Reja: Iqtisodiy o’sish tushunchasi va o’lchanishi


Download 271.09 Kb.
bet3/3
Sana24.06.2023
Hajmi271.09 Kb.
#1653249
1   2   3
Bog'liq
10-mavzu Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi va neokeynscha modellari. Iqtisodiy o’sishning neoklassik modellari.

ΔY/Y=ΔL/L=ΔΚ/K=n
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: aholining o‘sishi – iqtisoiyotning barqarorlik holati sharoiidagi uzluksiz iqtisodiy o‘sishning sabablaridan biri.
Biroq agar aholining o‘sishi investitsiyaning oshishi bilan birga bormasa, unda bu bir ishchiga tug‘ri keladigan kapital zaxirasining kamayishiga olib keladi.Aholining n dan n1 ga o‘sishi (d+n)k chizig‘ini yuqoriga (d+n1)k holatiga siljitadi. Bu esa kapital bilan qurollanganlikni k* dan k1* gacha qisqartiradi.
Shunday qilib, R.Solou modeli aholi o‘sishining yuqori sur’atlarga ega bo‘lgan davlatlarda kapital bilan qurollanganlik past – demakki, daromadlar ham past bo‘lishini tushuntirib beradi.
R.Soluning fikriga ko‘ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o‘sishiga teng sur’atda o‘sib boradi. Aholi sonining tez o‘sishi iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari jadallashishiga ta’sir etadi, ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish kamayadi.
O‘z navbatida, jamg‘arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffitsentini ko‘tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o‘sish sur’atiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shu sababli barqaror holatdagi iqtisodiy o‘sishning yagona sharti texnologik taraqqiyotning o‘sish sur’ati hisoblanadi.
Download 271.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling