Reja: Innovatsiyalarning
Download 1.17 Mb.
|
маруза24,09,2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy-texnik (innovatsion) tashkilotlar xodimlari mexnatini tashki etishning xususiyatlari
Tayanch iboralari:Birlashish, qo‘shilish, “buzuvchi innovatsiya”, “mudofaa strategiyasi”, biznes sheriklari: xodimlar, aksiyadorlar, ommaviy axborot vositalari, yetkazib beruvchilar, mijozlar. Nazorat savollari:Iqtisodiy tanazzul paytida va qo‘shilish sabablari nimada? Yangi texnologiyalarni joriy etish orqali tashqi muhitning jiddiy “zarbalari”dan muvaffaqiyatli o‘tgan kompaniyalarga misollar keltiring Ochiq bozorda texnologiyani sotib olishning asosiy muvaffaqiyat omillari qanday? Ochiq bozorda texnologiyalarni sotib olishda asosiy “afsonalar” nimalardan iborat. Ochiq bozorda texnologiyani muvaffaqiyatli sotib olishga misollar keltiring. Mavzu : Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini boshqarish. Reja Ilmiy-texnik (innovatsion) tashkilotlar xodimlari mexnatini tashki etishning xususiyatlari Jamoalar shakllanishi Innovatsion faoliyat sohasida ishchilar mehnati motivatsiyasi va rag‘batlantirish Ilmiy-texnik (innovatsion) tashkilotlar xodimlari mexnatini tashki etishning xususiyatlariInnovatsion mexanizm (ilmiy salohiyat) ning kadrlar tarkibi, ya’ni ilmiy-texnik xodimlar, “tadqiqot – ishlab chiqarish – iste’mol” jarayonini amalga oshiruvchi ilmiy, muhandislik-texnik va boshqa toifadagi xodimlardan tashkil topgan ijtimoiy- professional guruhdir. Ular yagona yakuniy maqsad, mehnat mazmuni, tabiati va sharoitlari, rag‘batlantirish tizimida umumiy xususiyatlar bilan bog‘liq. Ilmiy-texnik xodimlarga doimiy ravishda tadqiqotlar, loyihaviy-konstruktorlik, texnologik, tashkiliy-uslubiy ishlanmalar va ularni amalga oshirish (o‘zlashtirish va tadbiq etish) bilan shug‘ullangan xodimlar kiradi. Innovatsion jarayonga jalb etilgan ilmiy-texnik xodimlar umumiy ishchi tarkibiga kirib, milliy daromad yaratilishida ishtirok etishadi. Ilmiy-texnik kadrlar tarkibiga ilmiy xodimlar, konstruktorlar, texnologlar, loyihachilar, iqtisodchilar, ITI va KBlarning boshqa toifa mutaxassislari, hamda tajriba-eksperimental korxona va sexlar ishchilari kiradi. Birlashma va korxonalarning ilmiy-texnik bo‘linmalar xodimlarini ham ularning tadqiqot va ishlanmalarda ishtirok etishi darajasini hisobga olgan holda ushbu toifaga kiritish mumkin. 1995 yil Kanberrada (Avstraliya) IHRT (Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) tomonidan qabul qilingan “Fan va texnika kadrlar resursini o‘lchash bo‘yicha Kanberra qo‘llanmasi” ga muvofiq, ilmiy-texnik kadrlar malaka darajasi, ilm-fan, kasb-hunar sohalari, bandlik toifalari (shu jumladan, ishsizlar va iqtisodda band bo‘lmaganlar), sohalar, hududlar, jins, yosh, milliy kelib chiqishi bo‘yicha tasniflanadi. Bundan tashqari, ularning turli manbalar bo‘yicha kelishi va turli yo‘nalishda, shu jumladan, xorijga, ketishi hisobga olinadi. Ilmiy-texnik tashkilotlar xodimlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ilmiy xodimlar, ilmiy-texnik personal, ilmiy-yordamchi personal, ma’muriy-xo‘jalik personal, ishlab chiqarish personali (tajribaviy va ishlab chiqarish bo‘linmalari bilan). Ilmiy-texnik kadrlar tuzilmasida asosiy bo‘g‘in – ilmiy xodimlar bo‘lib, ular yangi g‘oyalarni ilgari surib, kashfiyotlar qilib, innovatsion yechimlar taklif etib, muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy-texnik personalga konstruktorlar, texnologlar, eksperimentchilar va ilmiy xizmat ko‘rsatish, tadqiqotlar natijalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan boshqa toifadagi ishchilar kiradi. Ilmiy- yordamchi personal patent xizmatlar, ilmiy-texnik va moliya- tijorat axboroti bo‘linmalari, moliya-iqtisod bo‘linmalari xodimlari, laborantlar, hamda tajribaviy-eksperimental ishlab chiqarish ishchilari, ilmiy jihoz va asboblar sozlovchilari, kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislardan iborat. Ma’muriy-xo‘jalik personalga kotiblar, ish yurituvchilar, referentlar, mashinistkalar, hujjatlarni ko‘paytirish xizmati (kserokopiya va b.) ishchilari kiradi. Ilmiy-texnik tashkilotlar (shu jumladan, korxona va birlashmalar ilmiy bo‘linmalari) da xodimlarni boshqarish – bu kadrlar rejalashtirilishi, tanlovi xodimlar joyini almashtirish, jamoada o‘zaro munosabatlarning optimal (ratsional) tuzilmasini shakllantirish, xodimlarning motivatsion fe’l-atvorini tartibga solish, jamoada maqbul ma’naviy-psixologik iqlim yaratish, nizoli vaziyatlarni hal etish, mehnatni tashkil etish va rag‘batlantirish funksiyalarini bajarishdir. Innovatsion tashkilotlarda xodimlarni boshqarish funksiya va usullari ko‘p jihatdan innovatsion ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari va mazmuniga bog‘liq. Ushbu xususiyatlarga quyidagilar kiradi: bajarilayotgan ishlar noyobligi va betakrorligi, xodimlar bilimdonligi va yuqori malakasi, innovatsion jarayonni informatsion ta’minlash yetishmovchiligi (ayniqsa, dastlabki bosqichlarda), ko‘plab tashkilotlar (shu jumladan, venchur) faoliyat ko‘rsatishi xavfi, innovatsion ishlarni bajaradigan mutaxassislar tarkibida ijtimoiy guruhlar turli- tumanligi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda, xodimlarni boshqarishning ayrim jihatlari quyida keltirilgan. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling