Reja: Investitsiya bozori va uni shakllantirish muammolari


O`zbekistonda xorijiy investitsiya isbtirokidagi korxonalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri


Download 98 Kb.
bet4/5
Sana16.03.2023
Hajmi98 Kb.
#1278712
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-I.O`.MAVZU (1)

4. O`zbekistonda xorijiy investitsiya isbtirokidagi korxonalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri
Jahon iqtisodiyotida rivojlangan davlatlarda AKTga asoslangan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi, fan-texnika taraqqiyoti sur’atlarini, kapital va inson resurslaridan foydalanish imkoniyatlari belgilab bermoqda. “Hisob-kitoblaming ko‘rsatishicha jahon ilmiy-texnika salohiyatining 90%i va global yuqori texnologiyalar bozorining 80%i Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zo boigan rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda”94. Natijada rivojlanayotgan davlatlarda quvib yetish siyosati asosida ishlab chiqarishni modemizatsiyalash, texnik va texnologik taraqqiyot asosi bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga ta’lab oshib bormoqda. «Rivojlanayotgan davlatlarga investitsiyalami kirib kelishi, 2% o‘sish bilan barqaror qoldi. Bu o‘sish natijasida, rivojlangan davlatlarga investitsiyalami kirib kelishi anomal darajada kamayishi, global xorijiy investitsiyalarda rivojlanayotgan davlatlaming ulushi rekord darajada 54%ga o‘sishiga olib keldi”95. Mamlakatimizda va uning mintaqalarida so‘nggi yillarda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga keng yo‘l ochish, qonunchilik barqa- rorligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsion muhitni tubdan yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar iqtisodiyotimizga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining oshishiga muhim asos bo‘lmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev qayd qilib o‘tganlaridek: “Iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur”96. Investitsiya muhiti investitsiya resurslarini joylashtirish uchun umumiy mezon bo‘lib, birinchi navbatda, kapital mablag‘laming daromadliligini ta’minlab beradi. “Investitsiya muhiti deganda mamlakat iqtisodiyoti va uning ma’lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalaming samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi”97. U muayyan hududga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlaming mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi. “Mamlakatning investitsion jozibadorligi - ma’lum investoming maqsadlariga mintaqaning mos kelish darajasi bo‘lib, xususan, tavakkalchilikni mos darajasida investitsiyalashni o‘ziga xos imtiyozlari sharoitida, investitsiya qilgan kapitalidan maqsadli daromad olish imkoniyati ifodalovchi majmuali tavsif bo‘lib hisoblanadi”98 Milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligiga, birinchidan, uning nisbatan barqaror va mintaqaviy darajada boshqaruv qarorlariga ta’sir etmaydigan uning ba’zaviy shart-sharoitlari bo‘lib hisoblanadi. Ularga mintaqani geograflk joylashuvi, tabiiy obhavo darajasi, qazilma boyliklari, tabiiy xomashyo resurslari va shu bilan birga uning transport infratuzilmasi obyektlari holati bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligiga ta’sir etuvchi omillarga mintaqada uzoq vaqt davomida shakllangan investitsion muhit. Uni baholash milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligiga bog‘liq ya’ni investitsion jozibadorlik bilan investitsion muhiti o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Investitsion muhitga ma’lum malaka va ta’lim darajasiga ega bo‘lgan mehnat resurslari, ishlab chiqarish, moliyaviy va innovatsion salohiyati, institutsional muhiti va bozor infratuzilmasi bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Uchinchi guruhga investitsion tavakkal- chilik bilan bog‘liq omillar boiib investitsion jozibadorlikka nisbatan qisqa va o‘rta muddatda, katta ta’sir etish imkoniyatlariga ega. Milliy iqtisodiyotni investitsion jozibadorligini baholash uchun uning iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, boshqaruv, ekologik, krimogan, va siyosiy tavakkalchiliklarini ham hisobga olish maqsadga muvofiq. “Xuddi ana shu omillar xorijlik investorlarga uzoq muddatli shartnomalar asosida boshqa mamlakatga o‘z resurslarini kiritish imkonini beradi. Bunday muhit uzoq muddatli investitsiya rejalarini amalga oshirishda juda muhimdir". “Investitsiya muhiti bu murakkab va ko‘p oichamli tushuncha bo‘lib, u muayyan mintaqaga investitsiya kiritish jozibadorligi va maqsadga muvofiqligini ko‘rsatuvchi ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlar yig‘indisi shaklida namoyon boiadi. Shuning uchun investitsiya muhitini baholash bitta ko‘rsatkich bilan emas, balki ko‘p sonli ko‘rsatkichlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu esa investitsiya muhitini miqdoriy baholash yondashuvlaiining ham turli tavsifga ega boiishiga sabab boiadi”100. O`zbekistonda investitsiya muhitining yaxshilanib borishi va uning investitsion jozibadorligini baholashning eng samarali usullaridan biri bu uning reytinglarini baholash boiib hisoblanadi. Jahon banki mutaxassislari tomonidan har yili 190 ga yaqin mamlakatlar bo‘yicha tuziladigan Jahon banki va Xalqaro moliyaviy korporatsiyaning “Biznesni yuritish” yillik hisobotini e’lon qilib boradi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5yanvardagi “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O`zbekiston Respublikasining reytingini yangilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-4160 sonli qaroriga ko‘ra O`zbekistonni reytingini oshirish bo‘yicha yoi xaritasi ishlab chiqilib, unga ko‘ra 2020-yilda 66-o‘rin, 2021-yilda 33-o‘rin, 2022- yilda 20-o‘ringa ko‘tarish uchun chora-tadbirlar belgilab qo‘yilgan101. Mazkur reytingni baholash metodologiyasi korxonalami ro‘yxatdan o‘tkazish, qurilishga ruxsat olish, elektr tarmogiga ulanish, mulkni ro'yxatdan o‘tkazish, kredit olish, investorlami himoya qilish, soliqqa tortish, xalqaro savdo, shamomalarning bajarilishini ta’minlash, toiovga noqobillikni hal qilish kabi o‘nta yo‘nalishdagi ko‘rsatkich- lami hisoblashga asoslanadi. Bank va tadbirkorlar o‘rtasida ishonchning ortib borishi, yosh tadbirkorlaming qoilab-quvvatlanishi, kichik biznes subyektlariga kredit olishning qulaylashtirilganligi, kredit majburiyatlar bo‘yicha yagona “Garov reyestri”ning tashkil topishi kabi islohotlar kredit olish bo‘yicha xalqaro reytingda keskin o‘sish imkoniyatini berdi. O`zbekistonda investitsiya muhitining yaxshilanib borishi natijasida so‘nggi yetti yil davomida ushbu xalqaro reytingdagi 10 ta ko‘rsatkichdan 7 tasi bo‘yicha, ayniqsa, kredit olish (+87 pog‘onaga ko‘tarildi), elektr manbalariga ulanish (+133 pog‘onaga ko‘tarildi), mulkni (+70 pog‘onaga ko‘tarildi) va korxonani (+79 pog‘ona
looB.B.Valiyev. Iqtisodiy o‘sishni ta'minlashda to‘g‘ridanto‘giri xorijiy investitsiyalardan samaralifoydalanishningmetodologik asoslari.Monografiya. - Т.: IFMR, 2017 -B.140. 101O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O`zbekiston Respublikasining reytingini yangilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-4160 sonli qarori. ko‘tarildi) ro'yxatdan o‘tkazish, investorlami himoya qilish (+100 pog‘onaga ko‘tarildi), soliqqa tortish (+96 pog‘onaga ko‘tarildi), xalqaro savdoga imkoniyatlar yaratib berish (+37 pog‘onaga ko‘tarildi) yo‘nalishlarida salmoqli va yuqori bo‘ldi. 10.2-jadval Jahon bankining «Biznesni yuritish: boshqaruv sifatini va samaradorligini baholash “Biznes yuritish xalqaro reytingda O‘zbekistonning o‘rni.
Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “O`zbekiston Respublikasining xalqaro rey- tinglar va indekslardagi o‘mini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”dagi PQ-4210-sonli qarori bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlami baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikaning xalqaro reytinglardagi o‘mini yaxshilashni ta’minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining O`zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘mini monitoring qilish va baholash milliy tizimi joriy etildi. O`zbekiston Respublikasida “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-son Farmoni102 bilan iqtisodiyot tarmoqlariga koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining salbiy ta’sirlarini yumshatish bo'yicha choralar to‘plami tasdiqlandi. Mazkur yig‘ma jildda investitsiyalar dasturini qayta ko‘rib chiqish asosiy tarmoqlar mutanosibligini ta’minlashda tashqi moliyaviy manbalami shakllantirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O`zbekiston Respublikasining investitsion muhit ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi natijasida milliy iqtisodiyotga katta miqdorda xorijiy investitsiyalar kirib kelmoqda. 2019-yilda jami 86653,1 mlrd so‘m (9,8mlrd dol) yoki 2018-yilga nisbatan 2,5 marta ko‘p asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga qilingan investitsiyalarda xorijiy investitsiyalar ulushi 45,7%ni tashkil qildi. Xorijiy investitsiyalaming salmoqli ulushi Qashqadaryo viloyatida 71%, Surxondaryo vil 61,8%, Buxoro vil 52,9%, Jizzax vil 47,0%, Sirdaryo vil 46,5%, va Namangan vil 43,6% kuzatildi. Yalpi ichki mahsulotga nisbatan xorijiy investitsiyalar 16,9%ni tashkil etdi. O`zlashtirilgan jami 9803,5 mln dol. xorijiy investitsiyalaming 4205 mln yoki 42,9%, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tarkibi: 1. Qayta ishlash sanoati - 33%; 2. Elektr, gaz ta’minlash - 19%; 3. Tog‘-kon sanoati - 18%; 4. Qurilish -2%; 5. Sog‘liqni saqlash - 2%; 6. Axborot va aloqa - 2%; 7. Tashish va saqlash 3%; 8. Boshqalar 21%.
Qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning keng ommalashgan shakllardan biri bo‘lib hisoblanadi. “O`zbekiston Respublikasida qo‘shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30% xorijiy investorga tegishli bo‘lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo‘lgan, nizom kapitalining eng kam miqdori 150000 AQSH dollariga teng bo‘lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi”103. Qo‘shma korxonalar sonini ko‘payishi xorijiy investitsiya oqimi- ning kuchayishidan va mamlakatda ishlab chiqarish imkoniyatlari kengayishidan hamda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashuvidan dalolat beradi. Bu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlar natijasi deb baholash mumkin. Mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsion muhit hisobiga 2019-yilda 10382 tadan ziyod qo‘shma korxonalar ro‘yxatdan o‘tib, ulaming aksariyati mamlakatimizda yaratilayotgan yalpi ichki maxsulotning o‘sishida, mehnatga layoqatli ishchi va xizmatchilami yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlashda, aholi daromadlarini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, ular respublikadagi asosiy ishlab chiqarish vositalarining yangilanish darajasini, ya’ni ma’naviy va jismoniy eskirish koeffitsiyentini pasaytirishga, yuridik va jismoniy shaxs soliq to‘lovchilari qatorida soliq yukini pasaytirish bilan birga, davlat budjetining daromadini to‘ldirishda, import o‘mini bosib, eksportga yo‘naltirilgan tovarlar ishlab chiqarishda, xizmatlar ko‘rsatishda va nihoyat, erkin valutani tejash bilan bir qatorda, ulaming milliy iqtisodiyotga tushumini ko‘paytirib, milliy valuta-so‘mning barqarorligini oshirishda yaqindan xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
10.3.jadval ma’Iumotlaridan ko‘rinadiki 2005 -2019-yillarda O'zbekiston Respublikasida XIIK soni barqaror o‘sib bormoqda. Bu o‘sish O`zbekistonning Harakatlar strategiyasi dasturida iqtisodiyotni texnik-texnologik jihatdan modemizatsiya qilish, tarkibiy o‘zgarish- lami amalga oshirish, mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish va investitsiyalami va unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami keng jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilganligi sababli 2017 -2019-yillarda XIIK soni 188,2%ga o‘sdi va 2019-yilga kelib 10382 tani tashkil etdi. Tadqiq qilinayotgan davrda O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy investitsiyalaming asosiy 62,2% XIIK ulushiga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rish mumkin. 2019-yilda XIQK tomonidan mamlakatimiz YAIM ni hamda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda roli ortib bormoqda. Masalan 2019-yilda XIQK tomonidan 95,1 trln so‘mlik, o‘sish sur’ati 135,8%, mahsulot ishlab chiqarildi. Bu umumiy sanoat mahsulotining 28,7%ni tashkil etadi. RespublikaXIIK tomonidan sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng yuqori ulushlar Toshkent sh. 17,7%, Toshkent viloyati 16,3%, Navoiy vil 13,5%, Andijon vil 10,0%, Qashqadaryo viloyati 6,2% va Farg‘ona vil 5,9% xissasiga to‘g‘ri keladi. Eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyati 1,3% hamda Jizzax 1,4% ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. XIIKlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2005-yilda 3,2 trln so‘mdan 2019-yilga kelib 95,1 trln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu 2019-yilda yalpi sanoat mahsulotining 28,7%ni tashkil qilmoqda. XIIK ning mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi o‘sishi bilan birga ushbu sohada band boigan ishchilar soni ham o‘sib bormoqda. XIIKda band bo‘lganlar soni 2005-yilda 7,5 ming ishchidan 2019- yilga kelib 49,6 ming ishchi mehnat qilmoqda va bu Respublikada band mehnat resurslarining 2,61%ni tashkil etadi. XIIK mamlakatimizning barcha mintaqalarida tashkil etilgan bo‘lib, ular viloyat, tuman va shaharlamiig ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini davr talabiga mos ravishda shakllantirishda yaqindan ko‘mak berib kelmoqda.
Shuni alohida qayd etish kerakki, xorijiy investitsiyalarga asoslangan qo‘shma korxonalaming hududlar bo‘yicha taqsimlanishi va ulaming umumiy xorijiy investitsiyalardagi ulushi bir tekisda bo‘lmay, balki nomunatosiblik mavjud. Ayrim mintaqalarda aholi jon boshiga nisbatan keragidan ortiq bo‘lsa, ayrimlarida juda pastligi namoyon bo‘lmoqda. Jadval ma’lumotlaridan ma’lum boiyaptiki, 2010 -2019-yillarda XIQK Respublikamizda mintaqalar bo‘yicha notekis joylashgan. Birgina Toshkent shahrini oladigan bo‘lsak, bu yerda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan qo‘shma korxonalaming qariyb 2010-yilda 73,6% to‘g‘ri kelgan bo‘lsa 2019-yilga kelib 56,9% to‘g‘ri kelgan. Qolgan o‘n uchta mintaqaga esa mos ravishda 26,4% va 43,1% XIQK to‘g‘ri kelmoqda. Bizningcha, Respublika bo‘yicha ushbu holatning yuzaga kelishiga ta’sir etgan bir qator obyektiv sabab va omillar mavjud bo‘lib, ulaming asosiylari quyidagilar hisoblanadi. Jumladan: • poytaxtda qo‘shma korxonalar ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va ko‘rsatayotgan xizmatlarga talabgor bo‘Igan iste’molchilaming boshqa hududlarga nisbatan to‘lov qobiliyati yuqori ekanligi; • poytaxtda moliyaviy va ijtimoiy infratuzlmalaming nisbatan yaxshi tashkil etilganligi; • temir yo‘l, aeroport va vazirlik hamda qo‘mitalaming aksariyati poytaxtda joylashganligi sababli, qo‘shma korxonalaming ro‘yxatdan o‘tishi va xomashyo hamda materiallarni import yoki tayyor mahsulotlami eksport qilishdagi yaratilgan qulayliklar; • korxona takror ishlab chiqarish maqsadida investitsion faoliya- tini amalga oshirishi uchun moliyalashtirish manbalarining nisbatan yetarliligi va boshqalar. O`zbekiston Respublikasida MDH davlatlarining kapitali ishtiro- kidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni oshib bormoqda. Ulaming asosiy ulushi Rossiya /Federatsiyasi 17,6%, Qozig‘iston Respublikasi 7,8%, Ozarbayjon Respublikasi 1,7%, Qirg‘iz Respublikasi 1,5% va Tojikiston Respublikasi l,6%ga to‘g‘ri kelmoqda. Bizga tadqiqotchi A.E.Qobilov tomonidan XIIK faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda mavjud muammolami aniqlash bo‘yicha faoliyat olib borayotgan 42 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar o‘rtasida o‘tkazilgan so'rovnoma natijalari katta qiziqish uyg‘otadi105. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra investitsiya kiritishning dominant stratetik maqsadi sifatida “bozor izlash” omili baholangan. Investitsiya kiritishdan sabablari o‘rganilganda, XIQK ning rag‘batlantiruvchisi sifatida “resurs izlovchi” omili - mintaqadagi arzon ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi, energiya, xomashyo zaxiralari) baholangan. So‘rovnomada xorijiy investorlaming mintaqadagi o‘zlarining iqtisodiy faoliyatini 1-5 ballar shkalasi oralig‘ida baholashda, so‘rovnomada qatnashgan 42 ta korxonalaming o‘rtacha natijasi 4.1 ballni tashkil qilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki XIIK manfaatidan kelib chiqib, fan sig‘imi yuqori bo‘lgan raqobatbardosh tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi raqamli iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiya kiritish emas, balki mintaqadagi arzon ishlab chiqarish omillari, ishchi kuchi, energiya, xomashyo zaxiralarini qazib chiqarish va qayta ishlovchi tarmoqlarga investitsiya kiritish ustunlik qilmoqda. XIIK faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda keyingi muhim muammolarga bizga ma’lumki 2019-yilda 10382 ta XIKK 5105 tasi qo‘shma korxona va 5276 tasi xorijiy korxona bo‘lib hisoblanadi. Demak 5105 ta XIKKtashkil etishda birinchi bosqichda investitsion loyihalar ishlab chiqiladi. Biroq investitsion loyihalami moliyalash- tirishda asosiy muammo bu investitsion loyihalami investitsiya oldi fazasida bajariladigan texnik-iqtisodiy asosnomani talab darajasida ya’ni unga ta’sir etuvchi barcha omillami hisobga olgan holda baholash masalasidir. Investitsion loyihalami texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va baholash jarayonini takomillashtirish hamda uning texnik-iqtisodiy asoslami ishlab chiqishdagi mavjud muammolami aniqlash va ulami samarali hal etish jarayoni bilan muvofiq holda amalga oshirish maqsadga muvofiq boiadi. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalami samarali jalb etishning ustuvor yo‘nalishlarga: Iqtisodiy yo‘nalish!ar: • mintaqa iqtisodiyotini tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish va texnik-texnologik jihatdan modemizatsiyalash; • xorijiy investitsiyalami raqobatbardosh yuqori texnologik bilimlar iqtisodiyotiga yo‘naltirish asosida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish; • bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish va kengaytirish; • tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va eksportni rag‘batlantirish. Me’yoriy-xuquqiy yo‘na!ishlar: • korporativ boshqaruv sohasidagi yondashuvlami tubdan o‘zgartirish va ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish; • institutsional islohotlar asosida xorijiy investitsiyalami tartibga soluvchi davlat va bozor institutlari sifatini oshirish; • xorijiy investitsiyalami faol o‘zlashtirishda kadrlar sifatini hamda ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish; • mintaqada qulay ishbilarmonlik va tadbirkorlik erkinligini ta’minlash hamda investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish. Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida istiqbolda АКТ, bio va nanotexnologiyalar, kimyo, farmatsevtika, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, mikroelektronika, nozik kimyo texnologiyalari, axborot- kommunikatsiya va lazer-optik texnologiyalar, tiklanadigan energetika yutuqlaridan foydalanish, yangi materiallar ishlab chiqarish va sl kabi sanoat tarmoqlarini rivojlanishiga olib keluvchi sohalarda tashkil etish maqsadga muvofiq boiadi.

Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling