Reja: Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari va undagi belgilangan vazifalar


Download 88.53 Kb.
bet5/6
Sana03.02.2023
Hajmi88.53 Kb.
#1155725
1   2   3   4   5   6
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi xodimlarining moddiy manfaatdorligi va turmush sharoitini yaxshilash uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining xarid narxlari muttasil oshirib borildi. Kartoshka, meva-sabzavot, chorva, parranda, sut, tuxum, qorako‘l teri va jun mahsulotlariga 1995 yil boshiga kelib erkin (kelishilgan) narxlar joriy qilindi. Qishloq xo‘jaligining asosiy mahsuloti hisoblangan paxta etishtirishni qo‘llab-quvvatlashga doimiy ravishda e’tibor qaratib kelindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining1992 yil 22 oktyabrdan 481-sonli “Paxta xom ashyosiga xarid narxlarini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, davlat buyurtmasi uchun xarid narxi 1992 yil hosilidan boshlab 1,5 martaga oshirildi.
Uchinchidan, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari etkazib berish uchun davlat buyurtmasi tizimi ham muntazam ravishda qayta ko‘rib borildi. Bunda davlat buyurtmasi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish uchun ekin maydonlari va mahsulot etishtirish miqdorini nazorat qilishni cheklash, ya’ni xo‘jaliklar uchun ma’lum qishloq xo‘jalik ekinlari ekish uchun xo‘jaliklarga qat’iy talablar qo‘yishdan voz kechish va etishtirilgan mahsulotlarning ma’lum qismiga bo‘lgan talabni bekor qilish nazarda tutilgan edi.
Davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarning aholi ehtiyojidagi tutgan mavqei va ularning etishtirilayotgan xo‘jalik shakllarining davlat tasarrufida ekanligi inobatga olindi. Dastlab, 1994 yildan boshlab sabzavot, poliz, kartoshka, meva, uzum, kanop, tamaki, jun, pilla, qorako‘l teriga, 1995 yildan boshlab go‘sht, sut va tuxumga davlat buyurtmasi bekor qilindi. Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan paxta bo‘yicha ham davlat buyurtmasi 1991 yilda 95 foizdan 1995 yilda 60 foizgacha va don bo‘yicha, mos ravishda 100 foizdan 50 foizgacha qisqartirildi. Bunday jarayon, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini bozor iqtisodiyoti tamoyillariga ko‘nikishlari uchun shart-sharoit yaratib berdi.
Birinchi bosqichda erishilgan katta yutuq bu don mustaqilligiga erishilishidir. Birgina, 1994 yilda mamlakat “Don mustaqilligi Dasturi”ning amalga oshirilishi natijasida don ekinlari maydoni 1,5 marta, hosildorlik 2,7 marta, yalpi hosil esa 3,9 marta oshib, aholi jon boshiga don ishlab chiqarish bir necha barobar ortdi,bir vaqtning o‘zida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish imkonini berdi.
SHunday qilib, qishloq xo‘jaligini isloh qilish amaliyoti va maqsadlarining huquqiy asosi zamon talablaridan ortda qolayotganligini inobatga olib, bu soha bo‘yicha yaqin yillarga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqish zarurati yuzaga keldi va 1998 yil 18 martda “1998-2000 yillardagi davrda qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Oliy Majlisning yangi tahrirdagi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda 1998 yil 22 apreldagi “Dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori ushbu dasturni amalga kiritishga asos bo‘lib xizmat qildi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligida islohotlar o‘tkazishda erni xususiy mulk qilib berish mulkdorlar sinfini shakllantirishningboshlanishi edi. SHu ma’noda quyidagi chora tadbirlar amalga oshirila boshlandi:
– avvalo, sobiq kolxozlar haqiqiy hissasi va xo‘jalikning yil davomidagi ish natijalariga ko‘ra har bir a’zoga dividend olish imkoniyatini beruvchi kooperativ paychilik xo‘jaliklariga aylantirila boshlandi. 1999 yilda 898 ta xo‘jalik kooperativga (shirkatlarga) birlashdi.
– davlat tomonidan qishloq xo‘jalik korxonalariga cheksiz muddatga berilgan er maydonlarini pudratchilarga biriktirib bergan holda, shirkat xo‘jaligi korxonalari a’zolari o‘rtasida ijara pudratining turli ko‘rinishlari (jamoa, oila pudrati kabilar) joriy etila boshlandi.
1998 yilda er pudrat jamoalariga 1 yilga berilgan bo‘lsa, 1999 yildan boshlab 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga topshirildi;
– ko‘p sonli xususiy fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish siyosati davom ettirilib, ularga er uzoq muddatli ijaraga, ya’ni 50 yildan ko‘p bo‘lmagan, lekin kamida 10 yillik muddatga beriladigan bo‘ldi.
2000 yilning 1 yanvariga kelib respublikada 31,1 mingta fermer va 1,541 mln. ta dehqon (oilaviy dehqon) xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatdi. Fermer va dehqon xo‘jaliklariga biriktirilgan er maydoni 1996-2000 yillarda 18,7 ming gektardan 21,4 ming gektargacha kengaydi. 1998 yilda fermer xo‘jaliklarining hissasi ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining umumiy hajmida 3,5 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1999 yilda 4,4 % ni tashkil qildi6.
Bundan tashqari, ko‘plab xo‘jaliklarning moliyaviy ahvolini o‘nglash maqsadida, hukumat xo‘jaliklarni sanatsiya qilish tadbirlarini belgiladi. YA’ni O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi va “Qishloq xo‘jalik korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari orqali sanatsiya tadbirlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lsa, Respublika Prezidenti va hukumatining qator Farmon va qarorlari asosida sanatsiyani amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi.
O‘zbekistonda sanatsiya yordamida qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash amaliyoti asosan 1998 yildan boshlandi. Ammo dastlabki davrda bu boradagi chora-tadbirlar ishlanish darajasidagi holatda bo‘lsa, keyingi davrlarda (asosan 2000 yildan boshlab) bu ish maqsadli va samarali tus ola boshladi.
SHu tariqa 2004 yildan respublika qishloq xo‘jaligida olib borilgan islohotlar yangi uchinchi bosqichi boshlandi. Bunga qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmoni hquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi “SHaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga mol berish, chorvachilikni va infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
2006-2010 yillar davrida shaxsiy, yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturi ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq mintaqalar bo‘yicha shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida qoramollar sonini ko‘paytirish; zooveterinariya punktlari va chorva mollarini suniy urchitish punktlari tarmog‘ini kengaytirish; zotli mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga auksionlar orqali sotish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda don mahsulotlari korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta emni shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarigaberishni kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi, tuman markazlari va yirik aholi punktlarida ixtisoslashtirilgan savdo shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur omborxonalarni tayyorlashni ko‘zda tutilgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimlari, homiylar va nodavlat hayriya tashkilotlari mablag‘i hisobiga kam ta’minlangan oilalarga sigir tarqatish evaziga, faqatgina 2007 yilning o‘zidayoq, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qoramollar soni 6571,4 ming boshdan 7042,5 ming boshga, shu jumladan, dehqon xo‘jaliklarida 6061,3 ming boshdan 6537,0 ming boshga hamda fermer xo‘jaliklarida 332,3 ming boshdan 374,7 ming boshga ko‘paydi.
2008 yilga kelibdastlab tashkil topgan aksariyat fermer xo‘jaliklarida er maydoni hajmining kichikligi maxsulot ishlab chiqarish rentabelligining o‘sishiga va barkaror foyda olishga to‘skinlik qilishi, iqtisodiy ahvoli nochor bo‘lgan fermer xo‘jaliklari o‘zlarini zarur texnika vositalari va aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga, bankdan kredit olish uchun garov taminoti qo‘yishga imkoniyati etmayotganligi, olingan qarz majburiyatlarini qoplash uchun to‘lovga qobillik (likvidlik) darajasining pastligi aniqlandi.
SHundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2008 yil 6 oktyabrdagi “Fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi er uchastkalari maydonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2009 yil 22 oktyab­rdagi “Fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi er uchastkalari maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishlari qabul qilindi.
Mazkur muammoni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 31 oktyabrdagi 718-sonli qarori asosida “2008-2012 yillarda sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi”ni amalga oshirish boshlandi. “Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash” Davlat dasturi doirasida jami 130,0 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lib, shu hisobdan 2009 yilda 102 ta loyiha bo‘yicha 702 kilometr uzunlikda kollektor-drenaj tarmog‘i, 136 kilometr yopiq-yotiq drenaj, 195 dona tik quduqlar, 6 dona meliorativ nasos stansiyasi hamda 485 dona kuzatuv quduqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari 263 ta loyiha bo‘yicha 12 ming 696 kilometr kollektor-drenaj tarmog‘i tozalandi, 1311 kilometr yopiq-yotiq drenaj yuvildi, 1249 dona vertikal drenaj, 57 dona meliorativ nasos agregatlar ta’mirlanib, 48 mlrd. 142 mln. so‘mlik (101,8 foiz) mablag‘ o‘zlashtirildi.
Bu tadbirlar, shubhasiz, fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi er maydonlarining yaxshilanishiga va samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, 2012 yilda 2003 yilga nisbatan paxta hosildorligi 4,9 sentnerga, g‘alla esa 9,5 sentnerga ko‘tarildi.
Qishloq xo‘jalining yana bir muhim tarmog‘i chorvachilik sohasida ham ijobiy o‘zgarishlar jarayoni kuzatildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 apreldagi “SHaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asoslanib, kuchli ozuqa etkazib berish va sotishga ixtisoslashgan 13 ta hududiy va 170 ta tuman birlashmalari hamda 1448 ta hududiy shoxobchalar tashkil qilindi. CHorvachilikni rivojlantirish dasturining ijrosi doirasida 2008 yil kimoshdi savdolarida 20300 bosh qoramol, 2009 yilda yana 24600 bosh qoramol sotildi. Agar 2007 yilda qoramol sotib olish uchun 42,5 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lsa, 2008 yilda bu raqam 48,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan. 2010 yilda qishloq aholisi turmush farovonligini yaxshilash maqsadida 2835 nafar fuqaroga qoramol sotib olish uchun 4,0 mlrd. so‘m (yillik rejaga nisbatan 8,9 foiz) imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, kam ta’minlangan oilalarga homiylar hisobidan jami 2355 bosh (85,6 foiz) qoramollar bepul etkazib berildi.
Germaniya, AQSH, Italiya, Fransiya va Rossiya davlatlari bilan tashkil etilgan va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qo‘shma korxonalarda bir necha turdagi yangi qishloq xo‘jaligi traktorlari va mashinalari ishlab chiqarilib, mashina-traktor parklari va fermer xo‘jaliklariga etkazib berilmoqda. Qisqa muddatlarda 1964 dona “Magnum” va MX-240 rusumli yuqori unumli va 759 tadan ortiq MXM-135 va MX-140 rusumli g‘ildirakli haydov traktorlari pluglari bilan hamda 2580 ta VT-150 va 2844 ta T-4A rusumli zanjirli haydov traktorlari olib kelindi.
2010 yilning o‘zida 233 ta TS-6070, 50 ta AXOS-340S, 59 ta ARION-360S, 84 ta MX-255 rusumli g‘ildirakli haydov traktorlari iste’molchilarga etkazib berildi. SHu bilan birga 1728 dona “Keys-2366”, 234 ta “Klaas Mega-240”, 103 ta Nyu-Xolland, 21 ta Sampo va 29 ta “Don-1500” rusumli yuqori unumli va 1006 tadan ortiq “Dominar-130” rusumli g‘alla o‘rish kombaynlari ham sotib olinib, ishlab chiqarishga joriy qilindi.
“O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasida “Keys-2022” rusumli paxta terish mashinalari va “Keys-1200” rusumli chigit ekish seyalkalarini, “O‘zKeystraktor” qo‘shma korxonasida TL-100, TS-6070 hamda “O‘zKlaasagro” qo‘shma korxonasida AXOS-340S va ARION-360S rusumli g‘ildirakli traktorlarni yig‘ish ishlari tashkil etildi.
SHunisi diqqatga sazovorki, zamonaviy texnikalardan foydalanish salmog‘i yildan-yilga orta boshladi. Masalan, 1998 yilda jami shudgorlangan maydonlarning 53 foizi, 2005 yilda 66 foizi, 2010 yilda esa 80 foizdan oshiqrog‘i yuqori unumli zamonaviy g‘ildirakli va zanjirli haydov traktorlari bilan shudgor qilindi.
G‘alla hosilini yuqori unumli kombaynlar bilan o‘rib-yig‘ib olishda yanada yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi. Agar 1998 yilda g‘alla hosilining 45 foizi, 2005 yilda 65 foizi o‘rib olingan bo‘lsa, 2010 yilda o‘rib olingan g‘allaning 98 foizi bunday kombaynlar ulushiga to‘g‘ri keldi. SHu bilan birga, zamonaviy texnikalardan samarali foydalanishni tashkil etish, ularga yuqori saviyada texnik servis xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida respublikamiz xududlarida chet el texnikalariga xizmat ko‘rsatadigan 22 ta servis markazlari tashkil etildi.
Texnika vositalaridan unumli foydalanish, fermer xo‘jaliklarining mexanizatsiyalashgan ishlarini buyurtmalar asosida bajarib berish uchun tuman ta’mirlash ishlab chiqarish korxonalari negizida 184 ta mashina-traktor parklari va xo‘jaliklar mashina-traktor saroylari tarkibida 1757 ta muqobil MTPlar tashkil etilib, shartnomalar asosida fermerlarga xizmat ko‘rsatildi. Hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari va mashina-traktor parklarida 160 ming nafardan ortiq malakali operatorlar ishlamoqda, ularning 115 ming nafari yoki 68 foizi 1 va 2-toifalarga egadir.
Uchinchi bosqichning o‘ziga xos xususiyati o‘sish sur’atlarining barqarorlashgani, YAIMda yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotining ulushini keskin kamayishi (17,5 foiz), dehqonchilik ulushinining ortishi (58,1 foiz) va chorvachilikning qisqarishi (41,9 foiz) bilan bog‘liq. Ekin maydonlari tarkibida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi: don 39 ming gektarga, paxta 147,5 ming gektarga qisqarib, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari 237 ming gektarga va em-xashak 32,4 ming gektarga ko‘paydi. SHuningdek, barcha ekin turlari, chorva va parranda bosh soni hamda aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erisha boshlandi.
Respublikamizning umumjahon xo‘jalik tizimiga bosqichma-bosqich samarali va mustahkam kirib borishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan agrar siyosatning strategiyasi va taktikasini oqilona belgilashga ko‘p jixatdan bog‘liqdir.
SHuningdek, agrar sohaning barqarorligi, samaradorligi va yangi iqtisodiy munosabatlarni joriy etilishi mamlakat ertasini va uning iqtisodiy qudratini belgilaydi.
O'zbekistonda qishloq xo'jaligi iqtisodiyotning etakchi tarmoqlaridan biri bo'lib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 28% dan ortig'ini, bandlikning qariyb 28% ni ta'minlaydi va ijtimoiy ahamiyatga molik mahsulotlar - aholi uchun oziq-ovqat va sanoat uchun xom ashyo ishlab chiqaradi. Respublikaning paxta tozalash, to'qimachilik, yengil, oziq-ovqat, kimyo va boshqa ko'plab sohalarining rivojlanish istiqbollari, iqtisodiy va moliyaviy holati, ya'ni barcha sanoat salohiyatining qariyb yarmi to'g'ridan-to'g'ri qishloq xo'jaligiga bog'liq. Ko'pgina tadqiqotchilar ushbu sohani rivojlantirishning muhimligini va uning umuman ijtimoiy-iqtisodiy o'sishga ta'sirini ta'kidlaydilar. Shunday qilib, masalan, FAO tadqiqotchilari qishloq xo'jaligidagi o'sish iqtisodiyotning boshqa sohalariga qaraganda qashshoqlik darajasini pasaytirishga imkon beradi, degan xulosaga kelishdi [1]. Ushbu hisobotda qishloq xo'jaligidagi iqtisodiy o'sishning har bir foizi qashshoqlikning umumiy darajasining 1,5 foizga pasayishiga teng ekanligi aniqlandi.
Jahon qishloq xo'jaligi bozor sharoitlariga tobora ko'proq bog'liq bo'lib bormoqda, ilgari u asosan protektsionizm siyosati ostida rivojlangan. Shunday qilib, rivojlanayotgan mamlakatlar ushbu mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabning o'sishi, ishlab chiqarishning o'sishi potentsiali va ko'plab jahon bozorlarida qiyosiy ustunliklarni hisobga olgan holda investitsiyalardan foydalanish va iqtisodiy foyda olish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. Shunga ko'ra, qishloq xo'jaligini barqaror rivojlantirish va modernizatsiya qilish mamlakatning iqtisodiy o'sishi va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan har qanday makroiqtisodiy rivojlanish strategiyasining asosiy ustuvor yo'nalishi hisoblanadi.


Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O'zbekiston Respublikasida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan qishloq xo'jaligini rivojlantirishning puxta o'ylangan strategiyasi izchil amalga oshirilmoqda. 1991-2016 yillarda qishloq xo'jaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy muhim yo'nalishlari quyidagilar edi:
- ekin maydonlarining tuzilishini o'zgartirish, paxta ekinlarini donli ekinlar foydasiga deyarli 2 baravar kamaytirish. Natijada, ilgari donga bo'lgan ehtiyojning 80% dan ortig'ini import qilgan O'zbekiston don mustaqilligini qo'lga kiritdi;
- davlat va jamoaviy qishloq xo'jaligi korxonalarini tugatish va zamonaviy qishloq xo'jaligi texnologiyalari asosida mehnat unumdorligini oshirishni ta'minlaydigan fermer xo'jaliklarini tashkil etish;
- qishloq xo'jaligi tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, kartoshka, uzumchilik, asalarichilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish;
- qishloq xo'jaligi mahsulotlarini imtiyozli kreditlash tizimini kengaytirish;
-fermer va dehqon xo'jaliklariga texnik xizmat ko'rsatish tizimini yaratish, shuningdek ularning ehtiyojlari uchun zarur moddiy-texnik resurslarni (yoqilg'i-moylash materiallari, kimyoviy o'g'itlar, biologik va kimyoviy o'simliklarni himoya qilish vositalari, urug'lar) etkazib berish.;
- qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va tashish, shuningdek ularni sanoat qayta ishlash uchun logistika tizimini shakllantirish.
Biroq, 2016 yil oxiriga kelib qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish xavf ostida edi, chunki avvalgi o'sish manbalari tugadi va u bir qator to'siqlarga duch keldi, masalan, mahsulot eksportidagi monopoliya, eksport narxlarini tartibga solish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini davlat buyurtmasi doirasida adolatsiz narxlarda sotib olish va boshqalar. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganidan keyin, Sh. M. Mirziyoyev asta-sekin butun iqtisodiyotni, xususan agrar sektorni liberallashtirish bo'yicha islohotlarni amalga oshira boshladi.
2017 yilda O'zbekiston qishloq xo'jaligida yangi yo'nalish - Klaster tizimi paydo bo'ldi. Klasterlarni yaratishning asosiy maqsadi tayyor mahsulot ishlab chiqarishning barcha jarayonlarini – xom ashyoni etishtirishdan tortib, uni qayta ishlash va yakuniy mahsulotni ishlab chiqarishga qadar birlashtiradigan yagona zanjirni shakllantirishdir. Albatta, shuni ta'kidlash kerakki, ushbu tizim faqat yaxshilanmoqda va zanjirning alohida bo'g'inlarida muammolar mavjud, ammo uni yanada rivojlantirish istiqbollari O'zbekiston qishloq xo'jaligining ishlab chiqarish salohiyatidan eng samarali foydalanishga imkon beradi. Shuningdek, 2017 yildan boshlab fermer xo'jaliklarini ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklariga aylantirish jarayoni faol boshlandi.
Ko'p tarmoqli dehqonchilik deganda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shug'ullanadigan fermer xo'jaligi tushuniladi [2]. Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarining tashkil etilishi qishloq joylarda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni ta'minlash, respublika bozorlarini zarur iste'mol tovarlari va xizmatlari bilan boyitishning asosiy omili hisoblanadi [3]. Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarining keng ko'lamli rivojlanishi asosida o'tkir ijtimoiy muammoni qisman hal qilish mumkin-aholining doimiy bandligini ta'minlash. 2021-yil oxirigacha barcha fermer xo'jaliklari ko'p tarmoqli tizimga o'tishlari kerak [4].
2019 yilda "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini 2020-2030 yillarga mo'ljallangan rivojlantirish strategiyasi" tasdiqlandi, unda quyidagi strategik ustuvorliklar ko'zda tutilgan: aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash; qulay agrobiznes-iqlim va qo'shimcha qiymat zanjirlarini yaratish; sohani boshqarishda davlatning rolini pasaytirish va investitsion jozibadorlikni oshirish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta'minlash; zamonaviy davlat boshqaruvi tizimlarini rivojlantirish; sektorni qo'llab-quvvatlash uchun davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish; qishloq xo'jaligida fan, ta'lim, axborot va konsalting xizmatlarini rivojlantirish; qishloq joylarini rivojlantirish; sanoat statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish [5]. Uning doirasida 2030 yilgacha quyidagi asosiy ko'rsatkichlarga erishish ko'zda tutilgan:
* 1,1 million gektar qishloq xo'jaligi erlarini o'zlashtirish, 535,6 ming gektar yomg'irli, yaylov va boshqa yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish;
* qishloq xo'jaligida o'rtacha mehnat unumdorligining 1,7 baravar o'sishi (yiliga 6,5 ming dollargacha). Yiliga bir ishchiga AQSh dollari);
* qayta ishlangan mahsulot ko'rsatkichini 30 ga oshirish%;
* eksportni 20 milliard dollarga oshirish.
Amalga oshirilgan islohotlar tufayli 2017-2020 yillarda qishloq xo'jaligining yalpi mahsuloti 6,8 foizga o'sdi. Tahlil qilingan davrda ishlab chiqarishning o'rtacha yillik o'sish sur'ati taxminan 1,7% ni tashkil etdi.
Sanoatda mehnat unumdorligini oshirishda sezilarli yutuqlarga erishildi. Faqat 2017-2019 yillarda har bir ishchiga to'g'ri keladigan qishloq xo'jaligining qo'shimcha qiymati 7,0% ga oshdi va 2019 yilda dunyo bo'yicha o'rtacha 60% dan oshdi.
Qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida agrar sohada liberallashtirish jarayoni jadal rivojlanmoqda. 2019 yil 15 oktyabrdan boshlab O'zbekistonda un narxlarini davlat tomonidan tartibga solish to'xtatildi, bu 1994 yildan beri davom etmoqda. Unni bozor narxlarida sotish ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda bozorlarda resurslarni samarali taqsimlash va raqobatni ta'minlaydi. Ushbu mexanizm un tegirmonlarining qiziqishini oshirdi va ularni ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish uchun moliyaviy imkoniyatlar bilan ta'minladi, bu esa sifatni yaxshilash, mahsulot hajmini oshirish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.

2020-yil hosilidan donga davlat buyurtmasi 25 foizga qisqartirildi va 2021-yil hosilidan boshlab davlat tomonidan g'alla sotib olish narxlarini belgilash amaliyoti butunlay bekor qilindi [6].


Shuningdek, 2020-yil hosilidan paxta xomashyosi uchun xarid narxlarini belgilash amaliyoti bekor qilindi va paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga (fermer xo'jaliklari, paxta-to'qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar) rayonlashtirilgan paxtani erkin saralash huquqi berildi [7]. Paxtachilikda qo'l mehnati o'rnini bosadigan sanoatni mexanizatsiyalash faol olib borilmoqda.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini liberallashtirish bo'yicha islohotlar jarayonida alohida qolish kerak.
2017-yil iyun oyida Prezident Sh. M. Mirziyoyev tashabbusi bilan "O'zagroeksport" AJ kompaniyasi chet elga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish monopoliyasini yo'qotdi [8]. Natijada, 2017 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz ekinlarini eksport qilishga 100% oldindan to'lash va valyuta tushumining 25% majburiy sotish shartlari asosida ruxsat berildi. So'nggi talab 2017 yil iyul oyida milliy eksportchilarni yanada rag'batlantirish maqsadida bekor qilindi [9].
Eksport shartnomalarini tuzish uchun "O'zagroeksport" AJ tomonidan tavsiya etilgan minimal narxlarni belgilash amaliyoti dastlab noto'g'ri edi. "O'zagroeksport" AJ fermerlarga hosilni belgilangan narxlardan pastroq sotishga ruxsat bermaganligi sababli, mahsulotlar ko'pincha oddiygina tashlab yuborilgan. O'zbekiston prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 2018 yil avgust oyida [10] ushbu amaliyotni bekor qilish to'g'risida to'g'ri qaror qabul qildi va meva-sabzavot mahsulotlari bo'yicha eksport shartnomalarini yangi va qayta ishlangan shaklda "O'zagroeksport" AJ tomonidan e'lon qilingan narxlardan past narxlarda bojxona rasmiylashtiruvi paytida tegishli schyot-faktura bilan tuzishga ruxsat berildi.
Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga ilgari surish samaradorligini oshirishning navbatdagi bosqichi yuridik shaxslar tomonidan 2018 yil oktyabr oyida belgilangan tartibda eksport shartnomasi bo'yicha oldindan to'lov, akkreditiv ochish, bank kafolati va siyosiy va tijorat xatarlaridan sug'urta polisini rasmiylashtirmasdan eksport qilishga ruxsat berish edi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligidagi hukumat
Sh. M. Mirziyoyev ilgari O'zbekistonda mavjud bo'lmagan meva-sabzavot eksportchilarini qo'llab-quvvatlashning misli ko'rilmagan tizimini yaratdi [12].
Xususan, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash Davlat jamg'armasi eksportchilarga tijorat banklarining eksportdan oldingi kreditlari bo'yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berishni boshladi, shu jumladan.aylanma mablag'larni to'ldirish uchun berilgan, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasigacha. Shuningdek, eksportchilarga tijorat banklarining kreditlari bo'yicha eksportdan oldingi kredit summasining 50 foizigacha, lekin 4 milliard so'mdan ko'p bo'lmagan miqdorda kafillik berila boshlandi.
Mustaqillik yillarida birinchi marta meva-sabzavot eksportchilariga meva-sabzavot mahsulotlarini uzoq xorij mamlakatlariga eksport qilishda temir yo'l orqali tashish xarajatlarining 50 foizigacha kompensatsiya uchun subsidiyalar berila boshlandi. Biroq, bu juda samarali emas edi, chunki ushbu transport turi bilan etkazib berish kamdan-kam hollarda va kichik hajmda amalga oshirildi. Shu bois eksport transportini subsidiyalash transport vositalari va havo transporti orqali mahsulot yetkazib berishga kengaytirildi [13].
Eksport faoliyatini himoya qilish [14] qo'llanila boshlandi, unga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash Davlat jamg'armasiga 50 milliard so'mgacha mablag ' ajratildi. Jamg'arma eksportdan oldingi kreditlar va tijorat banklarining kredit kafolatlari bo'yicha foiz xarajatlarini qoplaydi.
2020 yil oxirida hukumat meva-sabzavot eksportchilariga yordamni yanada kengaytirdi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qaroriga muvofiq [15] eksportchilarga xarajatlarni quyidagi miqdorda qoplash tartibi joriy etildi:
* standartlarni amalga oshirish va muvofiqlik sertifikatlarini olish sohasida-100%, lekin bitta xalqaro standartni amalga oshirish va bitta sertifikat olish uchun 20 000 AQSh dollaridan oshmasligi kerak;
* mahalliy mahsulotlar va brendlarni tashqi bozorlarga targ'ib qilish bo'yicha taqdimotlar va reklama kompaniyalari sohasida-100%, lekin bitta eksportchi uchun kalendar yilida 20000 dollardan oshmaydi;
* xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish sohasida-100%;
* xorijiy vakolatli organlarda mahalliy mahsulotlar va savdo belgilarini ro'yxatdan o'tkazish-100%, lekin har bir eksportchiga 10 000 dollardan oshmaydi;
* O'zbekiston hududida mahalliy va xorijiy kompaniyalar mutaxassislari ishtirokida biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarni tashkil etish sohasida-haqiqiy xarajatlarning 100% ;
* xorijiy mamlakatlardagi biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish sohasida-haqiqiy xarajatlar miqdori cheklanmagan holda 100% ;
* ko'rgazma va yarmarka tadbirlarida ishtirok etish sohasida-haqiqiy xarajatlar miqdori 100% cheklanmagan;
* mahsulot namunalarini xorijiy savdo uylari va ko'rgazma xonalariga, shu jumladan O'zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali potentsial xaridorlarni topishga yordam berish uchun yuborish-100%, lekin bitta eksportchi uchun kalendar yilida 2000 dollardan oshmaydi.


Download 88.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling