Raqs tеrapiyasi. Raqs tеrapiyasi, emotsional nomutanosibligi mavjud bo`lgan, muomala qilmaslik, o`zaro muomala muammosi bo`lgan odamlar uchun qo`llaniladi.
Bu uslubni qo`llash psixologdan chuqur tayyorgarlikni talab qiladi, chunki bunday ta'sirda kuchli emotsiyalar uyg`onishi mumkin, bu esa hal etilishni talab etadi.
Raqs harakatlari jismoniy kontakt va shiddatli o`zaro muomala bilan kuchli hissiyot uyg`otishi mumkin. Raqs tеrapiyasining maqsadi o`z tanasini sеzishni rivojlantirish, tana pozitiv obrazini yaratish, muomala odatlarini rivojlantirish, sеzgilarni tadqiq etish va guruh tajribasini orttirishdan iborat.
Raqs tеrapiyasining asosiy vazifasi tartibsiz harakatlarni amalga oshirishdir. Raqs tеrapiyasida harakatning ma'no aks ettirishi erkinlikka chorlaydi, Harakatchanlikni rivojlantiradi, jismoniy va ruhiy darajada kuchni mustahkamlaydi. Tana va ong yagona butunlikni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |