Reja: Intellekt va kreativlik haqida tushuncha
Download 36.52 Kb.
|
Reja Intellekt va kreativlik haqida tushuncha
Intellekt va kreativlik Reja:
2.Intellekt va kreativlik nazariyalari. Intellekt sohasida psixologik differensialsiya - irsiyat, jins, madaniyat, muhit. 3.Intellektni o`lchash metod va metodikalari. 4.Intellekt sohasidagi buzilishlar. 5.Xulosa. 6.Foydalanilgan adabiyotlar. Ilmiy manbalarda qayd etilishiga kora, intellekt, lotincha intellectus sozidan olingan bolib, u odatda aql-idrok, anglash, tushunish, faxmlash degan manoni anglatadi. Intellekt individning malum darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari tuzilishidan iboratdir . Insonning aqliy taraqqiyotini tadqiqot qilish bugungi kundagi fan oldida turgan muhim vazifalardan biri bolib qolmasdan, balki bu muammo qadimgi davrlardan beri mutafakkir, marifatparvar olimlarning diqqat markazida bolib qolgandir. Xatto mazkur masala antiq dunyoda yashab, ijod etgan atoqli faylasuf olimlarning diqqatini oziga jalb qilgan. Ularning nuqtai nazariga kora, nus inson ruhining oliy, shuning bilan birga oziga xos aqlli tarkibi bolib, chunonchi Platon va Aristotellar olam hamda borliqni bilishning eng maqbul yoli ekanligini takidlab otadilar. Xuddi shu boisda, nus aql bilishning eng yuksak bosqichi sifatida talqin qilinadi . Orta asrga kelib, intellekt tusunchasining mazmuni va mohiyati ilm-fan mahsullariga asoslangan holda yanada kengaydi, yangicha alomatlar bilan boyib bordi. Masalan, osha davrdagi eng keng tarqalgan talimotlardan hisoblangan sxolastikada ilohiy intellekt tushunchasi tadqiq qilina boshlandi hamda mazkur atama (termin) bilan oliy, yuksak, yuqori bilish qobiliyatlari tushuntiriladigan boldi. Mashhur faylasuf Kantning talimotiga binoan, intellekt (nemischa verstand) bu bizdagi mavjud barcha tushunchalar tuzilishining strukturaviy bilish qobiliyatidir, zotan aql (nemischa-vermust) esa metafizikaviy goyalar tuzulishining bilish qobiliyatidir. Intellektning mohiyati va taraqqiyotini tushuntirishda qadimgi zamondayoq turli xususiyatga ega bolgan oqimlar hukm surib, ular malum bir fikrlar, mulohazalar negizida birlashgan hamda xuddi shu yondashuv qurshovida baxslashganlar. Olimlar ortasida intellektning mohiyatini tushuntirishda, uni talqin qilishda va xasposhlashda ikki xil qarash mavjud bolgan. Birinchi guruh vakillarining qarashicha, intellektual xususiyatlar odamlarga nasliy yol bilan ota-onalar tomonidan beriladi. Ikkinchi guruh namoyandalari esa intellektni bola idrokining talqini va tashqi qozgatuvchilarga nisbatan munosabati bilan boglab tushuntirganlar. Hozirgi davrga kelib esa insonning aqliy taraqqiyotini organish uchun hech vaqt kechiktirib bolmaydigan qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Intellekt muammosi sobiq sovet psixologiyasida ham, chet el psixologiyasida ham eng kop organilayotgan mavzulardan biriga aylanib qolmoqda. Ozbekistonda, sobiq sovet psixologiyasida va chet elda intellekt mohiyatini talqin qilishda turlicha yondashilsa ham, lekin umumiy maqsad bitta bolib, u ham bolsa, insonning intellectual taraqqiyoti, uning xususiyatlari, oziga xosligini ochib berishdan iboratdir. Kopgina manbalarda sobiq sovet psixologiyasida aqliy istedod yoki qobiliyat deb yuritilish anana tusiga kirib qolgan. AQSH va Garbiy Yevropa mamlakatlari psixologiyasida qobiliyatni miqdor jihatdan olchash, uni tavsiflash uchun intellekt tushunchasi qollanilgan. Oz davrining yirik psixologlari hisoblangan Kettel, Termen, Spirmen va shu kabilar otgan asrning oxiri va XX asrning boshlarida inson qobiliyati darajasini olchash maqsadida turli xususiyatli intellektual testlarni ishlab chiqqanlar. Jahon psixologiyasi fanida intellektni organish otgan asrning oxirlaridan etiboran jiddiy ravishda etibor berila boshlandi. Mazkur muammoni tadqiq etishning yalovbardori sifatida A.Bine intellektni jahon ilm maydoniga olib chiqdi. (U fransuz psixologi edi). A.Binening maqtovga sazovar jihatlaridan biri shuki, u har bir yosh davri uchun shunday testlar seriyasini tuzish kerakki, toki uning yechilishi faqat aynan shu davrga taaluqli bolsin. Test maktab bilimlaridan mustaqil bolishi kerak, faqat ana shundagina bolaning haqiqatan ham aqliy rivojlanish darajasi tekshiriladi, degan mulohazalari muhim ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, bola intellekti har qanday masala yechish jarayonida rivojlanadi, degan goyadan kelib chiqqan holda u test topshiriqlarini nazariy asoslash shart emas deb hisobyaydi, natijada ayrim shubhalar tugilishga imkoniyat yaratdi, tanqidiy fikrlashga tadqiqotchini davat qiladi. Asrimizning boshlarida esa intellektni tadqiq qilish yuzasidan Bine va Simon talimotlari jahon psixologiyasi fanida keng quloch yoydi, natijada bir qator mamlakatlarda ularning tatafdorlari, hamfikrlari vujudga kela boshlaydi. Bine va Simonlardan keyin bir qator boshqacha shaklga va korinishga ega bolgan testlar va ularning muayyan tizimlari hamda mazkur mualliflar testlarining kop sonli modifikatsiyalari yuzaga keldi. Ular orasida amerikalik psixolog L.Termen tomonidan ishlab chiqilgan modifikatsiya alohida ahamiyatga molikligi bilan ajralib turadi. U oz tadqiqotlarida (asarlarida) Galtonning aqliy qobiliyatini genetik jihatdan shartlanganligi togrisidagi nazariyasiga koproq murojaat qildi . 1921-yilda Psixologiya ta`limi jurnali sahifalarida amerikalik (AQSh) yirik psixologlari tomonidan uyushtirilgan ilmiy baho va munozaralar bosilib chiqildi. Ularning har qaysidan intellektni tushuntirish va uni tadqiq qilishning eng yaxshi usuli soralganda, deyarli barcha olimlar test tadqiqotlarini eng maqbul, eng omilkor usul deb baholadilar, vaholanki ularning intellekt haqidagi tushunchalari bir-birlarini inkor qilarli darajada edi. Jumladan, Intellekt mavhum tafakkurga nisbatan qobiliyatlilikdir (L.Termen)[18.b.21]. bilimlarning ozaro manosabatliligi va ularning atrof-muhitga moslashishdagi komagi ekanligi (E.Torndayk) . nerv sistemasining modifikatsiyalariga nisbatan asosiy qobiliyati (R.Gingner) . ozlashtirishga nisbatan qobiliyat korinishi (X.Vudirs) va boshqalarni talqin qilib otish mumkin . Intellekt strukturasini aniqlash asrimizning boshlarida, ayniqsa psixolog olimlarning diqqatini oziga tortdi. Mashhur amerikalik olim Spirmen (1904-yil) individning xulq-atvoridan kelib chiqqan holda intellektning allaqanday bosh omilini ajratib korsatdiki, natijada uni G faktori deb atadi. Uning fikriga kora, arifmetik masalani yechishda, mashina dvigatelini tamirlashda yoki birorta chet mamlakat tilini organish jarayonida odamning miyasi hech qachon birday ishlamaydi . Intellekt tuzilishini (strukturasini) tadqiq qilish Spirmendan tashqari bir qator olimlarning izlanishlarida oz ifodasini topdi. Jumladan, amerikalik psixolog F.Frimen intellekt oltita (6) tarkibdan iborat, degan goyani ilgari suradi va ularni quyidagicha xasposhlab korsatadi: Sonli operatsiyalarga nisbatan qobiliyatlilik. Lugat boyligi. Geometrik shakllar orasidagi oxshashlik va farqlarni ajrata olish uquvi. Nutq tezligi yoki surati. Fikrlashga qobiliyatlilik. Xotira . Mashhur olim Tyorstoun (1938-yil) esa statistik metodlar yordamida umumiy intellektning turli xil jabhalari (tomonlari)ni tadqiq qiladi, hamda ularni umumlashtirib birlamchi aqliy patensiallar deb ataydi. Tadqiqotchi yetti (7) xil patensiallar ozaro farqlanishini takidlab otadi: Hisoblash qobiliyati. Ogzaki verbal ixchamlik (egiluvchanlik), nutq orqali tez oqish. Ogzaki malumotlarni idrok qlish yoki idrok qilingan sozlarni tushunish. Fazoviy operatsiya qilish yoki chamalash qobiliyati. Xotira. Fikrlash (munozara) ga qobiliyatlilik. Idrok qilishning tezligi yoki surati. Mashhur psixologlar R.Kettel va J.Xormlar esa intellektni ikki (2) ta tarkibiy qismdan iborat ekanligini takidlaydilar hamda ularning mohiyatini tushuntirib berishga harakat qiladilar: Flyuidlashgan intellekt. Kristallashgan intellekt. Flyuidlashgan intellekt inson faoliyatining deyarli xar bir jabhalarida kozga tashlanib, dastavval u ilk bolalik davrida yorqinroq namoyon boladi, keyinchalik esa asta-sekin inson ruhiyatiga singib boradi. Flyuidlashgan intellekt tarkibi goyoki nasldan-naslga meros tariqasida otadi. Kristallashgan intellekt tarkibi esa hayot davomida ontogenezda orttirilgan konikmalardan tashkil topadi. Atoqli psixolog J.Gilfordning (1959-yil) intellekt strukturasini organishga yonaltirilgan tadqiqotlari ayniqsa qiziqarlidir. Gilford intellektning 120 (bir yuz yigirma) ga yaqin faktor (omili) ni ajratib korsatadi. Gilford ozining kubik modelida tafakkur olchamlaridan (operatsiyalar: bilish funksiyasi, xotira, divergent va konvergent tafakkur, baholash), mazmun: obrazli, belgili, semantik, xulqiy; natija: elementlar, darajalar, aloqa, munosabat, tizim (sistema), ozgartirish; islohot: qollash, tatbiq qilish (kelib chiqqan holda 120 ta oziga qobiliyat turlarini ajratib berishga harakat qiladi. Mazmun bizning biron-bir narsa haqida oylashimiz. Operatsiya qanday tarzda oylayotganligimiz. Natija bu aqliy harakatlarimiz nimalarga olib keladi, yani aqliy harakatimiz natijasi). Gilford divergent va konvergent tafakkur turlari negizida ijodiy tafakkur yotishini dalillab beradi. Psixologiya fanida intellekt tataqqiyoti muammosi ham juda qiziqarli nazariyalar kelib chiqishiga sabab boldi. Biz quyida ularni ayrimlariga toxtalib otamiz. Atoqli fransuz psixologik maktab namoyondasi Robining fikricha, inson psixologik jihatdan taraqqiy etish jarayonida u ozini qurshab turgan barcha obyektlarni ozlashtirib boradi va ular togrisida bazi tasirlar, tasavvurlarni umumlashtirish, deydi. Uning mulohazasiga kora, idrok kolamining kengayishi bilimning siljishi, diqqatni bir davrning ozida bir necha obyektga qarata olishi - inson psixologik taraqqiyotiga olib keladi. Uning taraqqiyotini 3 ta bosqichga ajratadi: Imitatsiya (tashqi taqlid) Identifikatsiya (oquvchining bilimlarini ozida singdirish, unig shaxsiy fazilarlari, xususiyatlarini ozlashtirb borish) Refleksiya (inson ozini-ozi anglagan holda bolgusi faoliyatini amalga oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni hayot va faoliyatga tatbiq etish. Shvetsariyalik psixolog J.Piaje intellekt muammosiga oz shaxsiy nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda yondashadi. U kop hollarda tafakkur tushunchasi orniga intellekt terminin ishlatadi, bazan psixologik atamalardan birmuncha uzoqlashadi va h.k. J.Piaje intellekt nazariyasini 2 (ikki) ta muhit jihatlariga ajratib, ularni inellekt funksiyalari hamda intellekt davrlari deb nomlaydi. Piaje mulohazasiga kora, intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, konikish) kiritilgan bolib, ular intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. Muallif intellektning quyidagi rivojlanish bosqichlariga ajratadi: Sensomotor intellekt (tugilishdan to 2 yoshgacha) Operatsiyalardan ilgargi tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha) Konkret (yaqqol) opratsiyalar (aqliy harakatlar) davri (7-8 yoshdan 11-12yoshgacha) Formal (rasmiy) operatsiyalar (aqliy harakatlarni amalga oshirish) davri . J.Piajening fikriga kora, intellektning osishi bolada nutq paydo bolishidan ilgari boshlanadi. Intellektning kurtagi bolaning dastlabki tartibsiz xatti-harakatlarida oz ifodasini topadi. Keyinchalik maqsadga yonaltirilgan harakatlar aktini amalga oshirish natijasida va tahlil qilish yordamida intellektning genetik ildizini organish uchun muhim imkoniyatlar yaratiladi. J.Piaje konkret operatsiyalar davri predmetlar bilan aloqa ekanligini takidlab, psixologiyada olga siljish yasaydi. Formal (rasmiy) operatsiyalar davriga tasnif berilganda esa predmetlar bilan tobora aloqa yoqola borishi qayd qilinadi. Intellektning osishi inson operatsiyalar sistemasi bilan qurollanishdan iborat ekanligini aytib otiladi. Intellektning taraqqiyot pallasiga aqliy harakatlar yigiq holda sodir boladi. Intellekt davrining ozaro orin almashishi tafakkur osishini bildiradi, davrning ketma-ketligi esa rivojlanishning ichki qonuniyatlarini ifodalaydi. J.Piaje intellekt nazariyasi jahon psixologiyasi fani uchunmuhim ahamiyatga ega bolib, unda obyektiv klinik metod qollanilgan, intellektning genetik ildizlari ochib berilgan, intellekt bilan predmetlar ortasidagi xususiyatlar oziga xosligi yoritilgan, intellectual faoliyatda subyektni ozgartirib borishi emperik materiallar va nazariy mulohazalar bilan isbotlangan. Shuning bilan birga, ushbu nazariya tizimida munozarali tomonlar ham mavjud, chunonchi, J.Piaje qollagan termen va tushunchalar tub manodagi psixologik mazmun kasb etmaydi, ifodalangan logic-matematik sxemadan biologiK, fizik va abstract jihatlarini ajratish hamda ularni psixologik talqin qilish juda qiyin, intellekt davrlarining izchil va qatiyligiga shubhatugiladi. Bizga malumki, jahon psixologiyasi fanida intellektual faollik muammosiga alohida diqqat-etibor bilan qaraladi. Shuning uchun ham chet el psixologiyasida va sobiq sovet psixologiyasida ushbu muammoni organish uchun koplab izlanishlar olib borilgan. Hammaga aniqki, sobiq sovet psixologi D.B.Bogoyavlenskaya intellektual faollikning 3 (uch) darajasi mavjudligini belgilab bergan edi: Reproduktiv Evristik Kreativ Biz quyida intellektual faollikning yuqori darajasi hisoblanmish kreativlik haqida mulohaza yuritishga harakat qilamiz, chunki bu narsa psixologiya fanida juda kam organilgan, lekin muhim ahamiyat kasb etuvchi jabha bolib hisoblanadi. Umumiy xolatda kreativlik tushunchasi jarayonning otmishdagi, hozirgi davrdagi yoki keyingi xususiyatlarini oz ichiga qamrab oladi. Ushbu jarayon natijasida odam yoki odamlarning guruhi oldin mavjud bolmagan biror narsani yaratadi, kashf qiladi, yangilik elementlarini vujudga keltiradi. X.E.Trik kreativlikni organishning tort (4) yonalishini korsatib beradi va ularning har birini izohlashga intiladi: Kreativlik natija sifatida. Kreativlik qobiliyat sifatida. Kreativlik jarayon sifatida. Kreativlik shaxsning xususiyati sifatida. Atoqli psixologlar Mak Fersom, K.Teylor, D.Teylor va boshqalar birinchi yondashishning tarafdorlari sifatiga kiradilar. Ular ijodiy natijaning 3 (uch) ta xususiyatini belgilab berdilar: Miqdor Sifat Ahamiyat Kopchilik tadqiqotchilar natijani ijodning yagona mezoni deb hisoblaydilar, goho bu fikrga antiteza sifatida ishonchsizlik bildiradilar, unga shubha bilan qaraydilar. Jumladan, Teylor, Smit va boshqa olimlarning korsatishicha, ijodiy natijaning kopchilik belgilagan tariflari faqat ayrim jihatlari bilan ijodga bevosita aloqasi bor, xolos, qolganlari esa sinovdan otkazilayotgan subyektni ishlarining umumiy natijalarini tariflashga yonaltirilganligi bilan ajralib turaddi. Kreativlikni jarayon sifatida organishda ijodiy fikrlarning bir necha bosqichlari, darajalari va turlari takidlab otiladi. Psixolog Uolles 1926-yildan etiboran ijodiy jarayon bosqichlarini tadqiq qilishga boshlagan edi, chunki ushbu izlanish tasviriy xususiyatga egadir. Muallif ijodiy jarayonda 4 bosqich mavjudligin alohida uqtirib otadi: Psixologik jihatdan vaziyatga tayyorlanish. Har qaysi shaxsiy, kognitiv, motivatsion jabhalari bilan yetilish. Yuzaga kelgan vaziyatga nisbatan ruhlanish. Muammo yoki vaziyatning haqiqatligini tekshirish. Kreativ jarayon darajalarini tadqiqot qilish psixologik yonalish bilan uzviy bogliqdir. Malumki, Z.Freyd ijodiy aktni libido quvvati sublimatsiyasining natijasi sifatida tariflagan. Tadqiqot Myodnik tomonidan taklif qilingan uzoqlashtirilgan birikmalar (RAT) testi kreativlikni fikrlash korinishi (turi) sifatida qaralgan izlanishlarining eng kop tarqalgani bolib hisoblanadi. Myodnik ijodiy jarayonni assotsiativ elemenlarini yangi kambinatsiyalar shaklida qaytatdan tuzib chiqish sifatida korib chiqadi. Uchinchi yonalish vakillari esa kreativlikni qobiliyat tariqasida talqin qiladilar. Simpson kreativlikka odam fikrlashining bir xildagi usullarini rad etish qobiliyati sifatida qaraydi. J.Gilfordning fikricha, qobiliyat intellektni umumiy modelining ichida joylashadi, shu boisdan u kreativlikning 4 omilini ajratib korsatadi: 1. Originallik izohlanishga moljallangan birikmalar, ozgacha (kutilmagan) javoblar natijalarini korsatish hisoblanadi. 2. Semantik egiluvchanlik obyekning funksiyasini ajratish va unda yangicha foydalanishni taklif qilish qobiliyati. 3. Ifodali moslashtirilgan egiluvchanlik yangi imkoniyatlarni korish uchun ragbatlantiruvchi omillarshaklini ozgartirish qobiliyati. 4. Semantik oz-ozidan yuzaga keluvchi egiluvchanlik nisbatan cheklangan vaziyatlarda turli xil goyalar yaratish qobiliyati. J.Gilford ijodiy qobiliyatlarni ayrim taxminiy tuzulishlar sifatida tushunadi, natijada bu tuzilishlar test shakllariorasidagi interkorrelizatsiya sifatida namoyon boladi. Torrens bu qobiliyatlarni odamlar orasida mavjud bolmagan tafovut tariqasida tariflaydi. Torrens kreativlik deb, nihoyatda kuchli darajada kamchiliklarni idrok qilish, bilimlardagi kamchiliklarni, yetishmaydigan elementlarni, disgarmoniya va hokazolarni idrok qilish qobiliyatlarini tushunadi [18.b.55 ]. Ijodiy akt keyinchalik sezishni, yechimni qidirishni, yetishmovchi elementlarga nisbatan farazning paydo bolishi va shakllanishi, bu farazlarni tekshirish va ularni yana qaytadan tekshirish, modifikatsiyalash ehtimollari va nihoyat natijalarni malum qilishni oz ichiga qamrab oladi. Kreativlikni organishdagi tortinchi yonalish uning shaxs xususiyati sifatida qarashdan iborat bolib, unda shaxs muammosi mazkur holat bilan uygunlashtirilgandir. Ushbu yonalishning vakillari bolmish Geldshteyn, Rodjers, Masloular ijodiy jarayonni ozini-ozi faollashtirish (самоактуализация) bilan bog’lab tushuntirishga harakat qilganlar. Barron va Volsh tajribalari shu narsani ko’rsadiki, murakkab chizmalar va rasmlar yaratilishi shaxsning ijobiy xususiyatlari bilan uning ijodiy imkoniyatlari o’zaro uzviy bog’liqdir: Nutqning tezligi (surati), hukmning beixtiyorligi va mustaqilligi, qiziqishlarning kengligi va oqilligi kabilar. Xulosa
Shunday qilib, intellekt muammosi chet el (Garbiy Yevropa, AQSh) psixologiyasida juda keng organilgan bolib, ular turlicha nazariyalar, konsepsiyalar, yondashishlar, pozitsiyalar, yonalishlarga asoslangan holda tadqiq qilingan. Shuning bilan birga intellektni olchash mezonlari, kriteriylari, taraqqiyot korsatkichlari, oziga xos xususiyatlari, test yaratish va undan turli yoshdagi kishilar aqliy rivojini tekshirishda foydalanish xilma-xil ilmiy-nazariy negizlarga qurilgandir. Ana shu boisdan biz ularni tahlil qilganda bir nechta yonalishga ajratib, talqin mohiyatini osonroq tushunish, idrok qilish, muayyan xususiyatga, shaklga, darajaga, izchillikka, mantiqiy izchillik bilan fikrlarning uygunligi, ozaro sababiy boglanishlarni taqozo etishga yonaltirilgan umumlashmalar umumlashmasiga murojaat qilishga intildik, oylaymizki, bu borada malum ixchamlikka, fikriy tejamkorlikka erishdik. Biroq chet el psixologiyasi materiallari, metodikalari, nazariyalari togridan-togri amaliyotda qollanish imkoniyatiga ega emas. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.A.K.Shamshetova, R.N.Melibayeva, X.E.Usmanova, I.O.Xaydarov. Umumiy psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. - Т.: «Barkamol fayz media», 2018. - 272 b. 2. Stephen F. Davis. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. © 2003 by Blackwell Publishing Ltd 3.David G. Myers. Psychology. © 2010 by Worth Publishers. Download 36.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling