Reja: Innovatsiyalarning
Innovatsiya nazariyasining asosiy bosqichlari
Download 1.17 Mb.
|
маруза24,09,2022
Innovatsiya nazariyasining asosiy bosqichlariInnovatsion nazariya doirasida turli xil tarixiy bosqichlarda ob’ektiv iqtisodiy jarayonlar ta’siri ostida asta-sekin turli maktablar va tendensiyalar paydo bo‘ldi, ular innovatsiyalar namoyon bo‘lishining ko‘p qirrali tomonlarini aks ettirdi va o‘rganib chiqdi. Ilmiy va o‘quv adabiyotlarda innovatsion rivojlanishning umumiy evolyutsiya sharoitida innovatsiyalar nazariyasining asosiy tendensiyalari yetarlicha to‘liq tahlil qilingan. Tarixiy konteksda innovatsiyalar nazariyasining asosiy bosqichlarini ob’ektiv va izchil tahlil qilish innovatsion sohani rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalarini shakllantirish mantig‘ini tushunish uchun juda muhimdir. Shu bilan birgalikda ko‘plab mualliflar ko‘pincha innovatsiyalar nazariyasini davriylashtirishda turli xil yondashuvlar va qarashlarni taklif qilishadi, turli mezonlarni ajratib ko‘rsatishadi va shu asosda innovatsion rivojlanish tushunchalarini tasniflashni amalga oshiradilar [5.4]. Shubhasiz, bunday tadqiqotlar ma’lum darajada innovatsiyalar nazariyasini rivojlantiradi, bu esa o‘quv va ilmiy maqsadlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Taklif qilingan variantlarning har biri ilmiy tadqiqot maqsadlariga qarab u yoki bu muallifning pozitsiyasini aks ettiradi. Shu sababli innovatsiya nazariyasining kelib chiqishi, shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risida tizimli, yaxlit ko‘rinishni olish uchun bizningcha, tahlilning ikkita usulidan foydalanish maqsadga muvofiq: evolyutsion va maqsadli. Tahlilning evolyutsion usuli asosida innovatsion rivojlanish qonunlari to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lish, zamonaviy tendensiyalar va innovatsiyalar sohasining namoyon bo‘lish xususiyatlarini chuqur anglashga imkon beradigan innovatsiyalar nazariyasining rivojlanish evolyutsiyasining umumiy mantig‘ini tushunish kerak. Bu yerda tasniflashning asosiy mezonlari tarixiy yondashuv - tushunchalarni tahlil qilish va tasniflash, maktablar va nazariyalar tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo‘ladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling