Reja: Iqtisodiy o’sish tushunchasi va o’lchanishi


Download 271.09 Kb.
bet2/3
Sana24.06.2023
Hajmi271.09 Kb.
#1653249
1   2   3
Bog'liq
10-mavzu Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi va neokeynscha modellari. Iqtisodiy o’sishning neoklassik modellari.

Y= f (L,K,N), modelda yuqori texnik rivojlanish bosqichida erning kichik ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga bog‘liq deb olingan.
Y= f (L,K), funksiyaning kengaytirilgan ko‘rinishi quyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K ,
bu yerda: ΔY/ Δ L- mehnatning chekli mahsuloti (MPL);
ΔY/ ΔK- kapitalning chekli mahsuloti (MPK).
Solou modeliga ko‘ra yalpi ishlab chiqarish hajmi mehnat unumdorligini -bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini (y=Y/L) o‘stirish hisobiga ta’minlanishi mumkin.
Daromad, shakllangan jamg‘arish normasiga ko‘ra, iste’mol va jamg‘arishga bo‘linishini hisobga olib iste’mol funksiyasini quyidagi ko‘rinishda yozishimiz mumkin:
c=(1-s)y
Bu yerda s-jamg‘arish normasi.
Bundan y= c + i=(1-s)y+ i, o‘z navbatida i= sy kelib chiqadi. Boshqacha aytganda muvozanat holatida investitsiyalar jamg‘armalarga teng va daromadga proporsionaldir.
Talab va taklifning tengligi shartini quyidagicha yozish mumkin:
f(k)=c+i f(k)= i/s Ishlab chiqarish funksiyasi tovarlar bozorida taklifni, kapital jamg‘arish esa ishlab chiqarilgan mahsulotga talabni belgilaydi.
Ishlab chiqarish hajmi dinamikasi kapital (kapital bilan qurollanganlik) hajmiga bog‘liq. Kapital hajmi esa uning chiqib ketishi va investitsiyalar ta’sirida o‘zgaradi.
Investitsiyalar kapital zaxirasini orttiradi, chiqib ketish (amortizatsiya) esa uni kamaytiradi.
Investitsiyalar fond bilan qurollanganlik va jamg‘arish normasiga bog‘liq. Bu iqtisodiyotda talab va taklif tengligi shartidan kelibchiqadi: i= sf(k). Jamg‘arish normasi (s) k ning har qanday miqdorida mahsulotning investitsiya va iste’molga bo‘linishini belgilaydi:
y = f(k), i= sf(k), c=(1-s)f(k)
Investitsiyalar va chiqib ketishning kapital zaxirasi dinamikasiga ta’sirini Δk=I-d, yoki investitsiyalar va jamg‘armalar tengligidan foydalanib Δk=s·f(k)-dk kщrinishida yozish mumkin. Kapital zaxirasi(k) investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng bo‘lguniga qadar, ya’ni s·f(k)=dk shart bajarilguniga qadar oshib boraveradi. Shundan so‘ng bitta ish bilan band xodimga to‘g‘ri keladigan kapital zaxirasi (fond bilan qurollanganlik) o‘zgarmaydi (Δk=0).
Investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng bo‘lgan sharoitdagi kapital zaxirasi darajasi fond bilan qurollanganlikning muvozanatli (barqaror) darajasi deyiladi va k* deb belgilanadi. k* ga erishilganda iqtisodiyot uzoq muddatli muvozanat holatida bo‘ladi.
Muvozanat barqaror bo‘lishiga sabab k ning dastlabki miqdori qandayligidan qat’iy nazar iqtisodiyot muvozanat holatiga, ya’ni k* ga intiladi. Agar k ning boshlang‘ich miqdori k* dan kam bo‘lsa, yalpi investitsiyalar (sf(k)) chiqib ketish miqdori (dk) dan ko‘p bo‘ladi va kapital zaxirasi sof investitsiyalar miqdoriga ko‘payib boradi. Aksincha, k2 > k* bo‘lsa, investitsiyalar amortizatsiyadan kamligini anglatadi. Bu holda kapital zaxirasi muvozanatli darajaga qadar kamayib boradi

Download 271.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling