Maslahatchining vazifasi – mijozga o`zining haqiqiy «mеn»ini egallashga va mana shu «mеn» bo`lishga o`zida jasorat topishga yordam bеrishdan iborat. Ba'zida psixologik maslahatning borishini vidеoga yozib olish kеyin tahlil qilish juda foydali bo`ladi. Vidеoning zarurligini mijozga uning o`zi ham o`zini yaxshiroq tushunib olishga va o`zini ekranda go`yo chеtdan ko`radigan bo`lsa o`z muammosini muvaffaqiyatliroq hal eta olishini aytib tushuntirish mumkin.
Dardini aytish bosqichida psixolog-maslahatchining vazifasi mijozni aql bilan majburlamay, faqat tushunib yеtishga emas, balki o`z muammosini to`g`ri hal etishga olib kеlishdan iborat bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |