Reja: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi. Investitsiya faoliyatida risklarni boshqarishning mazmuni, mohiyati va bosqichlari. Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholash usullari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana26.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1232512
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari



Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari 
 
Reja: 
 
1. Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi.
2. Investitsiya faoliyatida risklarni boshqarishning mazmuni, mohiyati 
va bosqichlari. 
3. Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish va 
baholash usullari. 
4. Investitsiya risklarini pasaytirish yo’llari

 


1.Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi. 
Investitsion faoliyatda risk - bu investitsiyalarni qisman yoki to’liq 
yo’qotish, kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko’zlangan 
maqsadlarga erisha olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko’p miqdorda 
daromad kutilsa, u shunchalik yuqori riskli hisoblanadi.
Hozirgi kunda loyiha risklari deganda loyihani amalga oshirish natijasida 
ko’zlangan daromadlarning pasayishiga sabab bo’ladigan vaziyatlar majmuasi 
tushuniladi. Shu bilan birga loyiha riski investitsion loyihani amalga oshirishga 
halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning 
yig’indisini ham anglatadi. 
Riskni ma’lum bir qarorni qabul qilish natijasida zaxiralarni yo’qotish 
imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo’shimcha xarajatlar zarurati sifatida 
belgilash mumkin. 
Risk - bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda xaqiqiy 
sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning 
paydo bo’lib qolish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bulgan xatar bo’lib, 
investitsiyadan 
mo’ljallangan 
foydani 
olish 
jarayoniga 
xos 
bo’lgan 
noumidsizlikdir. 
Risklarning paydo bo’lish sabablari turlichadir. Masalan, ma’lumotlarning 
tanqisligi yoki to’liq bo’lmasligi, tashqi va ichki muhitdagi xarakatlar 
(raqobatchilar, ishchilar holati, xukumat va boshqalarning xarakatlari) va h.k. 
“Risk” tushunchasiga juda yaqin bo’lgan “noaniqlik” tushunchasi riskning aniq 
turlarini tasniflash uchun sinonim sifatida qo’llaniladi. Noaniqlik – bu investitsion 
loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari xaqidagi ma’lumotlarning to’liq yoki 
aniq emasligidir. Masalan, inflyatsiya xaqidagi, texnika-texnologiyalardagi 
o’zgarishlar haqidagi, loyiha quvvatining, ob’ektning qurilish va foydalanishga 
topshirish muddatlari, xarajat va natijalarning notug’ri hisob-kitob qilinishi kabi 
ma’lumotlarning to’liq yoki aniq emasligi natijasida noaniqlik yuzaga keladi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog’liq 
ko’ngilsiz holatlar va oqibatlar risk tushunchasi bilan izohlanadi. 


Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr 
ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa 
bunday ehtimollik o’tgan va kelasi davr ma’lumotlari etishmasligi yoki to’liq 
emasligi sababli sub’ektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har qanday holda 
ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab 
va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma’lum emasligi 
sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo’lishi mumkin. Chunki o’tgan davr 
ma’lumotlari asosida faqat noma’lum kelajakda yuz berishi mumkin bo’lib o’tgan 
rivojlanish tendentsiyasini aniqlash mumkin. 
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo’qotish va zararlarga 
bog’liq bo’lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash 
maqsadga muvofiqdir. 
Investitsiya risklarini turli belgilar bo’yicha tasniflash mumkin. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling