Reja: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi. Investitsiya faoliyatida risklarni boshqarishning mazmuni, mohiyati va bosqichlari. Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholash usullari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana26.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1232512
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari

Loyiha ishtirokchilari riski - bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida 
o’z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. Birgina 
loyiha 
ishtirokchisining 
o’z 
majburiyatlarini 
bajarmasligi, 
boshqa 
ishtirokchilarning o’z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi, natijada 
loyiha barbod bo’lishi mumkin. Loyixa ishtirokchilari riskiga quyidagilar sabab 
bo’lishi mumkin: ishtirokchilarning vijdonsizligi; ularning professionallik darajasi, 
moliyaviy holatining nobarqarorligi, ishtirokchilarni turli risklardan etarlicha 
sug’urtalanmaganligi natijasida kelib chikadi. Masalan, loyiha smeta qiymatining 
oshish riski qurilish tashkilotining vijdonsizligi natijasida ro’y berishi mumkin. Ish 
sifatining pastligi riski, ko’p hollarda, tanlangan pudratchi va boshqa 
ishtirokchilarning etarli tajribaga ega emasligi bilan bog’liq bo’ladi. 
Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: 
loyihalash 
jarayonidagi 
xatolar, 
pudratchilarning 
resurslardan 
samarali 
foydalanishni ta’minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o’zgarishi 
va boshq. 


Qurilishni o’z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta’sir ko’rsatadi: 
pudratchilarning o’z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning 
o’zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho’zilib ketishi natijasida qo’shimcha 
xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo’yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyatsiya 
natijasida o’sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo’shimcha 
xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk natijasida kelgusidagi 
ob’ektga xom ashyo etkazib beruvchilar bilan va kelgusidagi loyiha mahsuloti 
iste’molchilari bilan shartnomaviy munosabatlar to’xtashi mumkin. 
Ish va ob’ekt sifatining pastligi riski pudratchilar majburiyatining buzilishi, 
loyixalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Ob’ekt 
sifatining pastligi natijasida loyiha bo’yicha qo’shimcha investitsion harajatlar 
qilinishi kerak bo’ladi. Bu xarajatlar kamchiliklarni tuzatishga sarflanishi mumkin. 
Agar kamchilik saqlanib qoladigan bo’lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishga 
qo’shimcha xarajatlar qilish kerak bo’ladi. 
Konstruktsion va texnologik risk. Konstruktsion risk - bu investitsiya 
fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir. Bu loyiha hujjatlarini 
ishlab chiquvchilarning xatolari, bu hujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo’lgan 
ma’lumotlarni etarli yoki aniq emasligi natijasida ro’y berishi mumkin. Texnologik 
risk - bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo’llanilmasligi 
natijasida ma’lum texnik-iqtisodiy parametrlardan ob’ekt ekspluatatsiyasidagi 
cheklanishlar riski. Bunga ekspluatatsiya xarajatlarining oshishi, ekologik 
me’yorlarga mos kelmaslik kabilar ta’sir etadi. 
Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga 
kelish riski. Bu ishlab chiqarish davomiyligining buzilishida, ob’ektning loyihaviy 
quvvatga erishmasligida, qo’shimcha ishlab chiqarish xarajatlarida namoyon 
buladi. Ishlab chiqarish riskining bir turi bu texnologik riskdir. Bu risklar 
ta’minotdagi uzilishlar, resurs zaxiralarining etishmasligi, xom ashyo sifatining 
pastligi, transport masalalari va boshqalar sabab kelib chiqadi. Ishlab chiqarish 
xarajatlarining yuqori darajasi xarajatlarni xato hisoblash, xom ashyo va boshqa 
resurlar miqdori va sifatiga ma’lum talablarni aniq emasligi natijasida bo’ladi. 


Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi 
shaxsning tajriba va malakasini etarli darajada emasligi natijasida ro’y beradi. 
Ayrim hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha faza va 
bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog’liq risklar 
tushuniladi. 
Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish xajmining va shu mahsulot 
baxosining kamayish riskidir. Sotish riski bozor kon’yunkturasining o’zgarishi, 
marketing yoki baxo riski deb ham ataladi. Sotish riski, ayniqsa bahoni taxmin 
qilish ancha qiyin bo’lgan, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq 
loyihalarda yuqori bo’ladi. 
Moliyaviy riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: a) kredit 
riski; b) valyuta riski; v) foiz stavkasini o’zgarish riskidir. Kredit riski - bu loyihani 
amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo’yicha 
to’lov majburiyatlarini to’liq yoki umuman to’lay olmaslik riski. Bu risk asosan 
loyihani moliyalashtirishda loyihani kreditlovchi bankning riskidir. Valyuta riski 
bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va xokimiyat mahsulotni 
milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo’ladi. Bu risk loyiha 
mahsulotini sotishdan olinadigan valyuta bilan kredit valyutasi bir xil bo’lmagan 
hollarda yuzaga keladi. Foiz stavkasining o’zgarish riski - bu risk kredit resurslari 
o’zgaruvchan stavkada qo’llanilganda ro’y beradi. Bunday resurslarni jalb qilishda 
loyihada qo’llanilgan kapital qiymatining oshishi va mahsulot rentabelligining 
kamayish xavflari mavjud bo’ladi. 
Mamlakat riski - bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo’lib, uning mazmuni 
shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari 
va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va xatto 
loyihani barbod qilishi ham mumkin. Mamlakat riskining omillari: markaziy va 
mahalliy xokimiyatlarning harakati, urushlar, ish tashlashlar, terrorchilik 
harakatlari va boshqalar bo’lib, bular loyiha ishtirokchilari ta’siri doirasidan 
tashqarida bo’ladi. Davlatning siyosati bilan bog’liq mamlakat risklarini shartli 
ravishda ikkita guruhga bo’lish mumkin: siyosiy va iqtisodiy. Siyosiy mamlakat 


riski - hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha 
faoliyatini to’xtatish yoki cheklashga qaratilgan xarakati bilan bog’liq. Bularga 
foydani boshqa mamlakatga olib o’tishdagi ta’qiqlashlar va cheklashlar, chet el 
kapitali uchun avval yaratilgan imtiyozlardan mahrum qilish, kontseptsiya va 
litsenziyalarni qaytarib olish va boshqalar kiradi. 
Ma’muriy risklar - loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa 
ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli 
litsenziyalar, ruxsatlarni olishi bilan bog’liq. Litsenziyalar, ruxsatlar loyiha 
faoliyatining barcha faza va bosqichlarida talab qilinishi mumkin: loyiha 
hujjatlarini ishlab chiqishda, tenderlar o’tkazishda, mashina va asbob-uskunalarni 
etkazib berishda, qurilishda, dastlabki ishlar va ob’ektning ishga tushirilishida talab 
qilinadi. Litsenziyalar, ruxsatnomalar soni ayrim loyihalar bo’yicha juda ko’p 
bo’lishi mumkin: loyiha faoliyatining u yoki bu turi bilan shug’ullanish huquqini 
beruvchi, tabiiy resurslardan foydalanish, tabiiy resurslarni va valyutani chetga olib 
chiqish huquqini beruvchi litsenziyalar, ruxsatlar bo’lishi mumkin. 
Huquqiy risk - bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv 
risklari bilan bog’lik. Avvalo, bu risk kreditorning kafolat bermaslik va boshqa 
kredit bilan ta’minlashlar ehtimoli bilan bog’liq noaniqlik va ishonchsizligida 
namoyon bo’ladi. Bunday noaniqlik va ishonchsizlik sabablari quyidagilar bo’lishi 
mumkin: qonunlar majmuining va xalqaro huquq normalarining mukammal 
emasligi, huquqiy hujjatlar sifatining pastligi, sud mexanizmidagi kamchiliklar va 
boshqalar. Ayrim huquqiy risklar loyiha ishtirokchilari nazoratidan tashqarida 
bo’lib, ular mamlakat va siyosiy risklarga yaqin. Bundan boshqa huquqiy risklarni 
milliy qonunchilikni, xalqaro investitsion huquqlarni yaxshi biluvchi, shartnoma, 
kelishuvlar va boshqa loyihaning huquqiy hujjatlarida ishtirok etuvchi malakali 
huquqshunos maslahatchini jalb qilish bilan echish mumkin. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling