Ayovsiz bemaromlik qonunida pedagogik jarayon va hodisalar to‘g‘risidagi yaxlit tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo‘linadi, pedagogik yangilik baholanadi va u yangilikning ahamiyati va qimmatini keng yoyadi.
Nihoyat amalga oshish qonuni yangilikning hayotiyligi bo‘lib, u erta yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi.
Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni shundan iboratki, unda pedagogik innovatsiya fikrlashni bir qolipga tushirish va amaliy harakatga o‘tish tendentsiyasiga ega bo‘ladi.
Bunday holatda pedagogik qolip (stereotip) qoloqlikka, boshqa yangiliklarning amalga oshish yo‘liga to‘siq bo‘lishga majbur bo‘ladi.
Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi.
Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini farqlaydilar:
Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o‘tadi, ya’ni innovatsion jarayonda unga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart sharoitlari tizimi, usullari va yo‘llariga ongli munosabat bo‘lmaydi.
Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir.
Pedagogning innovatsion faoliyati tuzilmasi.
Pedagogning innovatsion faoliyatiga - yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi.
V.A.Slastenin pedagogning innovatsion faoliyatini tuzishda unga akmeologik jihatdan yondashadi.
Akmeologiya (akme) - yunoncha oliy nuqta, o‘tkir, gullagan, yetuk, eng yaxshi davr degan ma’nolarni bildiradi.
B.G.Ananev, N.V.Kuzmina, A.A.Derkach va boshqalar kasbiy faoliyatning samarasini oshirish bilan yo‘g‘rilgan inson hayotining eng ijodiy davrlari, yetuklik bosqichlari to‘g‘risida fikr yuritadilar. Ular yetuk insonlarning professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari, professionalizmga yetishdagi balandliklardan o‘ta olish masalalari bilan shug‘ullanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |