Reja: Inshootlarni tekshirish va sinashning maqsad va vazifalari Tekshirishning asosiy bosqichlari Sinash usullari va vositalari Tajribada statik yuklamalarni hosil qilish yо‘llari Inshootlarni tekshirish va sinashning maqsad va vazifalari


-rasm. Temirbeton tо‘sinning yuklanish sxemasi


Download 71.63 Kb.
bet5/7
Sana13.02.2023
Hajmi71.63 Kb.
#1195605
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bino inshoatlarining yonish va portlash hafi boyicha toifalanishi

13.1-rasm. Temirbeton tо‘sinning yuklanish sxemasi
13.1-rasmda tasvirlangan 2-metall fermalar sinalayotgan konstruksiyalarning har ikkala tomonida joylashadi. Domkrat orqali yuklama 5-bо‘ylama traversalar yordamida tо‘sinning ikki nuqtasiga uzatiladi. 4-domkrat fermaning yuqori tuguniga 3-traversa orqali tayanadi. Metall ferma tayanchiga fakat tо‘sin va ferma xususiy og‘irligi tushadi xolos.
Yuklashda sinov obyekti ustivorligini ta’minlovchi tadbirlarni kо‘zda tutish lozim. Taqsimlangan yuklamalarni hosil qilishning juda kо‘p usullari mavjud. Donador yuklar bilan yuklama hosil qilish universalligi bilan ajralib turadi.

13.2-rasm. Tekis taqsimlangan yuklamalarni donador yuklar bilan hosil qilish sxemasi
Donador yuklar (13.2-rasm) bilan yuklama hosil qilinganda, har bir yuk ustunchasining eni sinalayotgan tuzilma uzunligining 1/6 qismidan oshmasligi, oraliq masofalar esa 50 mm dan kam bо‘lmasligi lozim. Shunda konstruksiya egilganda, ustunchalarning yuqori qismlari bir-biriga tegib qolmaydi.

13.3-rasm. Suv yordamida yuklama hosil qilish sxemasi
Gorizontal yuzali konstruksiyalarni yuklashda (13.3-rasm) suvdan foydalanish mumkin. buning uchun tо‘siqlar 1 hosil qilinib, konstruksiya yuzasiga himoyalovchi brezent 3 yotqiziladi, sо‘ngra hosil bо‘lgan idishga suv о‘tkazmaydigan material 4 yotqiziladi.
Bu usulning bir qator afzalliklari mavjud:

 yuklash va yuk olishning ixtiyoriy rejimda amalga oshirilishi.
Dinamik yuklamalarni vujudga keltiruvchi vositalar
Dinamik yuklamalarni hosil qilishni quyidagi usullari mavjud:

  • mexanik

  • gidravlik

  • pnevmatik

  • elektrik (eloktromagnit, elektrodinamik, ppezoelektrik)

Vibrostol, vibrostend va vibroplatformalarda konstruksiyalarni sinashda siklik yuklamalar markazdan kochuvchi va krivoship mexanizmlar yordamida hosil qilinadi.
Gidravlik usul tashqi manba energiyasini siqilgan suyuqlik energiyasiga, siqilgan suyuqlik energiyasini esa obyekt qarshiligini yengishga ishlovchi mexanik energiyaga aylantirib berishga asoslangan.
Pnevmatik usul portlash yoki oldindan siqilgan havo energiyasini qо‘llashga asoslangan. Elektrik usullar asosan siklik yuklamalar hosil qilishda qо‘llaniladi.
Gravitatsion ta’sir yordamida zarba hosil qilish 13.4-rasmda tavirlangan. Birinchi holda (13.4.,a rasm) yuk ma’lum bir balandlikdan maxsus himoyalovchi tо‘shama ustiga tashlanadi. Ikkinchi holda (13.4.,b rasm) yuk ta’siri bevosita konstruksiyaga yuklamani uzatiladi. Har ikkala holda ham yuk og‘irligi konstruksiya og‘irligidan kichik bо‘lishi lozim. Gorizontal tebranishlarni (13.4.,v rasm) ballistik mayatnik yordamida hosil qilish mumkin.




Download 71.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling