Reja: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi. Investitsiya faoliyatida risklarni boshqarishning mazmuni, mohiyati va bosqichlari. Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholash usullari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana26.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1232512
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari

1. Tarkibi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: iqtisodiy risk; bozor 
riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; 
texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-
texnika riski; informatsion risk va boshqalar. 
2. Muddati bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: qisqa muddatli 
risklar; uzoq muddatli risklar. 
3. Olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta’sirida katta 
zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta’sirida nolga teng 
bo’lgan zarar(foyda) ko’rish mumkin. 
4. Loyihaga ta’sir etish darajasi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadi: 
mumkin bo’lgan risklar - ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik 
risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan 
va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari. 
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi 
(fazasi) o’ziga xos risklar bilan bog’liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi 
fazasida) ko’proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, 
informatsion va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo’ladi. Investitsiya bosqichida 


ko’proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy 
risklar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari 
texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan 
yuzma-yuz bo’lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko’p 
uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy 
xolatning o’zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan 
bog’liq risklar; savdo va mahsulot etkazib berishga cheklashlar kiritish; 
chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud 
mamlakatdagi 
noma’qul 
ijtimoiy-siyosiy 
o’zgarishlar, 
texnik-iqtisodiy 
ko’rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati 
haqidagi 
ma’lumotlarning 
to’liq 
emasligi 
yoki 
noaniqligi, 
bozor 
kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va 
boshqalarning o’zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o’zgarishi, tabiiy 
ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning 
buzilishi va to’xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, 
ularning moliyaviy holati va ishdagi obro’si haqidagi ma’lumotlarning to’liq 
emasligi va boshqalar. 
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo’lgan soha deb hisoblanadi. 
Undagi risklar ikkita katta guruhga bo’linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar. 
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta’siriga ba’zi bir 
qimmatli kog’ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. 
Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko’ra ko’pchilik 
emitent va qimmatli qog’ozlar egalari zarar ko’rishlari mumkin. Tizimli risklarga 
quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar. 
Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog’ozlar yoki ularni majmuasi 
uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog’ozlari yoki tarmoqning 
qimmatli qog’ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; 
moliyaviy risklar; nolikvidlik riski. 


Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi 
risklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin: 
1) loyiha ishtirokchilari riski; 
2) loyiha smeta qiymatining oshish riski; 
3) qurilishni o’z vaqtida tugamaslik riski; 
4) ish va ob’ekt sifatining pastligi riski; 
5) konstruktsion va texnik risklar; 
6) ishlab chiqarish riski
7) boshqaruv riski; 
8) sotish riski; 
9) moliyaviy risk; 
10) mamlakat riski; 
11) ma’muriy risk; 
12) huquqiy risk; 
13) fors-major riski. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling