Reja: Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari. Mulkchilik munosabatlarning mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob‘ektlari va sub‘eklari. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
O’zbekiston mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari
Download 29.41 Kb.
|
3 biznes 2204 charos
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich. (1992-1993 yillar)
- Ikkinchi bosqich. (1994-1995 yillar)
- Uchinchi bosqich. (1996-1998 yillar)
- To’rtinchi bosqich (1998-2002 yillar)
- Beshinchi bosqich (2003 yildan boshlab)
- Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi
- Xususiylashtirishning to’lovliligi
- Qo`shimcha adabiyotlar. Bakiyeva I.A.
4. O’zbekiston mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari
Иqтисодий islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi. Ikkinchi bosqichda kuplab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Uchinchi bosqich 1996 yildan boshlandi va xususiylashtirilmaydigan ob‘ektlar ruyxatiga kirmagan barcha ob‘ekt va korxonalar 3146 ta davlat tasarrufidan chiqarildi. To’rtinchi bosqichda asosiy vazifalar sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar yo’naltirildi. Beshinchi bosqich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi “O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni bilan bog’liq. Farmonga ko’ra iqtisodiy nochor davlat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish. Mazkur korxonalani modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan–to’g’ri invetitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob‘ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi, ya‘ni past likvidli ob‘ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlanadi. Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu esa aholini mazkur jarayonda qatnashish imkonini beradi, uy-oylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek, yerlar olishida o’z ifodasini topadi. Xususiylashtirishning to’lovliligi ham muhim xususiyatdir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob‘ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishining imkoniyati yaratildi. Yana bir xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta‘minlandi. Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob‘ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalari, bog’larni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. Xulosa Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob‘ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalari, bog’larni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. Asosiy adabiyotlar 1.Vaxobov A.V., Xojibakiev Sh.X., Mo’minov N.G. “Xorijiy investitsiyalar”. O’quv qo’llanma.- T.: Moliya, 2010.-328 b. 3.Bekmurodov A.Sh., Karrieva Ya.K., Ne’matov I.U., Nabiev D.H., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar. O’quv qo’llanma. –T.:Iqtisodiyot, 2010.-166 b. 4.Mamatov B., Xujamkulov D., Nurbekov O. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 2014. – 608 b. 5.Kayumov R.I., Xojimatov R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: Darslik. - T.: TDIU, 2010. - 496 b. Qo`shimcha adabiyotlar. Bakiyeva I.A. Mikroiqtisodiyot T.2017 Salimov B.T. Mikroiqtisodiyot T.2022 yil Todjiyev B. Mikroiqtisodiyot M/M U.2020 yil Internet saytlari. httr: //www. mehnat.uz - O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sayti. httr: //www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunchilik hujjatlari sayti. Download 29.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling