Reja: Iqtisodiyotning siklliligi
Download 49 Kb.
|
1 2
Bog'liqIqtisodiyotning siklliligi
Iqtisodiyotning siklliligi Reja: 1. Iqtisodiyotning siklliligi. 2. Iqtisodiy sikl nazariyalari. 3. Sikllarning asosiy turlari. Iqtisodiy sikl - iqtisodiyot rivojlanishining bir holatdan boshlanib,birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib,o’zining dastlabki holatiga qaytib kelguniga qadar o’tgan davr Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi – vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda,ayrim bo’g’inlarida uzilishlar paydo bo’lishi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishidir. 1.Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi Иқтисодий цикл фазалариTurg’unlik Turg’unlik Jonlanish Jonlanish Yuksalish Jonlanish Inqiroz InqirozIqtisodiy sikl Iqtisodiy sikl Milliy mahsulot hajmi Vaqt Inqiroz fazasi Ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Turg’unlik fazasi Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada,u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo’ladi.Narxlarning pasayishi to’xtab,ssuda foizlari pasayadi,tovar zaxiralari barqarorlashadi.Ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi.Iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi. Jonlanish fazasi Ishsizlik darajasi bir oz qisqarib,ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o’sib boradi.Narxlar ham asta ko’tarilib,ssuda fozizi o’sa boshlaydi.Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o’sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o’sib o’tishiga imkoniyat yaratadi. Yuksalish fazasi Ishchi kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o’sishiga olib keladiki,buning oqibatida,iste’mol tovarlariga to’lovga qodir talab kengayadi.Pirovard talabning oshishi,iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga,bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi.Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarining to’planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi.Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi 2.Iqtisodiy sikl nazariyalari.Sikllarning asosiy turlari. Eksternal nazariya – iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyadir.Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi.Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni jaratib ko’rsatishi mumkin: 1. Urushlar,inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar 2. Oltin,uran,neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi 3. Yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migratsiyasi,yer shari aholisi sonining o’zgarib turishi 4. Ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya,tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar Internal nazariya – iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya. Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib,xizmat muddati tugashi va uning yangilanishi Shaxsiy iste’molning qisqarishi yoki kengayishi Investitsiyalar,ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish,uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi Ishlab chiqarish,talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatning o’zgarishi Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlovchi ba’zi nazariyalar Sof monetar nazariya Bozor iqtisodiyotida markaziy o’rinni pul va kredit egallaydi.Iqtisodiyotning siklli o’zgarishi eng avvalo pul massasi oqimini o’zgartirishga bog’liq Iqtisodiy faollikning o’sishi,iqtisodiyotning ravnaq topishi,uning turg’unlik bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining o’zgarishidir.Tovarlarga talabning ortishi natijasida savdo,chakana narx o’sib,ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi Pul oqimi (iste’mol xarajatlari summasi) pul miqdorining o’zgarishi natijasida o’zgaradi.Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi. Nomonetar nazariya Monetar va nomonetar yo’nalish o’rtasidagi farq uncha katta emas,biri ikkinchisini to’ldiradi.Tarafdorlari texnologik o’zgarishlar,yangiliklar,ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab,pul jamg’arishning ko’payib ketishidagi rolini ko’rsatishadi. Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faollikning kuchayishiga iste’mol emas,balki investitsiya sabab bo’ladi,degan fikrni ilgari surishadi Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi Bu nazariyaning mohiyati ko’proq jamg’arib,samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyatni siklli rivojlanishining sababi qilib ko’rsatiladi: 1.2. 3. Mablag’ni jamg’arish,boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turg’unlikka olib kelishi mumkin,chunki bu mablag’ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi Pulni jamg’arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi,chunki u iste’molga sarflanmaydi Natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg’arish hajmi o’sib borib,iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi,taklif esa ortadi,narx pasayadi,iste’mol tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi. Psixologik nazariya Psixologik nazariya tarafdorlari:J.Keyns,U.Mitchell,F.Xayek va boshqalar.Ularning fikricha,insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga obyektiv iqtisodiy omillar:foiz me’yori,pul oqimi,foyda va boshqalar ta’sir ko’rsatib,buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro’y beradi. Kreditning kengayishi,talab va ishlab chiqarishning o’sishi odamlarning kayfiyatini ko’taradi va aksincha.Bundan tashqari kishilar borgan sari likvidligi yuqori bo’lgan pul jamg’arishga moyilligi ortib borishi va o’z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etishini ko’rsatishadi Sikllarning asosiy turlari
Kitchin sikliJuglar sikli Kuznets sikli Kondratev sikli Texnologik yetakchilik va jahon iqtisodiyotida ustunlik uchun raqobat Iqtisodiy faollik darajasi Kitchin sikli Bunda Jozef Kitchin o'zining e’tiborini tovar zaxiralarining harakat chog'idagi moliyaviy hisoblar va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to'lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi.Ayniqsa, u siklning davomiyligini jahondagi oltin zaxiralarining tebranishlari bilan bog'lab, uni 3 yil-u 4 oyga teng deb hisoblaydi. Biroq qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda ko'pchilik iqtisodchilami qoniqtirmaydi. Juglar sikli “Biznes skil”,”sanoat sikli”,”o’rtacha sikl” va “katta sikl” kabi nomlar bilan ham ataladi.Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko’rsatganligi tufayli,aynan shu sikl Fransiya,Angliya va AQShda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklinng tabiatini o’rganishga katta hissa qo’shgan Klement Juglar nomi bilan ataladi. Birinchi sanoat sikli 1825-yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda kuzatiladi.1836-yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib,keyin AQShga ham tarqaladi,1847-1848 yillarda AQSh va qator Yevropa davlatlarida boshlangan inqiroz tub mohiyatiga ko’ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo’lgan. Kuznets sikli Ko‘p hollarda ≪qurilish sikli≫ deb ham nomlanib, 20 yilgacha bo'lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o'zining ≪Milliy daromad≫ (1946-yil.) nomli kitobida milliy daromad,iste’mol sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar ko'rsatkichlarida 20 yillik o'zaro bog'liq tebranishlar mavjud bo'lishini ko'rsatib bergan. 1955-yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.Kondratev sikli ≪uzoq to’lqinlar≫ sikli deb ham ataladi.Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa qo'shgan. Uning tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSHning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy o'sishning ko'p o’rinli tahlilini o'tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning o'rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko'rsatadi. 3.Inqirozlarning mazmuni va turlari Pul-kredit sohasidagi inqiroz Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo’lib,bunda tijorat va bank krediti qisqaradi.Aksiya va obligatsiyalarning kursi,bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib,yalpi holda bankrotlikka uchraydi. Valyuta inqirozi Bunda milliy valyutaning obro’si tushib ketadi.Bankda valyuta zaxirasi tugab,milliy valyuta kursi tushib ketadi. Birja inqirozi Bu tanglik birjada qimmatli qog’ozlar kursining tezda tushib ketishi,ularni emissiya qilishni qisqarishi,fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi Ekologik inqiroz Atrof-muhitni eng avvalo inson sog’lig’ini yo’qotish,umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatni vujudga kelishida ifodalanadi.U sanoatning shiddatli tarzda o’sishiga yo’l qo’ymaydi Tarmoqlar inqirozi Bu milliy xo’jalikning biron-bir tarmog’ini qamrab,ishlab chiqarishning tarkibiy o’zgarishi yoki normal xo’jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi Tarkibiy inqirozlar Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir ko’rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir.Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi Agrar inqiroz Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi Agrar inqiroz quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: 1. Qishloq xo'jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zaxiralarining to'planishi 2. Narxlarning pasayishi,daromadlar va foydalarning kamayishi 3. Fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo’lishi,ular qarzlarining ortishi 4. Qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini Download 49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling