligini ta`kidlaydilar.Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining interfaol metodlar mohiyatidan xabardor bo’lmasligiga asosiy ta`sirni ko’rsatgan omillar ichida ushbu nazariya mohiyatidan ma`lumot beruvchi manbalarning mavjud ehtiyojlarni qondira olmasligi etakchi o’rin tutishini tegishli ravishda respondentlarning 42/46 foizi alohida ta`kidlab o’tgan bo’lsalar, 22/28 foiz respondentning javoblari ijobiy xarakterdadir. Pedagogik texnologiyalar mohiyatidan xabardor etuvchi manbalarning deyarli rus tilida ekanligi ham 42/36 foiz respondentlarning e`tiroziga sabab bo’lgan.To’rtinchi savolga javob bergan respondentlarning 30/9 foizi boshlang’ich ta`lim darslari ma`muriyati tomonidan pedagogik jarayonni interfaol metodlar asosida tashkil etish masalasiga e`tiborning qaratilayotganligini e`tirof etgan bo’lsalar, 34/31 foiz respondentlar ushbu fikrga qarama-qarshi bo’lgan mulohazani qayd etadilar. Respondentlarning 30/33 foizi garchi kasb-hunar kolleji o’quv faoliyatini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida muayyan yutuqlar qo’lga kiritilmagan bo’lsada, o’quv yurti rahbariyatining bu yo’lda olib borayotgan harakatini qo’llab-quvvatlashlarini ta`kidlab o’tganlar. Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish uchun poydevor bo’lishi lozim bo’lgan pedagogik shart-sharoitlarning ba`zi o’qituvchilar qzlari ishlayotgan kasb-hunar kollejida mavjud ekanligini tegishli ravishda 23/26 foiz respondent e`tirof etgani holda, 41/38 foiz respondentlar ushbu fikrga zid bo’lgan fikrni bildirganlar.Savolnoma tarkibidan o’rin olgan ettinchi savolga javob qaytarar ekanlar kuzatilgan respondentlarning 10/14 foizi pedagogik faoliyatini texnologik yondashuv asosida tashkil etayotgan o’qituvchilarning kasb-hunar kolleji rahbariyati tomonidan rag’batlantirilib borilayotganligini ta`kidlaydilar. Biroq aniqlangan kqrsatgichlar nihoyatda past bo’lib, bu boradagi holat mutlaqo qoniqarsiz ekanligini anglatadi. Kuzatilgan 54/50 foiz respondent ushbu savolga salbiy ma`noda javob qaytargan.Boshlang’ich ta`lim darslarining o’qituvchilari pedagogik texnologiyalar mohiyatini o’zlashtirish jarayonida xalqaro hamda ijtimoiy tashkilotlarning bu boradagi yordamlarini qay darajada his etayotganliklarini aniqlashga qaratilgan savolga respondentlarning 12/11 foizi ijobiy va 52/53 foizi salbiy javob qaytarganlar. Bizning nazarimizda mazkur o’rinda xalqaro tashkilotlarning yordamini e`tirof etish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan respondentlar tomonidan bayon etilgan javoblardan ko’rinib turibdiki, boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish bugungi kun talablari darajasida emas ekan. Mazkur holatni bartaraf etish uchun maxsus dastur asosida muayyan pedagogik faoliyatni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish lozim.Yangi pedagogik texnologiya nazariyasi ta`lim-tarbiyaning globallashuvi sharoitida boshlang’ich ta`lim o’kuvchilari tomonidan qisqa vaqt oralig’ida puxta bilimlarni o’zlashtirish imkoniyatini beradi. Mazkur nazariya g’oyalarini uzluksiz ta`lim-tarbiya tizimida faoliyat olib borayotgan ta`lim-tarbiya muassasalarining o’quv jarayoniga tadbiq etish dolzarb vazifa hisoblanadi.Ta`lim-tarbiya muassasalarining o’quv faoliyatiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasida dastlabki tajribalar to’plangan bo’lsa-da, ular davr talablariga etarli darajada javob bermaydi. Garchi pedagogik texnologiya nazariyasining shakllanganligiga tarixan uzoq vaqt bo’lmagan bo’lsa-da, ayni vaqtda pedagogika nazariyasi ushbu ta`limot mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi salmoqli manbalarga ega. Pedagogik texnologiya va uning mohiyati borasidagi manbalarning aksariyati ushbu ta`limot yuzasidan nazariy bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.Texnologik prinsiplariga mos kelishi umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi.Ma’lumki,pedagogik texnolgik ham ma’lum qonuniyatalar asosida loyihalanadi va o’quv jarayonini tashkil etishga asos yaratadi, joriy qilingach esa yakuniy natijani,talabaning u yoki mavzuni mustaqilligini ta’minlaydi. Ta’limning umumiy maqsadidan kelib chiqib o’qitishning ayni bosqichidagi tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalarni yechish zaruratni hisobga olgan holda ajratilgan variant tahlillanadi va baholanadi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay ,qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish,ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish,shuningdek,o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish,ular tomonidan egallangan bilim,ko’nikma,malaka darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatiga ega,ya’ni,har bir pedagogo ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati,kasbiy mahoratidan kelib chiqib holda ijodiy tashkil etishi lozim.Qanay shakl,metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar: -pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish; -o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish; -o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi; -o’quvchilarda mustaqil,erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi; -o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; “Fikriy hujum” metodi o’quvchilarning mashg’ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash,ularni erkin fikr yuritishga rag’batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish ,muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g’oyalarni to’plash,shuningdek,ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabli bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rgatish uchun xizmat qiladi. “Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo’lib,uning asosiy tamoyili va sharti mashg’ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash,har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag’batlantirishdan iboratdir.Bundan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning mashg’ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muffaqiyatli foydalanish o’qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko’lamining kengligiga bog’liq bo’ladi.”Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog’ida o’quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg’ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin. “Yalpi fikriy hujum” metodi J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib,uni bir necha o’n nafar o’quvchilardan iborat sinflarda qo’llash mumkin. Metod o’quvchilar tomonidan yangi g’oyalarning o’rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladei.Har biri 5 yoki 6 nafar o’quvchilarni o’z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo’lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haiqda guruh a’zolaridan biri axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot o’qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi.Mashg’ulot yakunida o’qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o’ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg’ulot jarayonida guruh a’zolarininig faoiyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko’ra baholab boriladi. Grafik organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi. Grafik organayzer quydagi turlarga bo`linadi: Ma`lumotlarni tarkiblash va tarkibiy bo`lib chiqish, o‘rganilayotgan tushunchlar (voqea va hodisalar, mavzular) o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish usul va vositalari: Klaster, Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvali. Ma`lumotlarni taxlil qilish, solishtirish va taqqoslash usuli va vositalari.T-jadvali, venn diagrammasi. Muammolarni aniqlash, uni hal etish, taxlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: ” Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “ Piramida”, “ Nilufar guli” sxemalari, “ Qanday?” ierarxik diagrammasi, “Kaskad” tarkibiy – mantiqiy sxema kabi turlari mavjud. “VENN DIAGRAMMASI” METODI Venn diagrammasi ikki va uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Talabalarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Undan foydalanish bosqichlari: -Talabalar ikki guruhga bo‘linadi; -plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qo‘yiladi; -har bir to‘g‘ri fikrga qo‘yiladigan ball oldindan kelishib olinadi; -qo‘yilgan topshiriq bo‘yicha guruhlarning har qanday to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri fikrlari bir talaba tomonidan ikki xil rangdagi flomasterda diagrammaning tegishli joylariga yozib boriladi; -kichik guruh ichidan biror talaba sheriklarining ismi-shariflari to‘g‘risiga ular aytgan fikrlarni qayd qilib boradi; -fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach, o‘qituvchi va talabalar hamkorligida to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar aniqlanadi; -to‘g‘ri javobga uch ball qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir noto‘g‘ri fikr uchun guruhning umumiy balidan uch ball olib tashlanadi; -eng ko‘p ball to‘plagan guruh g‘olib hisoblanib ular rag‘batlantiriladi; -bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning noto‘g‘rilari o‘chirib chiqiladi va natijalar e’tiborga olingan holda talabalarga tabaqalashtirilgan ball qo‘yiladi. Venn diagrammasi metodini barcha talabalar bir-biriga bog‘liq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. Quyida ushbu metodni Zamonaviy iqtisodiyot darslarida qo‘llash mumkin: Rag‘batlantiruvchi marketing bilan Remarketing umumiy va farqli tomonlarini aniqlashga doir quyidagi diagrammani misol tariqasida keltirish mumkin mavzularni umumlashtiris maqsadida “Venn diagrammasi” qo`llanilsa dars samaradorligi oshadi. Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan o‘qitishdir. O‘qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarda bundan tashqari boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning ko‘chkisimon o‘sishi bilan belgilanadi. Talabalarning individual tabiiy qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni boricha maksimal darajadagi axborotni o‘zlashtirish faqat kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.Ya’ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi asosida o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishish mumkin.O‘qitishning kompyuter texnologiyasi, kompyuterning inson individual qobiliyatlariga mosligiga tayanadi. O‘qitish jarayonini optimal darajada tezkor boshqarish imkoniyati mavjudligi, bu o‘qitishning turining universal muloqoti ko‘rinishida ekanligi, psixologik qulayliklari, o‘qitishning cheklanmaganligi bilan ajralib turadi. Download 17.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling