Reja: Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari. Mulkchilik munosabatlarning mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob‘ektlari va sub‘eklari. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni


Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni


Download 29.41 Kb.
bet4/6
Sana18.09.2023
Hajmi29.41 Kb.
#1680642
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 biznes 2204 charos

3. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
Ma‘lumki, moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish mulkchilik munosabatlarisiz amalga oshirilmaydi va jamiyatning rivojlanishi ham mulkka egalik qilishni talab qiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik munosabatlariga quyidagi mulk turlari kiradi:
1. Davlat mulki;
2. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlari;
3. Ijtimoiy tashkilotlar mulki;
4. Uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi mulki;
5. Yakka tatibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulki;
6. Tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllari;
7. Xususiy mulklardan iboratdir.
“O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida”gi Qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritilgandir:
Davlat mulki – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan barcha mulk ob‘ektlaridan iborat. Bu mulk asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi: birinchisi, xususiy mol-mulk milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkaziladi, ikkinchisi, davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarga investitsiyalar kiritish. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo’llarni ko’rsatish mumkin.
O’zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tizilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va havonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hoqimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudet mablag’lari, oltin zahirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan davlat hokimiyati mahalliy organlar mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualari, xalq ta‘limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabi mol-mulki bo’ladi.
Jamoa mulki – bu ixtiyoriy ravishda jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratish va uni hamjihatlik bilan o’zlashtirilishidir. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aktsiya chiqarib uni sotish yo’llari bilan shakllanadi.
Jamoa mulkiga kooperativlarnig, ijara va jamoa korxonalarining, aktsionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarining mulki kiradi, bu mulkka ayrim shaxslar emas, balki ma‘lum guruh, kishilar egalik qiladilar.
SHaxsiy mulk - bu har bir kishining mulki bo’lib, bu mulkdan shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojni qondirish uchun foydalaniladi va qonun bilan himoya qilinadi. Shaxsiy mulk har bir kishining mehnat daromadlari evaziga hosil bo’ladi va ko’payib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan kelgan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi, mulkini ijaraga berishdan kelgan daromad kabi yangi manbalarga asoslanadi.

Download 29.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling